133
XVII
asrning birinchi
yarmida
Fransiyada feodal
o‘zboshimchaliklarni tugatish, yagona milliy davlat-mutlaq hokimi-
yatni mustahkamlash uchun kurash avj olgan bir vaqtda Kornel o‘z
ijodida feodal tartiblarning yemirilishi muqarrarligi va markazlash-
gan kuchli davlat barpo etish zarurligini aks ettiradi. Jumladan, “Sid”
tragediyasida qonga qon degan eski urf-odat o‘rniga vatan oldidagi
fuqarolik burchini bajarishni asosiy vazifa qilib qo‘yadi. Haqiqiy
xalq qahramoni Rodrigo “oddiy kishilarning umidi va tayanchi” sifa-
tida o‘z vatanini dushman hujumidan saqlab qoladi.
Kornel klassitsizmning uch birlik qonuniga amal qilsa-da, unga
yuzaki holda bo‘ysunadi. «Sid»da vaqt birligi, makon birligi bir
oz buziladi. Rodrigo Ximena bilan otasini o‘limidan so‘ng saroyda
emas, qizning uyida uchrashadi.
Kornel qahramonlari nafaqat jang maydonida, balki o‘z hislari bi-
lan kurashda ham g‘alaba qozonuvchi irodali kishilardir.
Napoleon Kornel ijodini juda qadrlagan: «Kornel hozir yashagan-
da, men uni shahzodaga aylantirardim» degan edi.
Dostları ilə paylaş: