129
3) harakat (yagona syujet yo‘li) birligi.
Klassitsizm antik adabiyotga taqlid qilish asosida kelib chiqqan
yo‘nalish hisoblanadi. “Gumanistlar qadimgi grek va Rim madani-
yatini o‘rganish va uning ilg‘or g‘oyalarini targ‘ib etishda jiddiy ish
qildilar. Biroq ularning antik san’at haqidagi nazariyalarida bir qa-
tor nuqsonlar mavjud edi. Bunga sabab o‘rta asrlar adabiyotidagi
milliy xususiyatlarni e’tiborga olmaslikdir. Shuning uchun klass-
itsizm Fransiyadan boshqa mamlakatlarda o‘z rivoji uchun zamin
topolmadi”
22
.
Klassitsist yozuvchilar Rim va grek san’atining yuqori bosq-
ichiga ko‘tarilgan davrda yaratilgan asarlariga ergashib, o‘sha davr
adabiyotining namunalari va qoidalarini o‘zgarmas, hamma davr
uchun bir xilda xizmat qiluvchi va o‘rnak bo‘luvchi ijoddan iborat,
deb ulug‘lab, ularning nazariy qarashlari va amaliy yutuqlarini qa-
bul qildilar. Biroq, mavhum g‘oyalarni ideallashtirish, davrning real
hayotidan uzoqlashib, xalq turmushidan ajralib qolish, janrlarni qat-
tiq logik qonunlarga bo‘ysundirish klassitsizm adabiyotini cheklab
qo‘ygan edi.
Dostları ilə paylaş: