O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə181/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

Adabiyotning kelajagi masalasi
 Umumjahon forumda bo‘lib o‘tgan suhbatda ishtirok etgan ad-
abiyotshunos T. Venslova: “Qisqa aytganda, fransuz she’riyati o‘ldi” 
deya  xitob  qiladi”.  Vaqtida  xuddi  shu  gapni  Bulat  Okudjava  rus 
she’riyati haqida aytgan edi. Bunday taxminlar, bashoratomuz fikr-
lar doim aytilgan. Masalan, 90-yillarda o‘zbek yozuvchisi Sh. Xol-
55
  Moskvada  o‘tkazilgan  xalqaro  kongressdagi  suhbat.  http://echo.msk.ru 
(U. Hamdamov tarjimasi).


332
mirzayev  ham  “Adabiyot  o‘ladimi?”  degan  maqola  bilan  chiqqan 
edi. Albatta, maqola so‘nggida yozuvchi adabiyot o‘lmaydi, degan 
xulosaga keladi. Gap shundaki, vaqti-vaqti bilan jamiyat (ma’naviy-
ruhoniy buhronlar davrida) ana shunday kayfiyatlarga tushib turadi. 
Bu narsa albatta mamlakatdagi iqtisodiy, siyosiy, psixologik evril-
ishlar bilan bog‘liq holda ro‘y beradi. XX asrning 70-yillar avlodi-
dan keyin o‘zbek adabiyoti, xususan, o‘zbek she’riyati o‘ldi, degan 
bashoratlar ham puch edi. Holbuki, bugun o‘zbek o‘quvchisi qadim 
ildizlardan  suv  ichib,  zamon  kayfiyatidan  nafas  olgan  tamomila 
yangilangan Istiqlol davri o‘zbek adabiyoti bilan yuzma yuz turibdi. 
Bularning siri esa oz‘garishlar negizida yashirin. Jamiyatda yangi-
lanishlar shabadasi esib qolganda, maydon markaziga har doim 
esinti yo‘nalishini to‘g‘ri fahmlab, o‘z asarlarida aks ettira olguvchi 
ijodkorlar tushadi. Ammo davrlar tinimsiz almashib, o‘zgarib tura-
di. Har bir davr o‘z ijodkorini yaratadi. Bu haqiqatdan ko‘z yumib 
bo‘lmaydi. Barcha zamonlar hadisini to‘g‘ri anglagan va ularni yuk-
sak san’atkorlik bilan asarlariga ko‘chira olgan ijodkorgina mumto-
zlik maqomiga erisha oladi. 

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin