166
Nemis romantizmi tarixini 3 ta davrga bo‘lish mumkin:
1) 1795–1805-yillar – Yen romantiklari F.Shlegel, Novalis,
Tiklar davri;
2) 1806–1815-yillar – Geydelberg romantiklari K.Breyntano,
A.Arnimlar nemis folklorini yig‘ishga katta e’tibor berdi. Bu vaqtda
aka-uka Grimmlar ham ana shular to‘garagida edi.
3) 1815–1848-yillar – Napaleon inqirozidan so‘ng roman-
tiklarning harakat markazi Berlingga ko‘chdi.
Bu yerda Gofman, Shamisso, Hyeyne (ilk ijodi) va Byuxerlar
ijod qildi.
Nemis romantiklarining katta ishlaridan biri – xalq og‘zaki ijodi-
ni o‘rganishlari bo‘ldi. Yakob (1785–1863) va Vilgelm (1786–1859)
Grimmlar folklorning estetik qimmatini yuksak qadrlaganlardan
edi: Ularning tarix, til tarixi, huquq va mifologiya bo‘yicha bir qan-
cha ilmiy maqolalari mavjud. Ammo ularga xalqdan yozib olingan
3 tomli va 200 ta ertakdan iborat «Bolalar va xonadon ertaklari»
(1812–1822) katta shuhrat keltirdi. Ular ertaklarni butun Germaniya
bo‘ylab yurib turli toifa odamlardan yozib oladilar.
Ertaklarni 3 guruhga bo‘lish mumkin: sehrli, hayvonlar haqidagi
(Bo‘ri va yetti echkicha», «Bremen muzikantlari») va maishiy er-
taklar.
Barcha ertaklarda mehnatni sevuvchi, dono, sabr-toqatli qahra-
monlar doimo g‘alaba qozonadilar.
A.S.Pushkin «Oltin baliq va baliqcha haqida»gi ertagida «Kam-
bala baliq haqidagi ertak» epizodidan foydalangan.
Dostları ilə paylaş: