126
di. Bekon («Inson insonga dushman»), Spinoza, Dekart («Men fikr
qilyapman, demak mavjudman») va boshqa faylasuflar faoliyati shu
davrga to‘g‘ri keladi.
Shu bilan birga cherkovning ta’siri hali kuchli edi.
Davrining ilg‘or vakillaridan bir qanchasi inkvizatsiya qurboni
bo‘ldilar. 1619-yil faylasuf Vaninini o‘tda yondirdilar. 1662-yili
fransuz shoiri Klod Le Pti qatl etildi. Kampanella o‘z hayotining 33
yilini qamoqda o‘tkazdi.
Hayotning murakkablik va qarama-qarshilikka to‘laligi
bu davr
adabiyotining ham ziddiyatli rivojlanishiga olib keladi. XVII asrda
Ovrupa da renessans realizmi, barokko klassitsizm va shu singari
uch asosiy adabiy yo‘nalish baravariga rivojlandi.
Bu davrda Renessans realizmiga hos bo‘lgan hislatlar yangi, yuk-
sak darajada davom ettirildi (Lope de Vega ijodi).
Barokko o‘rta asr madaniyati tushkunligi natijasida kelib chiqqan,
absolyutizm kuchayib borayotgan davrda feodal-katolik reaksiyasi
ta’sirini aks ettirgan adabiy yo‘nalishidir. Borokkochilar realist-
lardan farqli o‘laroq, atrof-muhit bilan uyg‘unlik bo‘lishi
mumkin
emas, deb hisoblaydilar. Inson sir va jumboqlarga to‘la dunyoda ya-
shaydi, tabiatning dahshatli va shafqatsiz
kuchlari oldida inson zaif
va ayanchli jonzot, deb qaraladi.
Barokkochilarda tasvir nozik va bejirim tusga kiradi. O‘quvchini
hayratga solish maqsadida g‘aroyib
metafora, taqqoslashlarga keng
o‘rin berilgan. Uning yorqin ifodachisi dramaturg Kalderondir.
Barokko adabiyotida diniy g‘oyalar asosiy o‘rinni egallaydi. Mu-
taxassislar klassitsizmning paydo bo‘lishini 1515-yil – italyan yozu-
vchisi Trissinoning “Sofonisba” tragediyasi
yaratilishidan boshlab
belgilashadi. Trissino bu asarni antik tragediya namunalariga tayan-
gan holda, syujet voqealarini antik Rim tarixchisi Tit Liviy asarlari-
dan olib, Arastu “Poetika” sida qo‘yilgan talablarga rioya qilgan hol-
da yaratgan edi. Xuddi shu narsa, antik adabiyotni etalon deb bilish,
undagi obrazlar va poetik shakllardan foydalanib va antik davrda
ishlab chiqilgan qoidalarga amal qilgan holda
ijod qilish talabi klas-
127
sitsizmning asosiy xususiyatlaridan biri sanaladi.
21
Dostları ilə paylaş: