Fransua Rable (1494–1553). “Gargantyua va Pantagryuel”ning
muallifi Fransua Rable uyg‘onish davridagi eng yirik fransuz yozu-
vchilaridan biridir.
Fransuz gumanizmining yirik namoyondasi bo‘lgan yozuvchi
Shinonda tavallud topgan. Yoshlik yillarida monastirda diniy bilim-
114
lar bilan bir qatorda qadimiy yozuvlar va huquqqa oid risolalarni
o‘rgandi. Ma’lum bo‘lmagan sababga ko‘ra, monastirdan ketib,
meditsinani o‘rgana boshlagan va 1532-yili Lion gospitalining vra-
chi lavozimida ishlay boshlagan.Parij yepiskopi, kardinal Jan dyu
Belle, qirol Fransisk I qo‘lida xizmat qilgan va 1553-yili Parijda va-
fot etgan.
Fransua Rable tibbiyot, huquqshunoslik, arxeologiyaga oid bir
qator ilmiy asarlar muallifi. Yozuvchi sifatida “Gargantyua va Panta-
gryuel” romani bilan shuhrat qozondi. Romanni yozishga 1532-yili
Lionda chop etilgan “Gargantyuaning buyuk va bebaho xronikasi”
nomli xalq kitobi turtki bo‘ldi.
Shu yili Rablening “Buyuk dev Gargantyuaning o‘g‘li, dipsod-
lar qiroli shavkatli Pantagryuelning dahshatli ishlari va qahramon-
liklari” kitobi yozildi.
Yozuvchi xalq kitobidagi sxemani saqlab qolib, undan
ko‘plab obrazlar va syujet motivlarini oldi. Shu bilan birgalikda
epopeyaga Pantagryuelning do‘sti va hamrohi Panurg obrazini
olib kirdi.
1534-yili yozuvchi o‘zining “Pantagryuelning otasi buyuk Gar-
gantyuaning dahshatli hayoti” nomli asarini e’lon qildi. Roman
epopeyaning birinchi kitobi sifatida yozilgan bo‘lib, yozuvchi
manbadan ba’zi motivlarini(Gargantyua va uning ota-onasi bahay-
batligini, uning ulkan otda yurishini, Notr-Dam ibodatxonasidan
qo‘ng‘iroqlarni o‘g‘irlashini) ishlatgan holda, asosan, o‘z ijodiy
fantaziyasiga tayandi.Asarda eski tarbiya usullari tanqid qilinadi va
unga gumanistik pedagogika qarama-qarshi qo‘yiladi. O‘g‘irlangan
qo‘ng‘iroqlarni qaytarib berishni so‘rab nutq so‘zlagan magistr
Ianotus de Bragmardoning nutqi – “sarbonnachilar”ning baland-
parvoz ritorikasiga parodiyadir. Shundan so‘ng Pikrokolning bosq-
inchilik rejalari – feodallar, qirollar va feodallar urushlari tanqid
qilinadi, satira ostiga olinadi. Urush fonida jismoniy va ma’naviy
sog‘lomlik, hayotga ishonch ramzi sifatida ruhoniy monax Jan og‘a
paydo bo‘ladi. Roman Janning rejasi asosida barpo etilgan Telem
115
abbatligining ochilishi bilan yakunlanadi. Bu yerga odil va oqil,
madaniyatli, ozod shaxslar to‘planadilar.
“Pantagryuelning qahramonona hayoti haqidagi 3-kitob” 1546-
yili paydo bo‘ldi. U oldingi kitoblardan anchayin farq qiladi, chunki
bu paytga kelib qirol Fransisk I ning siyosati o‘zgargan edi. Reak-
siya g‘alaba qozondi. Erkin fikrlovchilar va kalvinistlar ta’qib ostiga
olingan edilar. Kitobda Pantagryuel tomonidan zabt etilgan dipsodlar
mamlakatidagi tinch, osoyishta hayot ko‘rsatilgan, ya’ni unda zamo-
naning bosqinchilik siyosatiga antitezani ko‘rish mumkin. Shundan
keyin o‘z mulklarida uch yillik daromadni ikki hafta ichida sarf qilib
yuborgan Panurgning sarguzashtlari hikoya qilinadi. So‘ngra har qa-
nday voqealarga yakun yasaladi va asosiy o‘ringa botanika, tibbiyot,
huquq haqidagi suhbat va mulohazalar chiqadi. Bu suhbat va mulo-
hazalarga Panurgning uylanish yoki uylanmaslik haqidagi ikkilan-
ishlari sabab bo‘ladi. Bu suhbatlar jarayonida Panurg aqlli gap ayta
olmaydigan turli “faylasuf”lar, barcha masalalarni suyak tashlab hal
qiluvchi sudya Bridua bilan uchrashadi.
1548-yili 4-kitob yozilib, to‘rt yildan keyin esa uning kengay-
tirilgan varianti paydo bo‘ldi.Romanda Panurgning Xitoyga safari
haqida hikoya qilinadi. Yo‘lda sayyohlar Prokuratsiya (sudboz-
sudlashishni yaxshi ko‘ruvchi), Karemprenan(katolik ro‘zadorlar),
Kolbasa, Papefiglar(papaga fig ko‘rsatuvchilar), Papimanlar(“papa
tarafdorlari”), messer Gaster(“oshqozon”) kabi orollarda bo‘ladilar.
Kitobda diniy fanatizmni qo‘llab-quvvatlovchi, ya’ni qirol siyosati
tanqid ostiga olinadi.
1564-yili, ya’ni Rablening o‘limidan 10 yil keyin 5-kitob nashr
etildi. Roman yozuvchi qo‘lyozmalari asosida do‘stlari tomonidan
nashrga tayyorlangan bo‘lib, unda Panurg sayohatining nihoyaga
yetishi haqida hikoya qilinadi.
Rable o‘z romani bilan badiiy realizmni yanada kengaytirdi va
chuqurlashtirdi, fransuz tilini rivojlantirishda katta xizmat ko‘rsatdi.
“Gargantyua va Pantagryuel” fransuz Renessansining eng de-
mokratik asari hisoblanadi. Adibning keyingi davr yozuvchilariga
116
ko‘rsatgan ta’siri beqiyosdir. Molyer, Lafonten, Lesaj, Volter, Bal-
zak, A.Frans, R.Rollan uning asarlaridan ilhomlanganlar, ijodiga
murojaat qilganlar.
Dostları ilə paylaş: |