95
gan bo‘lib, ularni ijod qilish jarayonini ikki bosqichga ajratish mum-
kin: xalq ijodiyoti tarixiy voqealarga poetik ishlov bergan bo‘lsa,
keyinchalik u shoirlar tomonidan birlashtirilib sayqallangan.
Baxshi (jongler) ritsar va qirollarning jasoratlari, o‘zaro qarama-
qarshiliklar, nizolari haqidagi qo‘shiqlarning muallifi va ijrochisi
bo‘lgan.
Fransuz epik dostonlarini shartli ravishda uch turkum(sikl)ga
ajratish mumkin: 1. Qirollik turkumi. Bu turkumdagi dostonlar
markazida Buyuk Karl obrazi bo‘lib, u Fransiyaning ramzi sifati-
da tasvirlangan. 2. Goran de Monglanga bag‘ishlangan dostonlar-
da ideal vassal tarannum etiladi. 3. Feodallar o‘rtasidagi nizolarga
bag‘ishlangan Doon de Mayans yoki feodal turkumi.
Dostları ilə paylaş: