168
Bo‘lajak yozuvchi Kyonisbergda tug‘ildi. Huquq fakultetini
bitirdi. Tirikchilik vajidan boy byurgerlarning qizlariga musiqadan
saboq berdi. 1814-yildan to umrini oxirigacha Berlinda yashadi.
Gofman umr bo‘yi nochorlikda hayot kechirdi.
San’at va san’atkor mavzusi – Gofman ijodining asosini tashkil
etadi. Uning asarlarida
iqtidorli musiqachilar, san’atkorlar doimo
Germaniyaning zerikarli, pastkash hayotida bo‘g‘iladilar, o‘z ideal-
lari va nemis hayoti o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarni ko‘rib azob
chekadilar.
1809-yilda “Umumiy musiqa gazetasi”da “Kavler Glyuk” no-
vellasi bosilib chiqdi. Shundan so‘ng kompozitor Kreyslerga
bag‘ishlangan boshqa asarlari ham paydo bo‘lgan va ularni “Kallo
ruhidagi fantaziya” to‘plamiga biriktiradi (1814–1815). (Jak Kallo
– XVII asr fransuz rassomi). Ushbu to‘plamdagi hikoyalar marka-
zida musiqachi va kompozitor Iogan Kreysler turadi. Kreysler – dar-
badar musiqachi. U juda ham istedodli bo‘lsa-da,
tirikchilik uchun
ko‘chada kezib yurishga majbur. U san’atni hayotdan ham ustun
qo‘yadi. Haqiqiy san’at ko‘plab burjua-zodagonlar uchun tushunarli
emas. Ushbu jamiyatda san’at ularning past, jirganch, ma’naviyatdan
uzoqdagi
hayotini bezash, ovunish uchun xizmat qiladi xolos.
Gofmanning «Sinnober laqabli mitti Saxes» (1819) ertagidagi
voqealar mitti nemis knyazligida yuz beradi. Romantik bo‘yoqlarda
tasvirlangan barcha voqealar Gofman yashagan davrning hajviy qi-
yofasini ochib tashlaydi.
Saxes – kambag‘al dehqon ayoli Lizaning xunuk o‘g‘li. Pari
Rozabelverde (Rozenshen) bu ayanchli, bedavo bolaga uch dona
tilla sochini sovg‘a qiladi. Atrofdagilar ko‘z oldida ajoyib mo‘jiza
sodir bo‘ladi. Odamlar Saxesni haddan tashqari chiroyli,
aqlli deb
taniydilar. Uning yuqori tabaqadan kelib chiqqanligi va undagi
ko‘pdan-ko‘p fazilatlar haqida gapiradilar. Saxes oliy zot darajasiga
ko‘tariladi va juda osonlik bilan katta lavozimlarga erishadi. Boshqa-
lar hisobiga boyib, qudratli bo‘lib ketadi. Kichkina Saxes ko‘pdan-
ko‘p tahsinu tasannolarga, mukofot va imtiyozlarga sazovor bo‘ladi.
169
Bu mo‘jizalarning barchasi knyaz Pafnutiy mamlakatida ro‘y beradi.
Bu knyaz maxsus farmon bilan o‘z mamlakatida “ma’rifat” joriy qil-
gan. Mana shunday davlatda mitti Saxes
saroyning birinchi ministri
bo‘ladi va knyazlik ishlarini hal qiluvchi qudratli kishiga aylanadi.
Sinnoberning sehri bu knyazlikda yashovchi barcha odamlarni o‘z
domiga tortgan. Knyazlik baayni jinnixonaga aylanadi.
Ammo yolg‘iz shoir yigit Baltazar bu sehr ta’siridan tashqarida.
Baltazar romantik xayolparast kishi. U o‘sha knyazlikdagi bema’ni
tartiblarga she’riyat, shirin xayollar og‘ushini qarama-qarshi qilib
qo‘yadi. Baltazar atrofdagilarni es-hushlarini yig‘ishtirib olishga
chaqirsa, uni hamma aqldan ozgan deb hisoblaydi. Sinnober laqabli
mitti Saxes Baltazar baxtiga ham g‘ov bo‘ladi. Baltazarning Kan-
dida
ismli sevgilisini tortib olib, unga uylanmoqchi bo‘ladi.
Barcha sehrgarliklar, mo‘jizalar sirini biladigan “ma’rifatli”
knyazlikda ana shu ajoyib-g‘aroyiblarni tarqatadigan doktor Prosper
Alpanusning o‘zi Baltazarga yordam qo‘lini cho‘zadi. Mitti davlat-
ning mitti ministri Sinnoberning Kandida bilan nikohi oldidan Balt-
azar uning boshidan sehrli tilla soch tolalarini yulib oladi. Shunda
sehrning hech qanday ta’siri qolmaydi.
Nemis romantiklari orasida Gofman kitobxonalarga juda yaqin
edi. 20-yillardan boshlab uning asarlari ko‘plab tillarga tarjima qil-
indi. Rus demokrat tanqidchisi V.G.Belinskiy Gofmanni Germani-
yaning
buyuk shoirlaridan biri deb, uni jahon adabiyotining yirik
yozuvchilari bilan bir qatorga qo‘yadi.
Gofman o‘z hayotidagi qarama-qarshiliklarni «qora va yorug‘»
kuchlar kurashi sifatida tasvirlaydi. Qora kuchlar – boylik, mansab-
parstlik, egoistik ko‘rinishlar. U bu kuchlarni chizishda groteks va
satiradan unumli foydalanadi. Ular ba’zida
dahshatli kuchlar sifatida
tasvirlanadi. Yorug‘ (sof) kuchlar esa insonning sof hislari va uning
orzu xayollar dunyosidir.
Gofmanning «Magnitzor»da «Qo‘rqinchli mehmon» novellalar-
ida sevgi yirtqich instinkt sifatida tasvirlanadi. Birinchi novellada
Alban ismli yigit baron xonadoniga keladi. Baronning Mariya ismli
170
qizi bo‘lib, u Ippolit degan yigitga unashtirilgan edi. Alban Mariyani
sevib qoladi va asta-sekin uni o‘ziga bo‘ysundirib, ixtiyorini o‘ziga
bog‘lab qo‘yadi. Ippolit bilan Mariyaga nikoh o‘qilayotgan paytda
qiz hushsiz yiqiladi. U endi Albansiz yashay olmas edi. Albanning
yirtqichlarcha istagi Mariyani halok etadi.
Gofmanning «Mushuk Murning xotiralari» romani (1821) ham
juda mashhurdir.
Dostları ilə paylaş: