152
“Zamonaviy nemis teatri haqida” (1782), “Teatr ma’naviy muassasa
sifatida” kabi nazariy asarlarida erkinlik va go‘zallik tushunchalari
orasidagi o‘zaro munosabatlar masalasini hal qilar ekan, Shiller
inson kamoloti va jamiyatini qayta qurishda estetik tarbiyaning,
go‘zallikning roliga muhim ahamiyat beradi. Adib tarix, qadimgi
yunon san’ati bilan shug‘ullanib, odamlarni go‘zallik g‘oyasi bilan
tarbiyalash mumkin, degan nazariy xulosaga keladi. U antik dun-
yo san’atida o‘z ideallarini ko‘radi. Shiller 46 yoshida, ayni ijodiy
kuchga to‘lgan bir pallada vafot etadi.
Dostları ilə paylaş: