Qadimgi Misr adabiyoti “Piramidalar kitobi” eramizdan 3 ming yil oldingi davrga oid
bo‘lib, marhumlarga bag‘ishlangan. Marhum u dunyoda nimalar qilishi
kerakligi haqida devorlarga yozuvlar shaklida bitilgan. Demak, kitob-
ning mohiyati marhum kulti bilan bog‘liq, ya‘ni o‘limni yengib o‘tish,
vaqt ustidan g‘olib kelish, mangulikka erishish to‘grisidadir. Tahlillar
bu matnlarning fol‘klor ohanglari bilan uyg‘unligini ko‘rsatmoqda.
Uyg‘unlik takrorlarda, parallelizmlarda, alliteratsiyalarda, arxaizm-
larda, unli va undosh tovushlarning qaytarilishida ko‘rinadi.