O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti


Xulio Florensio Kortasar(1914–1984)



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə177/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

Xulio Florensio Kortasar(1914–1984)  Belgiyaning  Bryussel 
shahrida tavallud topgan argentinalik yozuvchi. Uning yoshlik yil-
lari  Buenos-Ayres  shahrida  o‘tdi.  Maktabni  tamomlagach,  Xulio 
poytaxtdagi universitetning adabiyot va falsafa fakultetiga o‘qishga 
kiradi, biroq mablag‘ yetishmaganligi sabab o‘qishgni tashlab, yetti 
yil qishloq maktabida o‘qituvchilik qiladi. 1944-yili u Mendosa shah-
ridagi universitetda ishlay boshladi. 1951-yili adabiy yo‘nalishdagi 
stipendiyani qo‘lga kiritib, Ovrupaga ketadi va uzoq yillar davomida 
YuNeSKO tashkilotida tarjimonlik qilib, umrining oxirigacha Fran-
siyada yashadi.
Adabiy faoliyatini simvolist-shoir sifatida boshlab, 1938-yili ilk 
“Hozirlik”  she’riy  to‘plamini  chop  ettirdi.  Butun  umri  davomida 
she’rlar yozgan bo‘lsa-da, ularni nashrga bermagan. Yozuvchining 
birinchi  “Ishg‘ol  qilingan  uy”  hikoyasi  ustozi  Borxes  tomonidan 
chiqariluvchi jurnalda 1946-yili chop ettirildi. 
Kortasar ijodidagi alohida jihat shundaki, uning o‘zi tayyorlab 
nashrga topshirgan hikoyalar har gal har xil holatda nashr ettiril-
gan. Ular har gal qayta ishlangan, boyitilgan, syujet qobig‘ida 
turli  munosabat  qavatlari  paydo  bo‘la  borgan.  Bu  esa  uning 
asarlari haqidagi adabiy qarashlarning, tarjimalarning uzluksiz 
o‘zgarib borishiga olib keladi. Yillar davomida e’lon qilingan 
“Imtihon”  (1945-yili  yozilgan,  1986-yili  nashr  qilingan),  “Yu-
tuqlar” (1969), “Klassiklar o‘yini” (1963), “Yig‘ish uchun anda-
za” (1968) romanlari, “Bestiariy” (1951) va “O‘yinning tugashi” 
(1956–1964)  hikoyalar  to‘plamlarida  o‘qish  va  yaratish  birdek 
davom  etadi.  G‘oya  ichida  g‘oya,  syujet  ichida  syujet,  obraz 
ichida obraz va ular yuzaga keltirayotgan matn ichida matnlar 
o‘quvchi shuurini doimiy band qilib turadi, oxiri yo‘q voqealarn-
ing yakunini o‘zi yaratishga majbur qiladi. Qayta-qayta o‘qish, 
har safar o‘qilganda turlicha tushunish, tushunishning o‘quvchi 
dunyoqarashiga mos ravishda kengayib va torayib borishi asarni 
o‘qishdagi  asosiy  jarayonga  aylanadi.  Bir  qahramonni  turli  qi-
yofada ikkilantirish, uchlantirish va ularni harakatning umumiy 
oqimida  uchrashtirish  kabi  poetikaning  yangi  o‘yinlari  rebusni 


324
yechgandagi huzurni beradi, o‘quvchilarda yangi adabiy ehtiyo-
jni tug‘diradi va bu ehtiyojni uning o‘zi qondiradi.
“O‘yinning tugashi” hikoyasida ichki qiyofaning o‘yinda, 
niqobda tashqi olamda namoyon bo‘lishi ifodalangan. Tashqi olam 
kasalmand qizning asl holatini yoqtirmadi va u yashashning yangi 
shaklida – o‘yin ichida, niqobda harakatni boshladi. Simvolika, tabi-
iy psixologizm, oddiy syujetning tig‘iz va murakkab qavatlari asarda 
“sehrli” kuch yashirinib yotgandek tasavvur uyg‘otadi.
“Roman ochkolar bo‘yicha yutsa, hikoya nokautlar bilan g‘olib 
keladi” – (R.Arlt) deb hisoblagan, Kortasar novella janrini yuqori 
cho‘qqilarga olib chiqdi va “Xronoplar va famlar” (1962), “Hamma 
olovlar – olovdir” (1966), “Bu yerda aylanib yurgan kimsa” (1977), 
“Qandaydir  Lukas”  (1979),  “Biz  Glendani  shunday  sevamizki…” 
(1980), “Vaqtdan tashqarida” (1982) novellalar to‘plamlarini chop 
ettirdi. 
1967-yili XX asr ikkinchi yarmi Lotin Amerikasi adabiyotidagina 
emas, balki jahon adabiyotidagi eng mashhur asarlardan biri paydo 
bo‘ldi. Ana shu mashhur “Yolg‘izlikning yuz yili” romanining mual-
lifi kolumbiyalik yozuvchi Gabriel Garsia Markes(1928–2014) edi.
Gabriel  Markes  1928-yili  Kolumbiyaning Arakataka  shaharcha-
sida tug‘ildi. Uning bobosi iste’fodagi polkovnik Nikolos bola hayo-
tida o‘chmas iz qoldirdi. Bobosi va buvisi ertaklari og‘ushida katta 
bo‘lgan Gabriel keyinchalik ular haqida quyidagicha xotirlaydi: “Bo-
bom va buvim jinlar bilan to‘lib ketgan eski uyda yashar edilar. Ularn-
ing har ikkisi ham irimchi bo‘lib, g‘aroyib tasavvurga ega bo‘lganlar”.
Markesning bolalik kezlari uning ongiga singib ketgan shu va 
shunga o‘xshash xotiralar, keyinchalik, uning ijodidagi realistik tas-
vir bilan fantastik unsurlarni birikib ketish tamoyilini belgilab berdi.
1948-yilda  Bogotada  bo‘lib  o‘tgan  qonli  voqealar  Garsiya 
Markes huquqshunoslik fakultetida ta’lim oluvchi universitetning 
yopilishiga sabab bo‘ldi. U Kartaxenda o‘qishni davom ettirmoqchi 
bo‘ladi. Biroq, jurnalistikaga bo‘lgan qiziqish o‘qishni tugallashga 
imkon bermadi.


325
Uning  dastavval  provinsiyada,  keyinchalik  poytaxtda,  so‘ngra 
esa  Rim,  Parij  va  Karakasda  muxbir  sifatida  faoliyat  ko‘rsatishi, 
Markesning keyingi badiiy ijodiga ijobiy ta’sir o‘tkazdi. Muallifning 
o‘zi keyinchalik tan olishicha, uning 1947–1948-yillarda vaqtli mat-
buotda e’lon qilingan dastlabki hikoyalari, Kafka asarlari ta’sirida 
yaratilgan.
Keyinchalik  uning  “Polkovnikka  Hech  kim  yozmaydi”  (1958), 
“Katta  onaning  o‘limi”(1962)  singari  asarlari  nashr  yuzini  ko‘rdi. 
Ular  Markesning  1972-yili  Romulo  Galegos  mukofotiga  sazovor 
bo‘lgan eng mashhur asari “Yolg‘izlikning yuz yili”ning yaratili-
shi uchun muhim bosqich vazifasini o‘tadi. Ushbu roman XX as-
rgacha  bo‘lgan  adabiy  merosning  ko‘plab  usullari,  G‘arbu  Sharq 
an’analarini o‘zida mujassam etgan. Asar yolg‘izlik – zavolga gir-
iftor bo‘lgan bir oilaning fojiali taqdiri orqali insoniyat tarixining 
yuz yilida sodir bo‘lgan manzaralarni aks ettiradi.
Xose Arkadio Buendia va uning umr yo‘ldoshi Ursula Iguaran asos 
solgan Makondo shaharchasi nafaqat bu yerda sodir bo‘ladigan vo-
qealarning foni, balki Ikkinchi jahon urushidan keyingi Lotin Ameri-
kasi tarixining umumlashgan va tipik tasviridir. “Yolg‘izlikning yuz 
yili”da sehrli ertak, afsona, naql unsurlari ob’ektiv tarixiy hikoya 
bilan shu qadar uyg‘unlashib ketganki, ba’zan real voqeani fantas-
tik hodisadan ajratib olish qiyinchilik tug‘diradi, umuman, ularni 
ajratishning keragi ham yo‘q, go‘yo. Ushbu unsurlar asarda teng 
holda bo‘lib, Rablega xos giperbola realistik lavhalar bilan birikib 
ketgan. Romanda yolg‘izlik kishining ma’naviy jihatdan qash-
shoqlashuvi, atrof olamdan uzilib qolishigina emas, odamning 
o‘ziga-o‘zi begonalashuvi sifatida ham talqin qilinadi. Asar azaliy 
an’analar, ona-bolalik, qarindosh-urug‘chilik, og‘a-inilik munosa-
batlari hamda muqaddas diniy aqidalarning yemirilishi oqibatida 
paydo bo‘luvchi ommaviy loqaydlik va yolg‘izlik nazarda tutilgan. 
“Yolg‘izlikning yuz yili”dan so‘ng Markes bolalar uchun bir qa-
ncha hikoyalar to‘plami hamda “Mening baxtli va taniqli bo‘lmagan 
davrim  haqida”  deb  ataluvchi  avtobiografik  reportajlar  turkumini 
nashrdan chiqardi. 1975-yilda yozuvchining ko‘pdan buyon amalga 


