185
iy voqelik) bilan real voqelik munosabatidan kelib chiqadi. Ya’ni
bu holda realizm umumestetik tushuncha bo‘lib, hayotni reallikka
muvofiq tasvirlashni, hayot haqiqatini bildiradi. Har qanday badiiy
asarda voqelik u yoki bu tarzda aks etishi,
voqelikni hayotga mo-
nand tarzda aks ettirish esa qadimdan mavjudligi e’tiborga olinsa,
bu ma’nodagi realizmning ildizlari juda qadim zamonlarga taqalishi
tabiiydir.
Tor ma’noda realizm hayotni haqiqatda mavjud narsa-hodisalar
mohiyatiga muvofiq tarzda, voqelikda mavjud faktlarini
tipiklashti-
rish asosida yaratilgan badiiy obrazlar orqali aks
ettirishga asoslanuv-
chi ijodiy metod va ongli ravishda shu metodga tayangan
adabiy
yo‘nalishni bildiradi. Ushbu metod(yo‘nalish)ning maydonga chiqi-
shi XIX asrning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Realizm metodida adabi-
yotning
bilish funksiyasi ustuvor
ahamiyat kasb etadi, realist ijod-
korlar adabiyotni olam va odamni (jumladan, o‘zini) idrok etishning
muhim va samarali vositasi deb biladilar. Shunga ko‘ra, realizm ha-
yotni butun murakkabligi bilan keng ko‘lamda aks ettirishga intiladi.
XIX asrning o‘rtalarida maydonga chiqqan realizm
metod(yo‘nalish)i sho‘ro adabiyotshunosligida tanqidiy realizm
deb, sho‘ro adabiyotining metodi esa sotsialistik
realizm deb yurit-
ilgan. Har ikki terminning ilmiy muomalaga kirishi ham M.Gorkiy
nomi bilan bog‘liqdir. Bulardan birinchisini
tanqidiy deb atarkan,
M.Gorkiy bu davr realistik adabiyoti namunalarining aksariyati ma-
vjud burjua tuzumdagi ijtimoiy munosabatlarni teran tahlil etishi va
uning insoniylikka zid mohiyatini ochib berishi hamda g‘oyaviy-
badiiy inkor qilishidan kelib chiqadi”.
26
XIX asr realizmini uning tahlil(tadqiqot)ga moyilligini (anal-
itizm) hisobga olib «tanqidiy» yoki «klassik» deb ataydilar. Realizm
shaxs va jamiyatni doimiy harakatda, dinamik
aloqalarda aks ettira-
di. Buning uchun badiiy tasvirning turli shakllaridan foydalaniladi.
Realizm adabiyoti faqat o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarga ega
bo‘lgan holda, boshqa adabiy sistemalar “kashfiyotlaridan” ham
26
D.Quronov, Z.Mamajonov, M.Sheralieva. Adabiyotshunoslik lug‘ati. –
T.: “Akademnashr”, 2010.
186
unumli foydalanadi, ularni to‘ldiradi. Masalan, XIX asr boshlarida
romantizmga xos bo‘lgan tipiklashtirishning bir qancha xususiyat-
larini qabul qilsa, asr oxirida naturalizm
va simvolizm yutuqlaridan
foydalanadi.
Shanflyori va Dyuranti boshchiligidagi bir guruh fransuz yozu-
vchilari “realizm” terminining paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ldilar.
Ular XIX asrning 50-yillarida ushbu termin bilan haqqoniy, muallif
munosabatisiz, borliqni aks ettirilishini atadilar.
Realistik san’at o‘z tadqiqotlarida fan kashfiyotlariga, avvalam-
bor jamiyat rivoji haqidagi fanlarga tayanadi. (Masalan, XIX asrning
20–30-yillarida Angliya va Fransiyada tarix fanining rivojlanishi,
buyuk ingliz iqtisodchisi Adam Smitning tannarx, jamiyatining sin-
fiy sutrukturasi haqidagi tadqiqotlari va b.). Realistik dunyoqarash-
ining shakllanishida dunyoviy bilimlarda erishilgan kashfiyotlar ham
katta ahamiyat kasb etdi. (XVIII asr o‘rtalarida K.Linniy o‘simliklar
va hayvonot dunyosining birinchi klassifikatsiyasini tuzdi, J.Byufon
barcha jonzotlar umumiyligi va ular turlarining muhit almashuviga
qarab o‘zgarishi, J.Kyuvening tirik organizm a’zolari orasidagi alo-
qa va ularning bir-biriga ta’siri haqidagi fikrlari va b.). Fransuz adibi
O.de Balzak ham «Insoniyat komediyasi» so‘zboshisida Kyuve va
Sent-Ilerlarni tilga olib o‘tadi.
Realizmning umumiy
qonuniyatlarini ishlab chiqqan, mil-
liy xususiyatlarini shakllantirgan yozuvchilar sirasiga Fransiyada
F.Stendal, O.Balzak, P.Merime, G.Flober, Sh.Bodler, P.J.Beranje;
Angliyada – Ch.Dikkens, U.Tekkerey, E.Gaskell, Sh.Bronte, J.Eliot;
Amerikada – U.Uitmen, G.Bicher-Stou, romantizm ko‘proq saqlanib
turgan Germaniyada esa H.Hayne va Fontanelarni kiritish mumkin.
Dostları ilə paylaş: