84
Goratsiy she’riyatning turli janrlarida ijod qildi: oda, satira, mad-
hiya, nomalar shular jumlasidan. Shoir ijodida san’at va she’riyatning
jamiyatdagi o‘rni masalalariga katta e’tibor qaratilgan. “Avgustga
noma”da she’riyat
insonni shakllantirishi, unga taskin berishi, dar-
diga davo bo‘lishi haqida so‘z yuritilsa, “She’riyat san’ati haqida”
nomasida asarni qanday qurish va so‘z
boyliklaridan umumli foy-
dalanish, xarakterlarni qanday yaratish haqida maslahatlar beradi.
Uning mashg‘ur “Haykal o‘rnatdim men” qasidasida ijodkor va
she’riyatning umriboqiyligi mavzusi qalamga olingan.
Goratsiyning ijodiy me’rosi bizgacha deyarli to‘la holda yetib
kelgan. Ular quyidagilar:
1. “Epodlar” deb ataluvchi 17 she’rdan iborat bitta to‘plam.
2. “Satiralar” deb ataluvchi 18 she’rdan iborat ikkita to‘plam.
3. “Qasidalar” deb nomlanuvchi 103 she’rdan iborat to‘rtta
to‘plam.
4. “Nomalar” deb ataluvchi 23 she’rdan iborat ikkita to‘plam.
5. “Bayram madhiyasi” she’ri.
Goratsiy ijodida favqulotda o‘rin tutadigan shoh asari shubhasiz,
uning “Qasidalar”idir. To‘rt majmuadan iborat bo‘lgan qasidalarn-
ing birinchi uch qismini shoir miloddan avvalgi 23 yilda, to‘rtinchi
qismini 13 yilda nashr qildiradi. Shoirning o‘zi to‘rtala to‘plamga
kirgan asarlarining barchasini “qo‘shiqlar”, “she’rlar”
deb atagan
bo‘lsa ham, antik davrda “qasida” nomi bilan mashhur bo‘lgan.
“Qasidalar” muallifi qadimgi yunon shoirlari ixtiro etgan rang-
barang va murakkab she’riy vaznlardan ustalik bilan foydalangan
va shu orqali Rim she’riyatining shaklini boyitib, unga turli-tuman
go‘zal va nozik taronalar bag‘ishlagan.
Qasidalar mazmun jihatidan
ham, janr jihatidan ham benihoyat xilma-xildir.
Goratsiy ijodining butun mazmuni – xoh “Epodlar” da bo‘lsin,
xoh “Satiralar”da bo‘lsin, xoh “Qasidalar”da bo‘lsin – asosan shod-
xurramlikni, yor-do‘stlikni, may va ishq-muhabbatni targ‘ib qilish-
dan iboratdir. Uning fikricha inson uchun bularning birontasidan
saqlanishning hech qanday zaruriyati yo‘q.
85
Goratsiy lotin tilida mutlaqo yangi lirika yaratdi. Qasidalardagi
fikriy teranlik, shakliy rang-baranglik, uslubining nafisligi, ixcham-
ligi, sodda va ravonligi – ulug‘ shoir tomonidan Rim she’riyatiga
kiritilgan yangiliklarning yorqin namunasidir. Shoir o‘z
ijodiga
yakun yasab, “Qasidalar” uchinchi majmuasining “Haykal” nomli
mashhur 30-qasidasida Rim she’riyatining taraqqiyoti yo‘lidagi
buyuk
xizmatlarini, inchunin, lirik shoir
sifatida abadiy barhayot
qolajagini e’tirof etar ekan, g‘urur bilan yozilgan bu so‘zlarda hech
qanday mubolag‘a bo‘lgan emas.
Ulug‘ rus shoiri A.S.Pushkinning mashhur “Haykal” she’rining
yaratilishiga Goratsiyning “Haykal o‘rnatdim men” (“Exegi monu-
mentum”) qasidasi turtki bo‘lgan. Ruschada uni “Pamyatnik neru-
kotvorniy”, “Poxvala pissam” deya atashgan. Antik davrning bu
qasidasidan ilhomlangan M.Lomonosov, G.Derjavin, V.Kapnist,
A.Vostokov, S.Tyutchev kabi XVIII asr mualliflari ham haykal ma-
vzusida o‘z qasidalarini yozishgan. Ammo faqat Pushkinning qasi-
dasi davrlar osha sevib o‘qilmoqda.
Dostları ilə paylaş: