24
filga o‘z dardini aytsa, fil takabburlik bilan qo‘pollik qiladi. To‘rg‘ay
o‘rmondagi do‘sti qarg‘ani ishga solib, filning ko‘zini cho‘qitib ko‘r
qiladi. So‘ng qurbaqalarga aytib, ko‘rmayotgan filni jarlikka qulatib
yuboradi. Hikoyadan maqsad zolim har qancha qudratli bo‘lmasin,
jazosiz qolmasligini eslatishdir. Donishmand Boydabo zolim Dob-
shalim bilan uchrashib, unga yaxshi so‘zlarni aytib, dilini eritadi.
Shoh uning nasihatlarini tinglashga rozilik bildiradi. Donishmand
hikmatlarida aytilishicha, inson boshqa jonivorlardan to‘rt xislati bi-
lan farqlanadi: u turli ilmlarni bilishi (1), go‘zal xulqli va shirinsux-
an bo‘lishi (2), vazminlik bilan oqilona ish tutishi (3) va adolatli (4)
bo‘lishi kerak. Asar davomida shu kabi bir qator hikmatlar keltirila-
di. Hind donishmandlari ming yillar davomida bu hikmatlarni aytib
jahon xalqlariga yetkazganlar. Qadimgi Hindistonda adabiy-estetik
tafakkur mifologik inonch-e’tiqodlarni va umuminsoniy ideallarni
ilgari surgan”
8
. “Panchatantra” atoqli tarjimon Ibrohim G‘afurov to-
monidan o‘zbek tiliga o‘girilgan.
Dostları ilə paylaş: