64
Sofokl Esxil boshlagan ishni davom ettirib,
tragediyani tantana-
li lirik qo‘shiqdan chinakam dramaga aylantirishda katta xissasini
qo‘shdi. Agar Esxil asarlarida oliy kuchlar inson yurish-turishida
faol ishtirok etgan bo‘lsa, Sofokl qahramonlari mustaqil harakat
qilib, boshqa kishilarga nisbatan munosabatlarini ham o‘zlari
belgi-
laydi. Shoirni to‘lqinlantirgan muammolar endi avlod taqdiri bilan
emas, balki alohida shaxs taqdiri bilan bog‘liq bo‘ldi. Bu mazmunan
bog‘langan trilogiyalardan voz kechishga olib keldi. Sofoklda har
bir asar alohida badiiy yechim va muammoga ega bo‘ldi.
Dramaturg o‘z ijodi davomida xorni chiqarib tashlamagan bo‘lsa
ham unda xor qo‘shiqlari qisqarib bordi va bu voqealar sur’ati te-
zlashdi. Sofokl tomonidan kiritilgan yana bir yangilik – dramaga
uchinchi akterning kiritilishi bo‘ldi. Aristotelning “Poetika” da xabar
berishicha, buyuk dramaturg sahna san’ati nazariyasi bo‘yicha ham
ko‘p yangiliklar kiritgan: xor tarkibini o‘zgartirgan, musiqiy parcha-
lar joriy etgan, teatr dekoratsiyasi qo‘llagan. Gyotening aytishicha,
“Sahna san’atini Sofoklchalik hech kim bilmagan”.
Uning “Shoh Edip”, “Antigona”, “Edip Kolonda” tragediyala-
rining syujeti afsonalarning Fiva turkumidan olingan. “Elektra”,
“Filoklet”, “Ayaks” asarlari Troya afsonalari mavzusida yozilgan
bo‘lsa, “Traxinalik ayollar” Gerakl haqidagi rivoyatlar asosida
yozilgan.
Qahramonlarning tabiatini chuqurroq
ochish maqsadida Sofokl
turli usullarni qo‘llaydi. Ulardan biri taqqoslash usulidir. Ikki qa-
hramonni yonma-yon qo‘yib tasvirlashning
eng mohir namunasini
“Antigona” tragediyasida ko‘ramiz. Sofokl ajoyib obrazlari bilan
bir qatorda, dramatik voqealarni ustalik bilan bir-biriga bog‘lagan
san’atkor sifatida ham mashhur.
Sofokl “Shoh Edip” tragediyasida yunon san’atining “kuch va
vositasigina emas, zamini ham bo‘lgan” mifologiyadan keng foy-
dalangan. Odatda miflarning bir qancha variantlari bo‘lib, drama-
turglar ularni o‘zgartirib, o‘z g‘oyalariga moslab,
ijodiy qayta ish-
laganlar. “Shoh Edip” bunga misol bo‘la oladi. Edip haqidagi mif
65
Homerning “Odisseya”sida ham bor edi. Ammo Sofokl unga juda
aniq psixologik ishlov beradi, uni “qismat fojeasi”dan chinakam
insoniy dramaga aylantiradi. Edipning o‘z umri sirlarini bilish ja-
rayoni unga mudhish taqdirni ochibgina qolmay, o‘z aybiga iqror
bo‘lishga ham olib keladi. Inson o‘z qilmishlariga o‘zi mas’uldir:
inson bezavol va beajal tangrilardan
shu bilan farqlanadiki, uning
hayoti
doimiy kurashlarda, har qanday g‘ovlarni, qismatni yengib
o‘tish uchun intilishda o‘tadi.
Mifda mana shu qismat birinchi o‘rinda turadi. Sofokl tragediya-
sida esa taqdir qahramon yo‘lida bir rishta xolos. Edip umuminsoniy
ahamiyatga ega bo‘lgan chuqur va murakkab obrazga aylanadi.
Antik davrdagi hech qaysi dramaturgning asari jahon adabiy-
otida “Shoh Edip” tragediyasi kabi chuqur iz qoldirmagan. Bu asar
ta’sirida XVIII asr oxiri XIX boshlarida Ovrupa adabiyotida “Taqdir
tragediyasi” deb atalgan adabiy oqim paydo bo‘ldi va u Shekspirn-
ing “xarakterlar” tragediyasiga qarshi qo‘yildi.
Dostları ilə paylaş: