Alber Kamyu(1913–1960) va absurd falsafasi. Atoqli adib, pub-
litsist va faylasuf bo‘lgan Alber Kamyu hayoti va ijodiga qiziqish
doimo yuqori bo‘lgan.
A.Kamyu 1913-yilning 7-noyabrida Jazoirning uncha katta
bo‘lmagan Mondovi shaharchasida, qishloq xo‘jaligi ishchisi oila-
sida dunyoga keldi. Otasi Lyusen Kamyu Birinchi jahon urushida
halok bo‘lgan. 1924-yili Belkurdagi boshlang‘ich maktabni tugat-
gan Alber litseyga o‘qishga kiradi. Litseyni tugatgach, mahalliy uni-
versitetning falsafa-tarix fakultetiga o‘qishga kiradi.
U 1935-yilda tashkil etilgan ko‘chma Mehnat teatrini tashkil
etilishiga bosh-qosh bo‘ldi. Bu yerda Kamyuning aktyorlik va re-
jissyorlik iqtidori namoyon bo‘ldi. 30-yillarning oxirlarida “Ekip”
teatr truppasi bilan butun Jazoirni kezib chiqadi. U sahnada rollar
ijro etish bilan birga badiiy ijod bilan shug‘ullanishni ham davom
ettirdi. “Jazoir Respublikasi” gazetasida muxbir va muharrir vazi-
falarida ham ishladi, bir necha esse, onasi, buvisi va bobosi haqi-
dagi xotiralardan tarkib topgan ilk kitobi “Ichki tomon va qiyofa”
bosilib chiqdi, “Kaligula” pyesasining dastlabki chizgilari, ilk nas-
riy to‘plamlar paydo bo‘ldi, “Saodatli o‘lim” romani yozildi, lekin
nashrga berilmadi. Bu davrda “Sizif haqida asotir” falsafiy essesi us-
tida ish boshlandi. 1938-yilda ikkinchi kitobi – “Nikoh” bosmadan
chiqqach, 1940-yildan Parijda yashay boshladi. O‘sha yilning yo-
zida “G‘aroyib urush” Fransiyaning mag‘lubiyati bilan tugagach,
Kamyu Lionga va u yerdan Jazoirga keladi. Bir qancha muddat
33
Анвар Шер. Жан-Поль Сартр ва бадиий ижод эстетикаси// Жаҳон
адабиёти. 2014 й. №4. -б. 18
9–1
93.
244
o‘qituvchilik bilan shug‘ullanadi. 1942-yili Kamyu Fransiyaga qay-
tadi Qarshilik harakatining “Komba” deb ataluvchi guruhiga a’zo
bo‘ladi. 1944-yilda “Anglashilmovchilik”, 1945-yilda esa “Kaligu-
la” asarlari sahnalashtirildi.
Urush yillarida yaratilgan asarlaridan ikkitasi – “Begona” va
“Sizif haqida asotir” yozuvchiga katta shuhrat keltirdi. 1947-yil-
da nashr etilgan “Vabo” romani muallif nomini yanada mashhur
qildi. 50-yillarning o‘rtalari va oxirida Kamyu yana teatrga qay-
tib, o‘zining hamda boshqa mualliflar (Dostoevskiy, Folkner)ning
asarlarini sahnalashtirdi. 1951-yilda nashr etilgan “Isyonkor odam”
pamfleti Kamyuning bu turdagi so‘nggi yirik asari edi. 1957-yili
Nobel mukofoti berilishi bilan qilingan ma’ruzasi mashhur bo‘ldi.
O‘zining bunday yuksak mukofotga loyiq deb topilganini bilgan
44-yoshli adib: “... Men sarosimaga tushdim, ichimda bir hayajon
uyg‘ondi.O‘zimni tinchlantirish uchun menga bunchalik saxiylik
qilgan qismat bilan hisob-kitob qilishga to‘g‘ri keldi. Va men o‘z
xizmatlarim bilangina unga loyiqman, deb hisoblay olmaganimdan,
butun hayotim davomida turli vaziyatlarda madad bergan bir narsa-
ga tayandim. Bu – san’at va yozuvchining roli haqidagi tasavvurim
edi...”, – degan edi.
1960-yilning 4-yanvarida Rojdestvo bayramini o‘tkazib Parijga
qaytayotgan Kamyu o‘z mashinasida avtohalokatga uchrab halok
bo‘ladi. U bu davrda “Birinchi odam” romani ustida ishlayotgan
edi. Asar yozuvchining o‘limidan o‘ttiz to‘rt yil keyin chop etildi va
katta shuhrat qozondiki, adabiyotshunoslar Kamyuning hayotligida
e’lon qilingan bironta asari bu qadar mashhur bo‘lmaganini e’tirof
etishdi.
Kamyu falsafiy qarashlarining tadriji tarixiy sharoit bi-
lan bog‘liqdir. Muallifning o‘zi ham asarlarining ikki turkumga
bo‘linishi haqida gapiradi. Dastlabki – absurd mavzusiga “Sizif
haqida asotir” essesi, “Begona” qissasi va “Kaligula” pyesasi kiradi.
Isyon mavzusiga esa “Isyonkor odam” essesi va “Vabo” romanini
kiritish mumkin.
245
A.Kamyuning “Sizif haqida asotir” asarida absurd tushunchasi
ekzistensializmning asosiy tamoyili ekanligi tadqiq etilgan. Adib
inson hayotining be’mani ekanligini Sizifning afsonaviy obrazi
orqali gavdalantiradi. Makkorligi uchun narigi dunyoda abadiy
jazoga hukm etilgan Sizif ulkan xarsangtoshni tog‘ cho‘qqisiga olib
chiqdim, degan chog‘da tosh pastga qulaydi va bu harakat to‘xtovsiz
takrorlana beradi. Inson bunday absurdga chiday olmay “isyon”
ko‘taradi. Ana shundan beri vaqti-vaqti bilan “isyonlar” ko‘tarilib,
ulardan inson o‘zining Sizifga xos ahvolidan qutulish uchun stixi-
yali ravishda najot izlaydi. Yoki borliqning absurd mohiyati insonni
hayotdagi hatti-harakatini belgilash, ya’ni absurdga bo‘yin egish
yoki u bilan kelishmay yashashni taqozo etadi.
“Begona” qissasining qahramoni Merso taqdirdan ro‘shnolik
ko‘rmaydi. U ishdan haydalmaydi, boshliqdan dashnom eshitmay-
di, hamkasblari bilan sen-menga bormagan. Lekin jamiyat o‘ziga
o‘xshamagani, hamma rioya qilib kelgan axloq normalariga uyg‘un
harakat qilmagani uchun Mersoni begona deb biladi. U ikkita arabni
affekt holatida otib o‘ldirgani uchun emas, balki onasining o‘limi
kuni yig‘lamagani, shu kuni eski tanishi – Mari degan qiz bilan birga
bo‘lgani uchun sud qilinayotgandek ko‘rinadi. Sudda uning qalbi
jinoyatchi deb topiladi va jazo og‘ir ko‘rinish oladi – o‘lim.
“Begona”da umrning bebaqoligi, har qanday inson qismatining
omonatligi haqidagi badiiy haqiqat mavjud. Mana shu “fazilati” uc-
hun ham ba’zilar uni yoqtirmaydi”
34
.
Mersoning ziddiyatli qalbini tushunish uchun unga barcha li-
boslarni yechib, inson o‘laroq yaqinlashish kerak. Savol tug‘iladi:
madaniy, axloqiy va diniy qadriyatlarsiz inson insonmi? Insonga
yaqinlashar ekanmiz, qadriyatlarni bosh mezon qilib olamiz, ularga
suyanamiz. Mana shu ma’noda Merso hech qanday qadriyatga orqa
qilmaydi. Libos kiymaydi.
Birinchi turkumga kirgan “Begona” qissasidagi bosh qahramon
tabiati va ruhiyatining tasviri nafaqat fransuz adabiyoti, balki jahon
34
Ermatov H. Nobel mukofoti sovrindorlari. – T.: G‘.G‘ulom nomidagi
nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2011-y.
246
adabiyotidagi ko‘plab asarlardan butunlay farq qiladi. Yozuvchi bir
qarashda bemehr, loqayd va odam o‘ldirgan jinoyatchi yigit Mersoni
qoralash yo‘lini tutmaydi. Aksincha, uni inson sifatida kashf etish,
tushunish va anglab yetishga harakat qiladi.
Biz ko‘pincha badiiy qahramon tahlilida asosiy mezon qilib olga-
nimiz singari Mersoni muhit, jamiyat, siyosat bilan bog‘liq bo‘lgan
ijtimoiy hodisa sifatida qabul qilishimiz mumkin emas. U doimo
haqiqatdan qochib, ikkiyuzlamachilik asosida yashashga asoslangan
insonlar jamiyati uchun begona. Kamyuning o‘zi ta’kidlaganidek,
“uni atrofdagilar o‘yiniga qo‘shilmagani uchun jazolashadi... U
yolg‘on gapirishdan bosh tortadi... jamiyat esa bundan o‘zini xavf
ostida qolganday sezadi”
35
. Bema’ni, absurd dunyoda yashashga
mahkum insonni ilohiy xususiyatlar sohibi bo‘lgan g‘aroyib mavju-
dot sifatida tushunib yetishga intilish ekzistensializm adabiyoti va-
killarining asosiy vazifalaridan biri edi.
A.Kamyuning o‘zi “faylasuf bo‘lishni istasang romanlar yozish
kerak” degan fikrni qayd etadi. Shundan bo‘lsa kerak, uning uchun
badiiy asarlar va ulardagi qahramonlar falsafiy qarashlarni bayon
etishda muhim vosita sanalgan. Masalan, “Vabo” romanining asosiy
qahramonlari muallif shaxsining ba’zi qirralarini namoyon etishi
barobarida Kamyu falsafiy dunyoqarashini ham aks ettiradi. “Sizif
haqida asotir”dagi absurd olam muhitida keyinchalik “Begona”,
“Anglashilmovchilik”, “Kaligula” singari qissa va pyesalarning qa-
hramonlari ham yashaydilar.
“Vabo” romani Kamyu Qarshilik harakatiga a’zo bo‘lgan va
“Komba” gazetasiga muharrirlik qilgan paytida yozila boshlagan
va 1947-yilda chop etilgan. Asar ustida ishlayotib adib kundaligiga
shunday deb yozadi: “Vabo” yordamida u tarqalgan paytda biz za-
harlangan atmosfera va ayriliqdan qattiq azob chekkanligimizni ay-
tmoqchimiz. Shu bilan birga men bu izohni borliqqa bir butun qilib
kengaytirmoqchiman”. Vabo nafaqat kasallik – yovuz kuch, ayovsiz
35
Великовский С. Проклятые вопросы Камю. Камю А. Избранное. –
М.: Правда, 1990.
247
qamchi va nafaqat urush, shuningdek, jamiyat va gunohsiz bolalarn-
ing o‘limidir. Vabo moslashuvchan bo‘lib, uning mikroblari hamma
joyga in quradi. Har bir ehtiyotsiz qadamlarni poylab turadi. Vabo
falokat – sukunatda jim turadi, ba’zan esa portlab ketadi, lekin hech
qachon yo‘qolib ketmaydi. Shunday kun keladiki, u odamlarni g‘am-
anduhga ko‘mib, shahardagi barcha kalamushlarni uyg‘otib, ularni
osoyishta shaharning ko‘chalarini o‘pirib tashlashga jo‘natadi.
Kamyuning asaridagi voqealar ham xuddi shu tarzda boshlanadi.
Doktor Rie yashaydigan Oran shahriga o‘lat epidemiyasi tarqaydi.
Shahardan chiqish va unga kirish ta’qiqlab qo‘yiladi. Shahar ahli,
uning mehmonlari bunday ayriliqdan tushkunlikka tushib umidsiz
ahvolda qolishadi. Shahar qabristonlari son-sanoqsiz qurbonlarga
to‘lib toshadi. Aholi ehtiyotkorlikdan tinkasi qurib bir-birlariga
shubha bilan nigoh tashlaydilar. Butun shahar aholisi kelajakka
umidsizlik bilan qaray boshlaydi. Asar qahramoni doktor Riening
aytishicha: “Vaboni tushunish – bu uni qabul qilish degani emas.
Uni tushunish uchun telba yoki ko‘r, sodda qilib aytganda, ahmoq
bo‘lish kerak. Ming afsuski, vabo bilan kelishishga to‘g‘ri keladi”.
Umuman, asarda insonning yolg‘izligi haqidagi fikr oldinga su-
riladi. Inson atrof-muhitga qarama-qarshi qo‘yiladi, lekin u tashqi
muhit doirasidan chiqib keta olmaydi, dunyoni anglab yetishda oji-
zlik qiladi.
Kamyu o‘zining har bir asarida inson va uning hayotdagi o‘rni,
o‘limning haq ekanligi, hayotning mazmuni haqida fikr yuritadi va
ana shu savollarga javob izlaydi. Amerikalik tadqiqotchi Syuzan Zon-
tag: “Kamyuning asarlarida asosiy o‘rin bosh qahramonlar hayotiga
emas, balki gunohkorlik va begunohlik masalalariga bag‘ishlangan.
Uning ijodi yuksak san’ati yoki chuqur ma’nosi bilangina emas,
balki mutlaqo boshqa tomondan, ya’ni axloqiy go‘zalligi bilan ham
ajralib turadi”
36
, – deya ta’rif beradi.
Alber Kamyuning merosi XX asr adabiyotining takrorlanmas
sahifalaridan sanaladi. Yana bir fransuz gumanist adibi Antuan de
36
Ermatov H. Nobel mukofoti sovrindorlari. – T.: G‘.G‘ulom nomidagi
nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2011-y.
|