96
Dostonda franklarning Ispaniyaga yurishi bilan bog‘liq ko‘plab
voqealar keltirilgan: saratsinlar bilan olib borilgan muzokaralar,
Ganelonning xiyonati, Rolandning kam sonli qo‘shini bilan saratsin-
larning son jihatidan yigirma barobar ko‘p qo‘shiniga qarshi Ron-
seval darasida olib borgan jangi. Ronseval
darasidagi jang asarning
kulminatsiyasi bo‘lib, aynan shu epizodda Rolandning jasorati, so-
diq do‘sti
Oliverning aql-zakovati, ularning
vatan manfaatlari uchun
fidokorligi namoyon bo‘ladi. Oliver o‘q tegib o‘ldi, o‘n ikkita jasur
per
18
lar halok bo‘ldi, yaralangan arxiyepiskop Turpin yiqildi. Og‘ir
yaralangan Roland jang maydonida yolg‘iz qoladi va o‘z qilichi Dy-
urendal, burg‘usi Olifant bilan vidolashadi.
Doston 291 she’r bandi(bu bandlar
tirada deyiladi)dan iborat
bo‘lib, ular yagona vazn bilan birlashtirilgan. Aksariyat bandlar ox-
irida o‘ziga xos naqorat bo‘lgan “Aoy” xitobi yangraydi.
Dostları ilə paylaş: