Folklor, mif va yozma adabiyot mushtarakligi. Bu uch tushun-
cha bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Chunki mifologik qarashlar-
dan folklor kelib chiqqani kabi, yozma adabiyot ham, o‘z navbatida,
har ikkalasi bulog‘idan hali-hanuz suv ichib keladi. Jahon adabiyotida
mif va folklorda aks etgan g‘oyalarga suyanib, ulardan ta’sirlanib
yozilgan asarlar ko‘p. Homerning “Iliada” va “Odisseya”si, Esxiln-
ing “Zanjirband Prometey”, Safoklning “Shoh Edip”, Evripidning
“Medeya”, Dantening “Ilohiy komediya”, Navoiyning “Lison ut-
tayr”, Gyotening “Faust”, Tomas Manning “Sehrli tog‘” romani
asarlarining negizida mif yotadi. Yoki Abdulla Qodiriyning “O‘tkan
kunlar” romani boshqa ko‘plab ildizlar qatori, o‘zbek xalq og‘zaki
ijodidan oziqlanganligi, yozuvchining o‘z e’tirofidan tashqari,
asarning shundoq kompoziyasiyasidan bilinib turadi. Mazkur tam-
11
Адабиётшунослик луғати. – Тошкент: Академнашр, 2010. –
Б.17
5–1
76.
38
oyil hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. Bugungi o‘zbek
adabiyotida ham qadimgi afsonalarga murojaat qilish tez-tez uchrab
turibdi. Kengesboy Karimovning “Ulug‘ dasht bo‘rilari”, Xurshid
Do‘stmuhammadning “Sizif” kabi romanlari, Nazar Eshonqulning
“Vola” kabi hikoyalarida Sharq va G‘arb afsonalariga yangi, zamo-
naviy mazmun yuklashga harakat qilingan. K.Karimovning roman-
ida bo‘ri afsonasiga murojaat bor. Ma’lumki, qadimgi turklar, italy-
anlar va kavkazliklarda bo‘riga alohida munosabat mavjud bo‘lib,
bu kult ming yillar mobaynida shakllangan. Chunonchi, qadimgi
turklarning bo‘ri haqidagi turli afsonalaridan biriga ko‘ra, turkiy-
larning 92 urug‘i ota bo‘ridan tarqagan ekan. Yoki yana bir boshqa
asotir aytadiki, turkiylar ona bo‘ri va dushman tomonidan qirib tash-
langan urug‘dan tirik qolgan 10 yoshli o‘g‘il boladan to‘ragan. Ona
bo‘ri joni omon qolgan bolani qo‘l-oyoqlari kesib tashlangan holda
topib oladi. Uni bo‘ri parvarishlab boqib oladi. Oradan vaqtlar o‘tib
esa, ona bo‘ri bolalaydi. Afsona turkiylarning ana shu tarzda paydo
bo‘lganligini aytadi. Bo‘ri kultining tug‘ilish sababi shunday izoh-
lanadi. K.Karimovning romanida shu asotir keltiriladi va yozuvchi
badiiy niyatining ochilishiga xizmat qildiriladi. “Xo‘sh, zamonaviy
yozuvchi nima uchun miflarga murojaat qiladi?” degan haqli savol
tug‘iladi. Axir, miflar qadim tafakkur shaklining mahsuli bo‘lsa, un-
dan keyin bashar ahli diniy va ilmiy tafakkur shakllarini bildi. Hozir-
da chaqmoq chaqishi yo shamol turishini hech kim Olimp tog‘idagi
ilohlarning kayfiyatiga, kun va tunni esa bahaybat devning qo‘lini
ko‘tarib tushirishiga bog‘lamaydi. Bularning hammasiga bugungi
insonning aniq ilmiy isbotlari bor. Yani ilmiy tafakkur insoniyatni
xurofotning to‘ridan xalos qildi. Lekin nega haligacha miflar yas-
hayapti?.. Chunki shunday miflar borki, ularning zimnida bugungi
kun muammolariga eng qisqa va eng ishonarli javoblar yashiringan
bo‘ladi. Hozirda, yuksak darajada rivoj topgan zamonaviy dunyo-
da ham bashariyat qarshisida shunday shafqatsiz (javobsiz) savol-
lar paydo bo‘lib turadiki, ularning yechimiga eng ko‘p miflar yaqin
kelishi kishini hayratlantiradi. Shuning uchun ham biz miflarga mu-
39
rojaat qilamiz. Yuqorida keltirilgan “Pandora haqidagi mif”ni yoki
Bilgamishning boqiy hayot suvini qidirishidan so‘zlaguvchi afso-
nani oling. Yoki ijod tabiatini tushuntirib berishga qaratilgan mif-
afsonalar ham G‘arbda, ham Sharqda mavjud. Yunon mifiga ko‘ra,
jazoga mustahiq etilgan odam misdan yasalgan ho‘kiz ichiga so-
linib, ostidan olov yoqiladi. Mis ho‘kiz qizib, jazolanuvchiga mis-
lsiz azob beradi. U dod soladi. Ammo ho‘kizning og‘ziyu burnida
shunday maxsus teshkichalar bor bo‘lib, odamning faryodi ulardan
chiqarkan, quloqqa yaqadigan hush nolaga aylanadi. Bu yoqda –
maydonda esa, ishtiyoqmand xaloyiq yoqimli nolani jon quloqlari
bilan eshitib huzurlanadi. Bu mifni mis ho‘kiz ichida faryod chek-
ayotgan odam – ijodkor, uning ohu nolasidan rohatlanayotganlar esa
o‘quvchi, deya tushunish-tushuntirish ham mumkin. Olmon shoiri
Heynening bir she’rini Cho‘lpon quyidagicha tarjima qilgan edi:
Hamma esnab turdi, quloq solmadi
Qayg‘umni gapirib bergan vaqtimda.
Meni alqamagan kishi qolmadi
Dardimni nazmga tergan vaqtimda.
Qaysi bir jihatlari bilan xuddi shu mifga o‘xshab ketadigan Sharq
afsonasi bor. F. Attorda u “Qaqnus umrining uzunligi va uning ah-
voli hikoyasi” deb nomlanib, quyidagicha talqin qilinadi: “Qaqnus
Hindistonda yashaydigan turfa ajib bir qushdir-kim, uzun va qat-
tiq tumshug‘i bor. Tumshug‘ida xuddi nay kabi bir qancha teshiklar
mavjud. Bu teshiklar yuztaga yaqin. Qaqnusning boshqa qushlar
kabi jufti yo‘q, u bolalamaydi. Tumshug‘ining har bir teshigidan
o‘zgacha ovoz chiqaradi, har bir ovozida o‘zgacha nola, o‘zga bir
sir bor. Har bir teshikdan turli-tuman ohangu navolar chiqarib,
nola chekkach, barcha qushlar, qushlargina emas, barcha jonivor-
lar, hatto suvda baliqlar bundan beqaror bo‘ladilar. Barcha vah-
shiy darrandalar jim bo‘lib, bu ovozdan o‘zgacha holatga tushadi-
lar. Faylasuflar unga hamroz bo‘lib, ovoziga qarab musiqa ilmini
40
yaratdilar. U qariyb ming yil umr ko‘radi, ammo o‘limi vaqti yaq-
inlashayotganini oldindan sezadi. O‘limi yaqinlashgach, ko‘ngliga
g‘ulg‘ula tushib, atrofiga ko‘p-ko‘p o‘tin yig‘adi.O‘tinlar o‘rtasiga
o‘tirib olib, o‘tli nolalar chekadi. Keyin har bir teshikdan, boshqa-
boshqa dardli navhalar chiqaradi, yuz teshikdan yuz xil navha-soz
chiqaradi. Navha chekayotganda o‘lim alamidan lahza-lahza titrab
turadi. Bo‘zlab nola chekishidan hayratlanib, qushlar va hayvonlar
uning oldiga yig‘iladilar va hayotdan umidlarini uzgandayin, behol
bo‘lib qoladilar. Keyin umrining so‘ngida ajab hol yuz beradi: uning
nolasi zo‘ridan tumshug‘idan qon oqa boshlaydi, bir nafas tin olib,
so‘ngra qanotlarini bir-biriga ura boshlaydi. Shunda uning qanotid-
an o‘t chaqnab chiqadi, keyin butun vujudini o‘t qoplab yona bosh-
laydi, olov o‘tinlarga o‘tadi va birga-birga yonib cho‘g‘ga aylana-
dilar. Keyin cho‘g‘lar sovib kul bo‘ladilar. Kul ichida bitta kichkina
cho‘g‘ qoladi va u kichkina qaqnus bo‘lib dunyoga keladi”.
12
Sharqda shoirlar ko‘pincha ana shu qaqnus qushga mengzatiladi.
U ohu faryod chekadi, lekin tumshug‘idagi teshiklar bois, uning no-
lasi xuddi yoqimli kuydek eshitiladi. Ko‘rinib turganidek, G‘arbu
Sharq afsonalarida talay kesishadigan nuqtalar bor bo‘lib, ular ijod
va uning tabiatini bir qadar tushunishimizga yordam beradi.
Xullas, dunyoda ming yillar mobaynida bashariyat xotirasida
saqlanib kelayotgan mif va afsonalarning o‘rni, ayniqsa, san’atu ad-
abiyot uchun beqiyosdir. Dostonnavislar, dramatik va lirik shoirlar,
yozuvchilar, rassomlar, haykaltaroshlar, rejissyorlar o‘z asarlarida
ushbu ma’naviy buloqdan qonib-qonib suv ichdilar, hanuz ichmoq-
dalar.
Dostları ilə paylaş: |