Avstraliya miflari. Ular avloddan avlodga birinchi qush, hayvon
va o‘simlikning kelib chiqishi haqidagi rivoyatlarni aytib kelishadi.
Eng ko‘p kenguru va it haqidagi miflar tarqalgan. Aborigenlar ken-
guruni odam-kengurudan paydo bo‘lgan deb ishonishgan. “Kengu-
ru va it” mifiga ko‘ra,kenguru va it azalda odam bo‘lishgan ekan.
Kunlardan bir kun ular daryoga kelib qolishadi. Sohilda qum bor
edi. Kenguru-odam kenguru-itga “Meni qumga itga o‘xshatib chiz”
dedi. U chizadi. Keyin bunisi unisiga deydi: “Meni qumga kenguru-
ga o‘xshatib chiz”. Shunday qilib, ularning biri kenguruga, boshqasi
esa itga aylanib qolishgan ekan.