222
– avangard adabiy maktab va oqimlarining shakllanish davri bo‘ldi.
Bular qatoriga
futurizm, imajizm, dadaizm, syurrealizm va
boshqa
oqimlar kiradi. Adabyotshunoslikda modernizm atamasi turlicha
talqin etiladi. Ba’zi adabiyotshunoslar modernizm va dekadansga
bir xil hodisa, deb ta’rif beradilar. Boshqa tadqiqotchilarning qa-
rashlariga ko‘ra modernizm dekadansga nisbatan ancha keyingi ad-
abiy hodisadir. Modernizmning dekadans
bilan umumiy tomonlari
bo‘lishiga qaramay, u dekadansdan keyin paydo bo‘lgan va undan
ko‘p jihatdan farq qiluvchi yo‘nalishdir. Yana bir ta’rifga ko‘ra yangi
davrdagi barcha avangard oqimlarni modernizm deb atash mumkin.
Shunday qilib, modernizm dekadansdan keyin paydo bo‘lgan, bi-
roq o‘ziga xos jihatlarga ega bo‘lgan jarayon. Modernistlar ko‘p to-
monlari bilan dekadentlarga hamfikr ekanligini inkor etib bo‘lmaydi.
Idealistik falsafaga tayanish, shaxsiyatparastlikni ulug‘lash va
boshqa jihatlar ularni bir-biriga yaqinlashtirsa-da, modernchilar
o‘zlarini dekadent deb atamaydilar. Aksincha, ular dekadentlik va
simvolizmga qarshi kurashayotganini e’tirof etganlar.
Simvolizm
she’riyatiga xos bo‘lgan mavhumlik, poetikadagi tashbeh va ishora
modernistlarni qanoatlantirmaydi. Ular butunlay yangi, zamonaviy,
avangard san’atni yaratayotganliklarini qayd etadilar. Shuning uc-
hun ham “modernizm”, “avangardizm” atamalari “dekadans” ata-
masi singari vaqt o‘tishi bilan keng ma’noda qo‘llanilib,
estetika,
tasviriy san’at, musiqa va me’morchilik sohalariga tatbiq etila bosh-
landi.
Bir qancha modernchilar Anri Bergson(1859–1941) falsafasiga
tayanadilar. Faylasuf o‘zining “Materiya va xotira”(1896), “Ijodiy
evolyutsiya”(1907) asarlarida intuitizm falsafasining asosiy tamoy-
illarini belgilab berdi. Unga ko‘ra intuitiv anglash his-tuyg‘ularning,
mantiqiy fikrlashning ishtirokisiz ro‘y beradi. Intuitsiyani borliqdagi
barcha narsani yaratgan o‘ziga xos kuch – “hayotiy intilish” boshqa-
radi. Vaqt ob’ektiv borliq sifatida mavjud emas, vaqtni faqatgina
sub’ektiv qabul qilish mavjud. Bergsonning fikricha, san’at intu-
itiv anglashdir. Intellekt negizida intuitsiya yotadi. Yana
boshqa bir
223
guruh modernistlarga Zigmund Freyd (1856–1939) ta’limotining
ta’siri katta bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: