O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

Afrika adabiyati 
Afrika  qit’asidagi  ko‘plab  mamlakatlarning  o‘ziga  xos,  ayni 
paytda,  bir-biriga  o‘xshash  hamda  noo‘xshash  og‘zaki  va  yozma 
adabiyotlari  mavjud.  Afrika  qit’asida  joylashgan  Misr  mamlakati 
adabiyoti o‘zining qadimiyligi jihatidan shumer, xitoy, hind, yunon 
adabiyotlari bilan bir qatorda turadi. Zamonaviy Misr adabiyoti ham 
dunyo o‘quvchilari e’tiborini o‘ziga jalb qila bilgan. Uning bag‘rida 
Najib  Mahfuzdek  Nobel  mukofoti  sovrindorlari  yetishib  chiqqan. 
Lekin Afrikada  Misrdan  boshqa  yana  o‘nlab  mamlakatlar  mavjud 
bo‘lib, quyida asosan shular haqida so‘z yuritiladi.
52
 Мир без границ. – Ташкент:  Звезда Востока, 2013.


292
Avvalo shuni aytish joizki, Afrika mamlakatlari adabiyoti Ovrupa 
adabiyotidan o‘zining asosiy qismi og‘zaki adabiyot bo‘lishi bilan 
farqlanib turadi. Yana Ovrupa adabiyotida shakl va mazmun bir-biri-
dan keskin ajraladi. Afrika adabiyotida esa, ularni bir-biridan ajratish 
mahol. Ifodaning go‘zalligiga shakl go‘zalligi uchun emas, balki tin-
glovchini ko‘proq jalb qilish, dialog uchun ahamiyat beriladi.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin