Singapur adabiyoti. Singapur ham ana shu mingorollarda
joylashgan, jadal rivojlanib borayotgan Okeaniya mamlakatidan biri
bo‘lib, adabiyoti dunyodagi eng yosh adabiyotlardan hisoblanadi.
Shuning uchun ham Singapur milliy adabiyoti deb atalishga muno-
sib adabiyot hali oldinda. Siril Vong, Eng I-Shen, Elvin Pang kabilar
Singapurning taniqli ijodkorlaridan. Elvin Pang Singapur adabiyoti
antologiyasini tayyorlab, nashr qilgan. Antologiyalardan biri “Tima-
sik” deb ataladi va Singapurda adabiyot ixlosmandlari orasida shuh-
rat qozongan. Sinnatambi Rajaratnam (1915–2006) ning “Yo‘lbars”
hikoyasi o‘zbek tiliga tarjima qilinib, “Jahon adabiyoti” jurnalida
e’lon qilingan.
52