O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

Konfutsiy qonunlari. Ulug‘ mutafakkir Konfutsiy (Kun Fu szi, 
ya’ni muallim m.a. 552/551–479) ning 3000 taga yaqin o‘quvchisi 
bo‘lgan. Ularga og‘zaki dars bergan. Ammo uning ta’limoti avlodlar 
tomonidan yozib olingan va Konfutsiy qonunlari (O‘n uch qonun
“Shi san szin”) bizgacha yetib kelgan. U 13 kitobdan iborat bo‘lib, 
ayrimlari “Suhbatlar va mulohazalar”, “Ulug‘ ta’limot”, “O‘rtalik 
haqida ta’limot” deya nomlanadi. Konfutsiyning asosiy g‘oyasi dao 
bo‘lib, bu yo‘l insonni ezgulikka olib boradi. Buning uchun u inson 
qarshisiga 5 ta talabni qo‘yadi: 1. Burch. 2. Insoniylik. 3. An’anaga 
sadoqat (Me’yorni bilish). 4. Jasorat (Hayotini o‘rtaga qo‘yib bo‘lsa 
ham ezgulikni himoya qilish). 5. Bilim (Tabiatni emas, balki insonni 
bilish).
Dao qununi. “Dao de szin” (Dao – yo‘l, de – ezgulik. Ezgu yo‘l 
haqida kitob). Bu qonun Lao-szi (m.a.VI-V a.) ga oid deb qaraladi. 
Shu bilan birga, keyingi davrlarga tegishli degan qarashlar ham yo‘q 
emas. Dao qonuni Konfutsiy qonunlariga zid mohiyatda turadi. Bu 
qonunlar asrlar davomida to‘planib, milodiy 1019-yilda e’lon qil-
ingan. Uning mohiyati faoliyatda emas, balki tabiat bilan qo‘shilib, 
unga singib ketishda: “Dao hech narsa qilmaydi, lekin qilinmagan 
hech qanday ish yo‘q”.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin