O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

Shumer  miflari.  Olimlar  shumerlardan qolgan merosni uchga 
bo‘lishadi:  miflar,  dostonlar  va  madh-maqtovlar.  Shumerlar  “Oy 
ma’budining tug‘ilishi”, “Cho‘kichning yaratilishi”, “Enki va du-
nyoning  tartibi”,  “Enki  va  Ninxursag  yoki  jannat  haqida  shumer 
afsonasi”, “Enki va Ninmax yoki odamning yaratilishi”, “Enki va 
Eredu”, “Inanna va Enki”, “Dumuzi va Inannaning nikohi”, “Bil-
gamish va Endiku”, “Endiku Bilgamishning xizmatkori va do‘sti”, 
“Boqiy hayot qidirgan Bilgamish” kabi qator mif-afsonalar yarat-
ishgan.  “Bilgamish”  dostoni  markazida  turgan  qahramon  garchi 
hayotiy asosga ega bo‘lsa-da, dostonning ko‘plab syujet chiziqlari, 
unda ishtirok etayotgan ilohlar, qahramonlar turli afsonalar mahsuli 
hisoblanadi.
Misr miflari. “Yerning paydo bo‘lishi”. Ko‘plab xalqlar miflari-
da azalda hamma joyda suv bor bo‘lgan deyiladi. Ularga ko‘ra maz-
kur dunyoviy ummondan yer paydo bo‘lgan. Misrga oid mif talqini-
cha, Nun (xaos) quyosh ma’budi Rani paydo qildi (Bu hozirgi ilmiy 
qarashlarga ham to‘g‘ri keladi). Ra havo (Shu ma’budi) va namlik 
(Tefnut) ni yaratdi. Havo va namlik yer (Gora ma’budi) va osmon 


31
(Nut ma’budasi) ni yaratdi. Demak, misrliklarning “Yerning paydo 
bo‘lishi” mifi bo‘yicha yer ana shu tarzda paydo bo‘lgan ekan.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin