O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

Ingliz Kanadasi adabiyotida ma’rifatparvarlik g‘oyalari yyyet-
akchilik qiladi. Shuningdek, mustabidlikka qarshi kurash, Ontario 
kengliklari, inson va tabiat mavzulari baland pardalarda kuylanadi. 
Tomas  Xambertonning  “Soatsoz”i  Kanada  adabiyotida  yaratilgan 
ilk  mashhur  va  yetuk  asar  hisoblanadi. Adibning  yana  “Attashe” 
degan esse yo‘lida yozilgan asari ham bor bo‘lib, bularda jamiyat-
dagi muammolar tanqid ostiga olinadi. Shuning uchun ham Tomas 
Xambertonni “satira otasi” deb nomlashadi. Chunonchi, adib Sem 
obrazi orqali ayrimlarga xos bo‘lgan manmanlik, tovlamachilik, firi-
bgarlik, oddiy odamlarga nisbatan bepisandlik kabi illatlarni ochib 
tashlaydi.  Xambertonning  “Soatsoz”i Amerika, Angliya,  Fransiya, 
Olmoniya kabi mamlakatlarda qayta-qayta chop etiladi. Asar key-
inchalik jahonning yana qator tillariga tarjima qilinadi. Opa-singil 
Katrina Treyl va Syuzanna Mudi hikoyalarida esa Kanadaning injiq 
tabiati, qahraton sovuqlarda ovrupaliklarning hayot uchun kurashi, 


295
tubjoylik hindu-inuitlar bilan munosabatlari aks ettiriladi. Ingliz 
Kanadasi adabiyotining ko‘zga ko‘ringan yana bir vakili J. Richard-
sondir. Ijodkorning “Tekulis – G‘arb kurashchisi” poemasi, “Vakus-
ta”, “Kanadada sakkiz yil”, “Tugallanmagan 1812-yil urushi” ro-
manlarida kanadalik hindularning amerikalik bosqinchilarga qarshi 
kurashlari aks ettirilgan.
XIX asrning ikkinchi yarmiga kelganda Kanada adabiyotida alo-
hida  kayfiyat  paydo  bo‘ladi.  Har  ikki  adabiyot  –  franko-kanada va 
anglo-kanada ijodkorlari asarlarida milliylik uchun kurash, o‘zlikni 
yagona millat sifatida anglash, go‘zal Kanada tabiatini, vatanparvar-
likni kuylash ustivor mavqe kasb etadi. Bu davrga kelib, ingliz Kana-
dasi she’riyatida Charlz Mer, Aleksandr Maklachlan, Izabella Kroun-
ford,  Bliss  Karmen,  Charlz  Robertson  kabi  shoirlar  alohida  e’tibor 
qozonishadi. Archibald Lampmen Kanada tabiati kuychisi sifatida o‘z 
davrining eng iqtidorli shoiri, deb e’tirof etiladi. Asl hinducha ismi 
Texaki Onveyk bo‘lgan Pomena Jonson poemalari va she’rlarida qa-
dim hindular qo‘shiqlariga jo qiligan erk va ozodlik haqidagi orzu ar-
monlar, ona tabiat manzaralari baland pardalarda kuylanadi.
XX asr Kanada adabiyotida yanada o‘zgacha mavzular yuzaga 
keladi. Xususan, kanadalik inglizlar va kanadalik fransuzlarning zid-
diyatli munosabatlari, qarama-qarshiliklari, fermerlarning, qishloq 
hayotining qiyinchiliklari, tabiat injiqliklari mavzulari qalamga oli-
nadi. Xyu Maklenan, Fridrix Fillip Grov, Jak Godbu, Timoti Find-
ley, Ryujan Dyusharm asarlarida mana shu mavzular har tomonlama 
keng va teran yoritib berilgan.
Adabiyotshunoslar  tomonidan  Robertson  Devisning  “Deptfor 
trilogiyasi” XX asr Kanada adabiyotining eng mukammal asari, deb 
e’tirof etiladi. TIFF (Timoti Irvin Frederik) ning “Urushlar” romani 
Kanada general-gubernatorining Oliy mukofotiga noil bo‘lgan. 
Kanada yozuvchilari asarlari asosida badiiy filmlar yaratiladi. Chu-
nonchi, Maykl Ondatjening “Angliyalik patsient“ filmi “Oskar” mu-
kofoti bilan taqdirlanadi. Bularning hammasi bir bo‘lib esa, Kanada 
adabiyotining jahonga tanilishiga olib keladi.


296
Poeziya ham bu davrda gullab yashnadi. Margaret Etvud, Fillis 
Vebb, Gvedolin Mak Yuin kabi zamonaviy shoirlar o‘ziga xos ma-
vzu va uslubiy rang-baranglik bilan elga, yurtga, dunyoga tanildilar. 
Adabiyotda har xil tajribalar amalga oshirildi. Chunonchi, Jo Rozen-
blat she’r shaklida, Leonard Koen esa dunyoni badiiy-estetik qabul 
qilish va aks ettirishda syurrealistik eksperimentlar o‘tkazdi.
Bu  vaqtga  kelib,  adabiyotning  millat  taqdiridagi  ahamiyatiga 
e’tibor qaratgan Kanada hukumati bu borada qator xayrli ishlarga 
qo‘l urdi. Jumladan, odamlarning badiiy-estetik ongini shakllanti-
rishga yo‘naltirilgan dasturlar ishlab chiqilib, jamiyatga tadbiq etil-
di. Masalan, hukumatning “She’riyat tarbiyasi” dasturi 7–12 yoshli 
bolalarning badiiy ijodga bo‘lgan qiziqishlarini rag‘batlantirishga 
qaratilgan bo‘lib, mamlakatdagi mash’hur shoirlarni boshlang‘ich 
va  o‘rta  maktablarga  biriktirib  qo‘yildi.  Natijada,  shoirlar  ustoz 
maqomida turib, murg‘ak qalb va onglarga she’riyatning sehrli ol-
amidan saboq berdilar. Navbatdagi bosqichda esa talabalar, huku-
mat idoralari va boshqa ko‘plab sohalar xodimlarining adabiyotga 
qiziqishlarini oshirish, ularda estetik tuyg‘uni tarbiyalash uchun 
yozuvchi va shoirlar ishtirokidagi domiy tadbirlar o‘tkazildi. Bun-
dan tashqari, 1990-yillarda “Kanada shoirlari ligasi” tashkil etilib, 
adabiyotga bag‘ishlangan festivallar, tanlovlar uyushtiriladi, bolalar 
va kattalar ijodidan namunalar saylanib, nashr qilinadi, butun mam-
lakat bo‘ylab targ‘ibot ishlari olib boriladi. Mazkur liganing muhim 
vazifalardan yana biri shu ediki, u chet mamlakatlarda Kanada yo-
zuvchilarining kitob yarmarkalarini tashkil etadi hamda dunyodagi 
e’tiborli adabiyot markazlariga Kanada ijodkorlarining yangi asarlari 
haqida axborot tarqatadi. Bunday sa’y-harakatlar o‘z mevasi berdi: 
2013-yilda 82 yoshli yozuvchi Elis Manro (“Zamonaviy hikoyalar 
ustasi”) adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga loyiq deb topildi va bu 
xabar Kanada adabiyoti shuhratini jahonga yoydi.
Bugungi kunda ko‘pmillatli mamlakatda Kanada yozuvchilar uy-
ushmasi, Kanada she’riyat assotsiatsiyasi, Shoirlar ligasi, Kanada 
mualliflar assotsiatsiyasi, Yozuvchilar bolalar uchun, Kanada san’ati 


297
konfederatsiyasi kabi tashkilotlar faoliyat yuritib, Kanada adabiyo-
tining rivojiga xizmat qilib kelmoqda.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin