O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

Fransiya o‘rta asrlar adabiyoti. Zamonaviy Fransiya hududida 
qadimda kelt xalqlari guruhiga mansub bo‘lgan gall qabilalari is-
tiqomat qilgan bo‘lib, ular keyinchalik rimliklar tomonidan bosib 
olingan. V  asrga  kelib  german  qabilalaridan  bo‘lgan  franklar  gall 
yerlarini bosib olganlar va tez orada ular mahalliy xalqlarning 
ta’sirida assimilyatsiyaga uchraganlar. 
Uzoq  vaqt  mobaynida  hozirgi  Fransiya  hududi  Frank  davlati 
tarkibida bo‘lgan. Buyuk Karl (768–814) qirolligi davrida mamlakat 
har tomonlama rivojlanib qudratli davlatga aylangan. Karlning va-
fotidan keyin mazkur davlat parchalanib ketishi natijasida (843-yil) 
Reyn daryosining g‘arbiy hududida Fransiya davlati shakllana bosh-
lagan. Buyuk Karlning nabirasi “taqirbosh” laqabli Karl bu davlat-
ning birinchi qiroli hisoblanadi. 
Aynan  IX  asrda  fransuz  tili  shakllana  boshladi.  Agar  kato-
lik cherkovining tili lotin tili bo‘lsa, oddiy xalq “roman” tilida 
so‘zlashgan. Bu tilning shakllanishiga gallar va german qabilalar-
ining ta’siri bo‘lgan bo‘lsa-da, uning asosini “vulgar lotin”i tashkil 
etdi.  Asrning  boshlaridayoq  (813-yil)  Tur  ibodatxonasidagi  diniy 
va’zlar xalqqa tushunarli bo‘lishi uchun roman tilida o‘qila bosh-
langan edi. 
Bizgacha o‘rta asrlar adabiyotidan epik dostonlar, kichik hajmda-
gi lirik she’rlar, roman va diniy mavzudagi dramalar, latifaga yaqin 
turuvchi hikoya – fabliolar yetib kelgan.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin