Okeaniya mamlakatlari adabiyoti Katta-kichik minglab orollardan tarkib topgan Okeaniya mam-
lakatlari hisoblanmish Malayziya, Indoneziya va Singapurning
o‘ziga xos tarixi, adabiyoti mavjud. Bu davlatlarning chor tomo-
ni ochiq dengizlar bilan qurshalgan bo‘lib, hozirgi kunda jahon
e’tiborini o‘ziga tortadigan darajada (asosan, Ikkinchi jahon uru-
shidan keyin) taraqqiy topib bormoqda. Ammo o‘tmishda bu mam-
lakatlar ko‘plab urushlarni, to‘qnashuvlarni, xunrezliklarni boshidan
kechirganki, bularning hammasi ularning tarixi va adabiyotida u
yoki bu darajada aks etgan. Geografik joylashuviga ko‘ra, Hindiston
va Xitoyga yaqin bo‘lganliklari uchun ham adabiyotda hind va xitoy
xalqlarining dunyoqarashi va adabiyoti ta’sirini ko‘rish mumkin.