326
oshirishni istagan rejasi “Patriarxning kuzi” romani orqali ro‘yobga 
chiqdi.  Lotin Amerikasi  xalqlari  uchun  dolzarb  bo‘lgan  mavzu  – 
diktatorlar mavzusidagi ushbu asarda yozuvchining uslub borasida-
gi izlanishlari ko‘zga tashlanadi. Asarning tili “Yolg‘izlikning yuz 
yili”ga nisbatan ancha murakkabdir.
Romanning  qisqacha  mazmuni  quyidagicha:  Diktator  Nikonor 
Alvarado shu qadar cheksiz hokimiyatga ega bo‘lganki, uning uc-
hun endi boshqarishning keragi ham yo‘q. U ta’rifsiz qudratga ega 
ekanligidan kar bo‘lib qolgan. Uning sayroqi qushlar saqlanuvchi 
qafaslar to‘la saroyida sigirlar ham bemalol yuraveradi. Diktator 16 
yoshli go‘zal qizga oshiq bo‘lib qoladi. Ushbu muhabbat uni shu 
qadar umidsizlikka tushiradiki, natijada, bir tunning o‘zida uch min-
gta siyosiy mahbusni qatl ettirishni buyuradi. Asar voqealari hikoya 
qilinayotgan paytda diktator 123 yoshga to‘lgan edi. U necha yildan 
buyon  hokimiyat  tepasida  ekanligini  ham  eslay  olmaydi.  Eshitish 
qobiliyatini yo‘q bo‘lganligini ham sezmaydi, uning uchun kanar-
eykalar sayramay qo‘ygandek tuyuladi. U butunlay eshitish qobili-
yatidan mahrum bo‘lganda hayotidagi ulug‘ orzusi ro‘yobga chiqa-
di: dengizdan 500 chaqirim uzoqda yashashiga qaramay, kecha-yu 
kunduz dengiz shovqinini eshita boshlaydi. Diktator bir necha ma-
rotaba qayta tirilishlardan so‘ng 200 yosh atrofida vafot etadi. U yo-
shligida Xristofor Kolumb bilan suhbatlashgan bo‘lsa, keksayganda 
AQSh elchilari bilan muloqotda bo‘ladi; tushlik paytida favoritlar-
idan birini yeb qo‘yadi. Muqaddam muttaham va fohisha bo‘lgan 
onasining xotirasini abadiylashtirmoqchi, ya’ni avliyolar qatoriga 
qo‘shmoqchi bo‘ladi.
Markesning 1981-yilda yozilgan “Oshkora qotillik qissasi” qisqa, 
aniq va deyarli bayonnoma ruhidagi nasrning namunasi sanaladi. 
Qissa syujeti asosida Kolumbiyaning Sukre shaharchasida haqiqa-
tda bo‘lib o‘tgan voqea yotsa-da, unda sodir etilgan qotillikka nis-
batan shaharcha ahlining munosabatida insoniyatning bir-biriga nis-
batan loqaydligi, e’tiborsizligi ularni katta falokatlarga giriftor etishi 
mumkinligi haqidagi g‘oya ifodalangan.
Umuman, Gabriel Garsia Markes ijodi XX-XXI asr jahon adabi-


327
yotining yorqin sahifalaridan biri bo‘lib, u adabiy jarayonga sezilarli 
darajada ta’sir ko‘rsatdi. Buyuk yozuvchi 2014-yilning 17-aprelida 
88 yoshda Mexikoda vafot etdi. 
Zamonaviy Lotin amerikasi adabiyotining taniqli ijodkorlaridan 
biri braziliyalik yozuvchi va shoir Paolo Koeo (1947-yili tug‘ilgan) 
sanaladi. U poytaxt Rio-de-Janeyro shahrida tug‘ilgan. Jami yigir-
madan ortiq kitoblar – romanlar, antologiyalar, hikoyalar to‘plamlari 
muallifi. “Alkimyogar” romani uzoq vaqt eng ko‘p o‘qiladigan kito-
blar o‘nligida bo‘ldi. Dunyo tillarida chop etilgan asarlarining adadi 
300 milliondan oshib ketgan. 
Bo‘lajak  yozuvchi  yetti  yoshida  Avliyo  Ignatiy  Loyola  iezuit 
maktabiga o‘qishga yuborildi, bu yerda u ilk marta hikoyalar yozish-
ni boshladi. Maktabni tugatgach, Rio-de-Janeyro universitetining 
huquqshunoslik fakultetiga o‘qishga kirdi, lekin tez orada o‘qishni 
tashlab, jurnalistika bilan shug‘ullana boshladi. 
1970-yili Meksika, Peru, Boliviya, Chili, Ovrupa mamlakatlari 
va Shimoliy Afrikaga sayohat qildi. 
P.Koeloning nomini butun dunyoga mashhur qilgan, 1990-yilda 
nashr etilgan “Alkimyogar” romani hozirgacha dunyoning 120 dan 
ziyod  mamlakatida  chop  etildi  (jumladan,  o‘zbek  tilida  asarning 
uchta tarjimasi mavjud). Romanda insonning umri mobaynida amal-
ga oshiradigan ishlari nimalardan iborat, o‘z taqdiri yo‘lidan borib, 
ko‘nglidagi orzu-umidlarni amalga oshirish uchun nima zarur degan 
falsafiy, mohiyatan esa oddiy insoniy masalalar haqida fikr yuritila-
di. Bosh qahramoni 16–17 yoshlardagi cho‘pon yigit bo‘lgan ushbu 
asarda realizm, sarguzasht, mistika, detektiv va didaktika an’analari 
uyg‘unlashib ketgan.
Hozirda P.Koelo Braziliyaning Rio-de-Janeyro va Fransiyaning 
Tarbe shahrida istiqomat qiladi. 

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin