O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

Yo‘qol, ey, jimjimador adabiy inja so‘zlar,
Tarqal yolg‘onu yashiq, g‘iybatlarning to‘dasi.
Nurin sochib maftunkor nafisu shahlo ko‘zlar,
Sarxush etadi meni sevgining ilk bo‘sasi.
Xayol tasavvurga asir qofiyabozlar,
Yetar chuchmal tuyg‘ular va ohanglar chashmasi.
Sovuq sonetlaringiz – bachkana ehtiroslar,
Sizga tanishmas jonbaxsh sevgining ilk bo‘sasi.
«Sevgining ilk bo‘sasi» she’ridan olingan ushbu parchada lirik 
qahramon  jamiyatning  illatlarini  tanqid  ostiga  oladi.  Bachkana 
ehtiroslardan xoli bo‘lgan porloq tuyg‘ular jarchisiga aylanadi. Yoki 
«Bosh suyakdan qilingan kosadagi yozuv» she’ridagi ushbu satrlar 
inson umrining o‘tkinchiligi haqidagi falsafiy fikrlarni ifodalashga 
intiladi.
Qo‘rqma: men oddiy suyakman, xolos,
So‘ngan qalbimni eslab, qilma xumori.
Endi bu kosadan chiqolmas paqqos 
U tirik boshlarning shum kirdikori.
Men senday yashadim, sevdim va ichdim,
Endi-chi, jonsizman, to‘ldirib may quy!
Mastlik jinniliging ranjitmas, kechdim,
Qurtlar chaynagandan shu menga ma’qul.
Xullas,  Bayron  she’riyati  mavzu  jihatdan  g‘oyat  rang-barang. 
Unda mavjud tartiblarga qarshi isyonkorlik ruhi kuchli bo‘lib, davrn-
ing shiddatkor voqeligini o‘zida mujassamlashtiradi.
O‘zidan keyingi jahon adabiyotiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan Bay-
ron o‘zbek xalqi orasida ham mashhur. Uning qator she’r va doston-
lari Hamid Olimjon, Shukrullo, Jumaniyoz Jabborov, Muhammad 
Ali, Maqsud Shayxzoda, Rauf Parfi, Abdulla Sher, Sulaymon Rah-
mon tomonidan o‘zbek tiliga o‘girilgan. 


181

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin