O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

POSTMODERNIZM
REJA:
1.  Postmodernizm va uning paydo bo‘lish omillari. 
2.  Postmodern adabiyotning mazmun mohiyati, namoyan-
dalari.
3.  Postmodernizmning modernizmdan farqi.
4.  Universal gumanizm (jami tirik mavjudodga teng qa-
rash).
5.  Ikkiyoqlama kodlashtirish tamoyili (xos va avom adabi-
yoti o‘rtasidagi chegaraning olib tashlanishi). 
6.  Janrlar mutatsiyasi, ijodda individ rolini inkor qilish, 
“muallif o‘limi” konsepsiyasi, intertekstuallik.
7.  U. Ekoning “Atirgul ismi” romani – postmodernizmning 
manifesti.
8.  Postmodernizm va bugungi o‘zbek adabiyoti manzarasi.
Tayanch so‘z va iboralar: postmodernizmga oid tushunchalar, 
murakab va ziddiyatli oqim, ommaviy didsizlashuv, dizaynlashuv, 
universal gumanizm, ikkiyoqlama kodlashtirish, intertekstual o‘yin, 
janrlar mutatsiyasi, “muallif o‘limi”, logotsentrizm, an’anaviy qa-
driyatlar, o‘zbek adabiyotida postmodernizm.
XX va XXI asrlar shiddatli o‘zgarishlar davri bo‘lib, bu asrlarda 
inson va jamiyat kayfiyati bot-bot turlandi. Natijada badiiy adabi-
yot uchun uslub, oqim va yo‘nalishlar xilma-xillligi oddiy holga, 
romantiklikdan ko‘ra realistik ruh badiiy adabiyotning yyyetakchi 
kayfiyatiga aylandi. Jamiyat va inson hayotiga bo‘lgan e’tibor, badi-
iylikdan ko‘ra g‘oyaviylikka urg‘u berish (publitsistik ruhning orti-
shi), qahramon psixologiyasiga kirish, uning faol hayotiy pozitsiyas-
ini aniqlash ko‘pchilik zamonaviy asarlarga xos bo‘lib bordi. Ushbu 
zamonaviy yo‘nalish ilmda postmodernizm nomini oldi. Postmod-


271
ern nasrning asosiy prinsiplari italyan Umberto Eko (1932–2016), 
Italo  Kalvino  (1923–1985),  amerikalik  Djon  Bart  (1930),  olmon 
Patrik Zyuskand (1949), chex Milana Kundera (1925) va serb Milo-
rad Pavich (1929–2009) asarlarida ko‘rinadi. 
Postmodernizm modernizmdan keyin kelgan bo‘lib (“post” – ke-
yin ), o‘ta murakkab va serqirra adabiy oqimdir. Adabiy oqim deyil-
sa-da, postmodernizm xuddi modernizm kabi inson dunyoqarashiga 
ta’sir qilgan, keng tarmoqli va g‘oyat ziddiyatli hodisadir. U haqdagi 
qarashlar hali tugallanib, xulosalanmagan. Chunki hodisaning o‘zi 
davom etmoqda. Qayerdaki, xaos bor ekan, u yerda postmodernizm 
ham bor, deya qaraladi. 
O‘zbek  adabiyotshunosi  –  prof.  D.  Quronov  (va  boshq.)  ning 
“Adabiyotshunoslik  lug‘ati”  kitobida  postmodernizm  haqida  quy-
idagicha  ta’rif  beriladi:  “POSTMODERNIZM  (fr.    postmodern-
isme    –  modernizmdan  keyingi)  –  o‘tgan  asrning  ikkinchi  yarmi-
dan boshlab adabiyot va san’atda, umuman, ijtimoiy-gumanitar 
sohalarda kuzatila boshlagan oqim, ijodiy metod. Fransuz poststruk-
turalizmining dekonstruksiya (J.Derrida), postfreydizmning “shizo-
analiz” va “ongsizlik tili” (Lakan, J.Delyoz, F.Gattari) ta’limotlari 
hamda semiotikadagi kinoyaviylik konsepsiyasi (U.Eko) P.ning fal-
safiy asosini tashkil qiladi. P.ning yuzaga kelish vaqti, o‘ziga xosligi 
masalasida turlicha fikrlar mavjud. Ayrim mutaxassislar P. 40-yillarda, 
J.Joysning “Finnegan ma’rakasi” (1939) asari bilan boshlangan desa, 
boshqalari o‘tgan asrning o‘rtalarini, yana bir xillari 70 – 80-yillarini 
ko‘rsatadilar. Holbuki, P. termini ancha avval paydo bo‘lgan: ilk bor 
P.Vinnitsning “Ovrupa madaniyati inqirozi”(1917) asarida ishlatilgan 
bo‘lsa, Toynbining “Tarixni o‘rganish”(1947) asarida termin kultur-
ologik  ma’noda,  jahon  madaniyatida  ovrupatsentrizmning  barham 
topishi  ma’nosida  qo‘llanadi.  Adabiyotshunoslikda  ham  P.  termini 
XX  asrning  20-yillardanoq  ishlatilgan  bo‘lib,  u  adabiy  jarayondagi 
modernizmga  aks  ta’sir  hodisalarini,  60  –  70-yillar  amerika  adabiy 
tanqidchiligida esa ultramodernistik ijodiy tajribalarni anglatgan...”
47
 
47
 Adabiyotshunoslik lug‘ati.  – Тошкент: Akademnashr, 2010. – B.227.


272
Postmodernizmga  modernizmning  davomi  sifatida  ham,  undan 
alohida, hatto uning inkori, aksi sifatida talqin qilishlar ham ilmda 
bor. Bu ikki oqim mazmun-mohiyatini, ularning bir-biridan ajratib 
turuvchi xususiyatlarini yaxshiroq tasavvur qilish uchun quyidagi 
jadvalga
48
 nazar tashlaymiz:

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin