63
“Zanjirband Prometey” qadimgi yunon afsonalari asosida yara-
tilgan. Ularda hikoya qilinishicha, Prometey suv va tuproqdan dast-
labki odamlarni bunyod etgan. Ma’buda Afina esa jonbaxsh nafasi
bilan ularga hayot bag‘ishlagan. Lekin ma’budlar hukmdori(Olimp)
odamlarni butunlay yo‘qotib yuborishga qasd qiladi: odamlardan
olovni yashirib, ularni sovuqda, zulmatda tutadi.
Titanlardan bo‘lgan Prometey, Olimp mehrobidan muqaddas
olovni o‘g‘irlab, odamlarga keltirib beradi. Shundan boshlab yerda
yangi hayot quloch yozadi, endi odamlar o‘zlarini erkin va qudrat-
li his qila boshladilar. Bu “shakkoklikdan” g‘azablangan Zevs uni
qoyaga zanjirband qilishni buyurib, ming yillar davomida azoblaydi.
To Gerakl kelib ozod etmagancha zanjirband Prometeyga Zevsning
qanotli iti – jeztumshuqli burgut misli ko‘rilmagan azoblarni beradi,
har kuni uning jigarini cho‘qib, qonini ichadi...
Esxil o‘z asarlarida ma’budlarni yoki biror maqsad yo‘lida
kurashuvchi, bukilmas irodali kishilarni tasvirlaydi. “Zanjirband
Prometey” hamon inson tafakkurining mangu durdonasi, qadimiy
yunon fojianavisining nodir asari sifatida yashab kelmoqda.
Dostları ilə paylaş: