289
“Zvezda Vostoka” jurnalida e’lon qilinadi
51
. Suhbatda Avstraliya
adabiyoti, uning ko‘zga ko‘ringan vakillari haqida so‘z yuritib N.
Krofts: “Ingliz tilidagi adabiyot bilan qiziquvchilar Piter Keri, Nobel
sohibi Patrik Uayt, shoir Genri Lousonni yaxshi bilishadi, yaqinda
nomi chiqqan Aravinda Adiguning “Oq yo‘lbars”si menga juda man-
zur. Avstraliyadagi rus adabiyoti esa, 1911–1912-yillarda, qit’aga
K. Balmont, A. Usov, S.Alimovlar kelgandan boshlangan. Ulardan
faqat oxirgisi bu yerda qoldi” deydiki, bundan ham Avstraliya ad-
abiyoti ko‘plab millatlarning sintez adabiyoti ekani ayon bo‘ladi.
Endi kashf qilinganda, Avstraliya qit’asi Angliya jinoyachilari
surgun qilinadigan joy bo‘lib xizmat qilgan. Vaqtlar o‘tib esa, bu
yerga kelganlarning ko‘pchiligi Angliyaga qaytib ketishmay, Avs-
traliyani o‘z vatanlari deb bilishdi. Adabiyot shaklan ingliz va irland
adabiyoti ta’sirida bo‘lsa-da, Avstraliya qit’asi voqeligini aks ettirdi.
Dostları ilə paylaş: