72
Rim adabiyotini lotin tili taraqqiyoti davrlariga mos ravishda
quyidagi asosiy davrlarga ajratish mumkin:
I. Qadimgi davr – Rimda yunonlar namunasi asosidagi adabi-
yot paydo bo‘lguniga qadar (m.av.240 yilga qadar)
II. Arxaik davr – Sitseron adabiy faoliyatiga qadar (m.av.240–
81-yillar)
III. Rim adabiyotining oltin davri:
a) Sitseron davri – Rim nasrining gullab yashnashi (m.av. 81–
43-y)
b) Avgust davri – Rim she’riyatining gullab yashnashi (m.av.
43–14-y)
IV. Rim adabiyotining kumush davri – imperator Trayan vafoti-
ga qadar (14–117-y.)
V. Imperatorlikning so‘nggi davri (117–476-y.)
Rim adabiyotining ilk vakili sifatida IV asr oxiri va III asr bosh-
laridagi taniqli davlat arbobi Appiy Kladviy nomi tilga olinadi. U
rimda birinchi bo‘lib adabiyotning mafkura vositasi sifatidagi roliga
yuksak baho bergan va yozuvchi sifatida ham tanilgan. Uning Rim
tarixida mashxur bo‘lgan tinchlik sulhi tuzishga qarshi qirol Pirrga
qarata so‘zlagan nutqi (279 yil) siyosiy risola sifatida nashr etilgan.
Bundan tashqari, Appiy Kladviy ibratli fikr, aforizmlardan iborat
to‘plam chop ettirgan bo‘lib, ulardan bizgacha uchta aforizm yetib
kelgan. Ulardan biri hozirda Ovrupa xalqlari maqoliga aylangan
“Har kim o‘z baxtining me’mori” iborasidir.
Dostları ilə paylaş: