Teodor Drayzer (1871–1945). Dreyzer ijodi – XX asrning birin-
chi yarmi Amerika adabiyot va tanqidiy realizmning cho‘qqisidir.
Dreyzer AQSh hayotidagi fojiaviylikni ko‘rsata olgan yirik
san’atkordir.
Amerikaning mashhur yozuvchisi Folkner “rus adabiyoti Gogol-
ning “Shinelidan” chiqqani kabi, bizlarning barchamiz ham Drayz-
erning romanlaridan chiqqanmiz. Bizlarning barchamiz – bu uning
o‘zi ham, Folkner ham, Fitsjerald, Xeminguey ham...”, – deb aytgan
edi.
Dreyzer Indiana shtatidagi kichik bir joyda kambag‘al ishchi oil-
asida tug‘ildi. Qashshoqlik yoshlikdan bo‘lg‘usi yozuvchini mehnat
qilishga majbur etdi. U ish qidirib Chikagoga boradi, restoranda
idish-tovoq yuvadi, tovar stansiyasida nazoratchi bo‘lib ishlaydi, kir
yuvish ustaxonasida mexaniqlik qiladi. 1883-yilda Dreyzer Indiana
universitetiga kirib, bir yil o‘qidi. O‘qish vaqtida buyuk rus adibi
Lev Tolstoy ijodi bilan tanishadi. Uning asarlari yosh Dreyzerga
katta ta’sir ko‘rsatadi.
Bilimga tashna Dreyzer o‘sha vaqtda keng tarqalgan Gerbert
Spenser falsafasini qiziqib o‘rgandi. Spenser “xalqning og‘ir ah-
302
voliga xukumat ham, jamiyat ham aybdor emas. Bunga hayotning
biologik qonunlari aybdor”, degan g‘oyani ilgari suradi.. Uning qa-
rashlari Dreyzerni ijtimoiy voqyelarni biologik qonunlar asosida tas-
virlashga, turmushni noto‘g‘ri talqin etishga olib boradi.
Dreyzer muxbir bo‘lib Chikago, Nyu-York kabi shaharlarda ish-
lay boshlaydi. Xalqning og‘ir ahvoli bilan tanishadi. Lekin Spenser
qarashlarining asossizligini tushunib yetmaydi. Dastlabki hikoyalar-
idagi umidsizlik kayfiyatlari, turmushni to‘g‘ri anglamaslik oqiba-
tida kelib chiqadi.
Dreyzer XIX asrning 90-yillarida Nyu-Yorkda yashab, turli jur-
nallarda muharrirlik qiladi, maqola va ocherklar yozadi. Xalqning
ahvoli bilan yaqindan tanishishi uning kelajakdagi ijodiga ko‘plab
ma’lumotlar to‘plashiga xizmat qildi. Adibning ijodi 1900-yildan
boshlandi, shu yili uning birinchi romani “Baxtiqaro Kerri” bos-
madan chiqdi va judda qattiq tanqidga uchradi. Faqat 1911-yilda
Drayzerning ikkinchi romani “Jenni Gerxard”, shundan so‘ng ket-
ma-ket “Moliyachi”, “Titan”, “Daho” romanlari yuzaga keladi. Bi-
rinchi jahon urushidan so‘ng, 20-yillar o‘rtasida ikki jildli “Amerika
fojiasi” nashrdan chiqqach, adib yirik tanqidiy realist sifatida butun
dunyoga taniladi.
Dreyzer ijodining birinchi davrida (1900–1917) yirik realistik
asarlar yozish bilan bir qatorda, Spenser falsafasiga berilishi unda
ziddiyatli fikrlar tug‘ilishiga va yangilash xulosalar chiqarishga olib
bordi.
“Baxtiqaro Kerri” (1900) romanining qahramoni kambag‘al fer-
mer qizi Karolina Miberni oilada erkalatib «jajji Kerri» deb atasha-
di. Kerri esli-xushli bo‘lsa ham, lekin hayotiy tajribasi yo‘q, yosh-
lik orzulari bilan yashovchi ko‘rgan narsalaridan tegishli xulosalar
chiqarishga zaif edi. Xudbinlik uning tabiatiga “monand” bo‘lib, u
bilimga emas, balki ne’matlarga intilar edi. Kerrining chekka qishlo-
qdan Chikagodagi opasinikiga borishi ham shular oqibatidadir.
Asarning asosiy g‘oyasi Amerikada barcha uchun barobar im-
koniyatlar mavjud, degan soxta tasavvurni fosh etishda ko‘rinadi.
Kerrining orzu-istaklari kapitallistik illatlar avj olgan shaharda
303
amalga oshishi qiyin edi. U sarson-sargardonlikda haftalab ish ax-
taradi. Poyabzal fabrikasidan oddiy ish topib, og‘ir sharoitda ishlay
boshlaydi. Lekin ko‘p o‘tmay kasalga chalinib ishga bormagach,
ishdan bo‘shatiladi. Opasining uyida yashashga imkoniyat topa
olmay, uyiga qaytishni ma’qul ko‘rmay, boshqalarga “beg‘araz”
yordamga ko‘rsata boshlaydi. Dastlab Kerri savdo firmasining xiz-
matchisi, olifta yigit Charlz Druenning yaxshi kiyinishi va chiroyli
gaplariga uchadi. So‘ngra bu “oshiq”ning o‘rnini mayxona boshqa-
ruvchisi, puldor va oilali Gerstvud egallaydi. Kerri Drueni tashlab,
Gerstvud bilan Nyu-Yorkka qochib ketadi. Gersvud asta-sekin bor
boyligidan ajralib, ishsiz qoladi. Butun kunni sadaqa beriladigan
non navbatlarida o‘tkazadi. Kerri esa faqat o‘zini o‘ylab, uni ham
tashlab ketadi va teatrga ishga kiradi. Og‘ir axvolda qolgan Gersvud
gazdan zaharlanib o‘ladi, Kerri esa o‘sha muhitga moslashib oladi.
Yozuvchi Kerrining muvaffaqiyatga erishishini tasodifiy hol, Ameri-
kada dollarning halokatli ta’siri natijasi, deb ko‘rsatadi.
“Baxtiqaro Kerri” romanining qimmati kapitalistik jamiyatdagi
xalq ommasining og‘ir turmush sharoiti, Kerrining yuztuban keti-
shi evaziga ko‘tarilishi, burjua Gerstvud oilasidagi munofiqlik, boy
kvartal Brodveydagi dabdabali hayot, tramvay ishchilarining ish
tashlashlari tasviri, ishsizlik natijasida ko‘chaga chiqarib tashlangan
son-sanoqsiz kambag‘allarning och-yalang‘och tentirab yurishlarin-
ing xaqqoniy aks etirilishida ochiq ko‘rinadi.
«Jenni Gerxardt» (1911) romanida ham kambag‘al oiladan
chiqqan qizning burjua jamiyatidagi fojiasi ko‘rsatilgan. Asarning
g‘oyaviy yo‘nalishi oddiy qizning axloqiy pokizaligi, uning buz-
ilgan burjua axloqiga qarshi qo‘yilishida namoyon bo‘ladi. Ro-
manning asosiy syujet yo‘li ishchi qizi Jennining fojiasi, u bilan
millianerning o‘g‘li Lester Keyn o‘rtasidagi sevgi tarixida ochiq
ko‘rinadi. Kambag‘al Jenni boy yigit Keyn o‘rtasidagi sevgi tarixida
shu manzara namoyon bo‘ladiki, o‘sha jamiyat urf-odatlari, ijtimoiy
adolatsizliklar, bu yoshlarni tabiiy sevgilariga to‘sqinlik qiladi va
oxir-oqibatda ular turmush qurolmaydi.
Drayzer oddiy qizning odobi, vafodorligi, qalbining musafoli-
304
gini ko‘rsatish orqali xalqning kuch-qudratiga ishonchini ifodalaydi.
Jenni o‘zining eng yaqin kishilari – otasi-onasi, qizi Vesta, nihoyat
sevgan kishisi, Lesterdan ajraladi. Lekin bunday og‘ir yo‘qotishlar
uni umidsizlikka tushirmaydi. U yetim bolalarni asrab oladi va bun-
dan keyingi hayotini ularning tarbiyasiga bag‘ishlaydi.
Drayzerning «Amerika fojiasi» (1925) asari Birinchi jahon uru-
shidan so‘ng yozilgan monumental ikki tomli romandir. Asarning
bosh qahramoni burjua-meshchan oilasidan chiqqan-bola Klayd
Grifitsdir. Klayd burjua jamiyatiga xos yuzsizlik, boyish yo‘lida har
qanday vosilatardan foydalanish kabi yaramas illatlarni o‘zlashtira
boradi. U tushgan mashina bir qizni bosib ketgach, Klayd bu yerni
tashlab, boy amakisi yashaydigan shaharga boradi va uning fabrika-
sida ishga joylashadi. Bu yerda u qishloqdan kelib, xizmat qilayot-
gan kambag‘al qiz Roberta Olden bilan tanishadi va unga uylanmoq-
chi bo‘ladi. Lekin boylikka, mavqyega erishish maqsadida u badav-
lat oiladan bo‘lgan Sondra Finchlini olishga intiladi. Klaydning aybi
bilan Roberta halok bo‘lgach, sud jarayonida fojeali voqeaning siri
ochiladi va u o‘lim jazosiga mahkum qilinadi.
Romanda Klayd Grifitsda tug‘ilgan xudbinlik Amerika burjua
jamiyati va uning zo‘ravonlikka asoslangan vahshiy qonun-qoidala-
rining oqibati ekani ko‘rsatiladi. Undagi individulistik xirs Roberta
Olden, shuningdek, Sondra Finchliga bo‘lgan munosabatda ham
ko‘zga tashlanib turadi. Sondra yosh va chiroyli qiz, lekin Klaydni
uning go‘zalligi emas, balki boyligi qiziqtiradi. Burjua dunyosining
axloqi, boylikka sig‘inish kishining tabiiy xis tuyg‘ularini barbod
etadi. Bu narsa oddiy amerikalik yigit Klayd shaxsiyatida ochiq
ko‘rinadi.
Amerikacha orzu mehnat qilishga undovchi omil emas, qotillikka
etaklovchi omilga aylanadi. Romanda Drayzer uch bora vaziyatni
takrorlaydi:
1. Klaydning o‘zi.
2. (Klayd tomonidan o‘ldirilgan) Roberta – fabrika xo‘jayinining
jiyani bo‘lgan Klayd orqali yuqoriga ko‘tarilmaqchi bo‘ladi. Bunda
yozuvchi vaziyatni soddalashtirishga harakat qilmaydi: Klayd Son-
305
drani sevadi, shu bilan birga unga uylanish yuqoriga ko‘tarilishga
yordam beradi, Klaydni sevuvchi Roberta ham xuddi shunday hol-
atga tushadi.
3. Prokuror Meysonning tarixi. U yuqoriga ko‘tarilish qay da-
rajada murakkab ekanini biladi. U ayblovchi hukm chiqarishdan
manfaatdor, chunki bunga erishsa shtat prokurorligiga nomzodini
qo‘yishi mumkin. Meyson Klaydning hal qiluvchi zarbani berma-
ganligini, bevosita jinoiy harakat qilmagani bilsa-da, yordamchisiga
dalillarni qalbakilashtirishiga halaqit qilmaydi.
Klayd obrazi Drayzer ilgari yaratgan Kerri, Kauervud va Vitli ob-
razlariga o‘xshamaydi. Ular kabi favqulotdda kuchga ega bo‘lgan
qudratli shaxslardan ham emas, balki oddiy amerikalikdir. Voqealar
tasvirida ham o‘zgarish bor. Ilgarigi asarlarida ijtimoiy omillar bilan
birga, biologik omillar ma’lum darajada o‘rin egalagan edi. Bu ro-
manda esa, ijtimoiy voqealarning mohiyati to‘g‘ri talqin etiladi va
real ko‘rsatiladi.
“Amerika fojiasi” voqyelikning keng qamrab olishi, ko‘tarilgan
g‘oya va tanqidiy fikrning chuqurligi, badiiy mahoratning yuksak-
ligi bilan jahon adabiyotining eng yaxshi realistik asarlari qatori-
dan joy oladi. Yozuvchining “Istak trilogiyasi” Amerika adabiyotida
tanqidiy realizmning eng yaxshi namunasidir. Kaupervard Balzak
yaratgan pulga uch, yuzsiz, oltin asosiga qurilgan dunyoning bosq-
inchilikdan iborat xarakterini aks etgan tipik obrazni eslatadi.
Dostları ilə paylaş: |