O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

Fransuz realizm adabiyoti
 Fransuz realizmining shakllanishi mamlakatdagi muhim siyosiy 
voqealar bilan chambarchas bog‘liq. Ayniqsa, 1830-yilning iyul oy-
ida sodir bo‘lgan inqilob, 1831–34-yillardagi qo‘zg‘alonning ta’siri 


187
katta bo‘ldi. Chunki bu tarixiy voqealar Fransiyaning siyosiy hayo-
tidagi ulkan burilishlarga turtki bo‘lib, qirol Lui Filipp monarxiya-
sini inqiroz holatga olib keldi. 
1830–31-yillarda matbuotning nufuzi beqiyos darajada oshdiki, 
gazetalarda professional jurnalistlardan tortib talaba, etikdo‘zgacha 
o‘z maqolalari bilan ishtirok etdilar. 
Fransuz  adabiyotida  tanqidiy  realizm  F.Stendalning  “Qizil  va 
qora” va “Parma ibodatxonasi” romanlari, Balzakning “Gorio ota”, 
“Gobsek”, “Yevgeniya Grande” asarlari, P.Merime novellalaridagi 
real voqelikka tanqidiy munosabatida ifodalanadi. Fransuz adabiy-
otida realizmning hukmronlik davrini ikki bosqichga bo‘lish mum-
kin:  1)  Realizmning  paydo  bo‘lishi  va  tan  olinishi  (20-yillarning 
oxiri va 40-yillar) Beranje, Merime, Stendal, Balzak. 2) XIX asrn-
ing 50–70-yillar realizmi (1848-yildan keyingi adabiyot), Stendal va 
Balzak  realizmining  merosxo‘ri  va  E.Zolya  “naturalistik  realizm” 
maktabining  o‘tmishdoshi  G.Flober  nomi  bilan  bog‘liq.  Fransuz 
realizmining gullab-yashnagan davri 30–40-yillarga to‘g‘ri keladi, 
ayni shu yillarda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan yozuvchilar o‘zlarining 
salmoqli asarlarini yaratdilar. Yozuvchining jamiyatdagi o‘rni haq-
ida O.Balzak “Insoniyat komediyasi”da “Fransuz jamiyati o‘ziga-
o‘zi tarixchidir. Men esa uning tarixini tasvirlovchi oddiy kotib-
man”,  –  deb  yozgan  edi.  Ta’kidlash  joizki,  XIX  asrning  ikkinchi 
yarmigacha “romantizm” va “realizm” terminlari o‘rtasida ajralish 
bo‘lmagan,  realistlar  –  romantiklar  deb  atalgan.  Faqat  Stendal  va 
Balzakning o‘limidan keyin 1857-yili Shanfleri hamda Dyurantilar 
maxsus deklaratsiyalarida “realizm” terminini taklif qildilar.
Fransuz realizmining tarixi Beranjening qo‘shiqqa oid ijodi bi-
lan boshlanadi va bu tamoman tabiiy hamda ob’ektiv qonuniyatlar-
ga asoslangan. Chunki, adabiyotning kichik janri bo‘lgan qo‘shiq, 
o‘z zamonining barcha diqqatga sazovor hodisalariga o‘z vaqtida 
va shiddatli javob qaytaradi. Realizmning shakllanish davrida u bi-
rinchilikni ijtimoiy romanga bo‘shatadi. O‘ziga xos xususiyatlarga 
ega bo‘lgan aynan shu janr, yozuvchiga voqelikni keng tasvirlash 


188
va chuqur tahlil qilish uchun katta imkoniyatlarni yaratgani uchun, 
Stendal va Balzak o‘zlarining asosiy ijodiy vazifasi – o‘z ijodlarida 
Fransiyaning tirik siymosini to‘laqonli aks ettira oldilar. Bu davrda 
novella janrining tengsiz namoyandasi P.Merimening hikoyalari ro-
mandan keyingi o‘rinni egalladi. 
Adabiy  taxallusi Stendal bo‘lgan Anri  Mari  Beyl(1783–1842)
ning  ijodi  nafaqat  fransuz,  balki,  Ovrupa  adabiyotida  ham  yangi 
davrni boshlab berdi. 1820-yillarning birinchi yarmida aynan Sten-
dal realizmni shakllantirishga asos bo‘lgan muhim qoidalarni naz-
ariy jihatdan ishlab chiqdi va tez orada o‘zining ajoyib badiiy dur-
donalarida hayotga tatbiq qildi. Bo‘lajak adib Fransiyaning janubida 
joylashgan Grenobl shahrida advokat oilasida tug‘ildi. Uning tarbi-
yasiga bobosi Anri Ganonning ta’siri samarali bo‘ldi, u o‘z davrining 
ma’lumotli kishisi bo‘lib, nevarasini kitob o‘qishga qiziqtira oldi. 
1800-yili 17 yoshli Stendal Napoleon qo‘shinlari safiga kirdi va bir 
qancha harbiy yurishlarda ishtirok etdi. Napoleon qulashi va Bur-
bonlar qaytgandan so‘ng, u Italiyaga ketishga majbur bo‘ldi. Sten-
dal 1799-yili Grenobl Markaziy maktabini muvaffaqiyatli tamoml-
agach, Parijdagi nafis san’at maktabiga o‘qishga kirdi va shu yerda 
o‘zining ilk asarlaridan biri “Selmur” komediyasini yozdi. 1800-yil-
ning boshlarida u harbiy xizmatga kirib, Napoleon armiyasi bilan 
Italiyaga boradi, keyingi yili iste’foga chiqib, “Moler kabi shon-
shuhratga erishish uchun” Parijga qaytadi. Asosan, poytaxtda o‘tgan 
1802–1805-yillar bo‘lajak yozuvchi dunyoqarashininng kengayishi 
va estetik qarashlarining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etgan 
“ta’lim olish” yillari bo‘ldi. Uning bu yillarda yuritgan kundaliklari, 
yozishmalari va dramatik tajribalari – qizg‘in aqliy, ma’naviy hayo-
tidan dalolat beradi. 1806-yili Stendal yana harbiy xizmatga qaytadi 
va  bu  safar  uning  xizmati  sakkiz  yil  davom  etadi.  Bu  yillar  unga 
boy hayotiy tajriba to‘plash imkonini bergan yangi davrni boshlab 
berdi. Kitoblardan olingan bilimlari real voqelikda tekshirildi va an-
iqlashtirildi. 1805-yildan Napoleon to‘xtovsiz urushlar olib boradi 
va Stendal harbiy harakatlarda qatnashadi. Ayni shu shaxsiy tajriba 


189
keyinchalik “Parma ibodatxonasi” romanida tasvirlangan, Balzak va 
L.Tolstoylarni hayratlantirgan Vaterloo yaqinidagi jang tasviri sah-
nasini yaratishda qo‘l keldi.
1814-yili Stendal Italiyaga ketadi va u yerda yetti yil yashaydi. 
1815-yili uning ilk kitoblari “Gaydn, Motsart va Metastaziolarning 
tarjimai holi” (Lui-Aleksandr-Sezar Bombe taxallusi bilan), “Italiya 
tasviriy san’ati tarixi” (1817) (M.B.A.A. taxallusi ostida), “Rim, Ne-
apol va Florensiya” ocherklari (1817) (Kavaleriya zobiti baron de 
Stendal taxallusi ostida) nashrdan chiqdi.
1820-yillarda u Parijga qaytib kelib, “Rossinining hayoti” (1823), 
“Rim,  Neapol  va  Florensiya”  (1826,  yangi  nashri),  “Rim  bo‘ylab 
sayr”  (1829)  kitoblarini  chiqardi,  ingliz  matbuotida  Fransiyaning 
hayoti haqida ko‘plab maqolalar e’lon qildi. 20-yillarning ikkinchi 
yarmida yozuvchining badiiy dasturiga aylangan “Rasin va Shek-
spir” adabiy risolasi ikki marta (1823; 1825) nashr ettirildi. Bunda 
ikki buyuk tragik shoir ijodi batafsil tahlil qilinib, san’atkor jamiyat-
ni o‘z ortidan ergashtira olsagina, o‘z vazifasini uddalagan bo‘ladi, 
deb xulosalanadi. Risola o‘z ma’nosiga ko‘ra realizm manifesti hi-
soblansa ham, Stendal o‘zini romantik deb hisoblagan. «Romantizm 
san’atning barcha turlarida ham – qahramonlik davri odamlarini (bi-
zdan yiroq bo‘lgan va balki butunlay bo‘lmagan) tasvirlash emas, 
balki zamonamiz kishilarini tasvirlashdir» – deyiladi risolada.
Stendalning ilk romani “Armans” (1827) bo‘lib, asarda markiza 
de Bonnivening kambag‘al jiyani rus qizi Armans Zoilova va boy 
zodagonlar farzandi bo‘lgan Oktav de Maliverlarning fojiaviy sev-
gisi haqida hikoya qilinadi. 
Yozuvchi 20-yillarda «Vanina Vanini» novellasini yozadi. Bunda 
italyan karbonariylarining inqilobiy harakatlari tarixidan bir lavha 
berilgan. Asar qahramoni – maxfiy tashkilotning rahbari yosh kar-
bonar  Petro  Missirilli.  Kunlarning  birida  politsiya  ta’qibidan  qo-
chib, zodagon qiz Vanina Vanini xonadoniga yashirinadi. Ikki yosh 
bir-birini sevib qoladi va qiz yigitni inqilobiy faoliyatdan ajratish, 
uni  tamomila  o‘ziga  qaratib  olish  maqsadida  maxfiy  tashkilot 


190
a’zolarini  politsiyaga  ma’lum  qiladi.  Bundan  xabar  topgan  Petro 
qizni la’natlaydi, chunki u o‘z shaxsiy baxtini xalq ozodligidan us-
tun qo‘ya olmaydi.
1830-yili  adibning  “Qizil  va  qora”  romani  yozildi.  Romandagi 
qizil sifati “erkinlik”, “respublika” tushunchalarini anglatsa, “qora” 
reaksion  kuchlarni  anglatadi.  Roman  syujeti  1827-yil  gazetada 
bosilgan  sud  xronikasidan  olingan. Antuan  Berto  ismli  yigit  o‘zi 
o‘qituvchilik qilgan xonadon bekasi Mishu xonimga suiqasd qilgan 
va buning uchun o‘lim jazosiga hukm etilgan.
Romandagi  qahramon  biografiyasi  zinasimon  harakat  sifa-
tida tasvirlangan. Qahramon tarixi uning otasi – kambag‘al durad-
gor xonadonidan boshlanadi. Bilimli va iqtidorli Sorelni jismoniy 
mehnatga unchalik uquvi yo‘q. Shuning uchun unga otasi va akalari 
tekinxo‘r sifatida qarashadi. Keyingi bosqich – Verper shahri meri 
janob de Renal turmush o‘rtog‘i Luizaga muhabbati bu xonadonni 
tark etishga majbur qiladi. 
Keyingi qadam – Bezanson seminariyasi. Sxolostik bilim berish 
usuli, har qadamda talabalarni ta’qib ostiga olish, ular ketidan josu-
slik qilish kabi seminariya tartiblari qahramonni qanoatlantirmaydi.
Nihoyat,  Jyulen  Parijda  yirik  zodagon  markaz  de  Lya  Mol  sa-
royiga kotib va kutubxonachi bo‘lib ishga kiradi. Qobiliyatli yigit 
tez orada ko‘zga tashlanib qoladi. Markizning qizi Matilda uni se-
vib qolgach, qizning otasi yigitni avvalgi ish joyidan tavsifnoma 
so‘raydi. Renal xonim katolik ruhoniysining tazyiqi ostida Sorelga 
salbiy tavsifnoma yozishga majbur bo‘dladi. Bundan g‘azablangan 
Sorel Renal xonimga o‘q uzadi. Keyin esa qamoq va o‘lim jazosi.
Romanning ikkinchi sarlavhasi “XIX asr yilnomasi” deb nom-
lanadi.  Agar  yozuvchi  “Armans”  romanida  oqsuyaklar  jamiyati-
dan faqatgina bir lavhani ko‘rsatgan bo‘lsa, “Qizil va qora”da teatr 
maydoni bo‘lib butun Fransiya, uning asosiy ijtimoiy kuchlari xiz-
mat qiladi: saroy amaldorlari(de La Molning dang‘illama hovlisi), 
provinsiya  dvoryanlari(de  Renalning  uyi),  ruhoniylarning  yuqori 
va  o‘rta  qatlami(yepiskop  Agdskiy,  Bezanson  diniy  seminariyas-


191
ining  ruhoniylari,  abbat  Shelan),  burjua  vakillari(Valno),  mayda 
tadbirkorlar(qahramonning  do‘sti  Fuke)  va  dehqonlar(Sorellar  xo-
nadoni). Bu kuchlarning o‘zaro aloqalarini o‘rganar ekan, Stendal 
Fransiya  ijtimoiy  hayotining  hayratlanarli  darajada  aniq  manzara-
sini yaratadi. Stendalning shoh asari rasmiy tanqidchilik tomonidan 
e’tirof etilmadi. San’at olamida faqatgina uch kishi Gete, Balzak va 
Pushkin asarga munosib baho berdilar. 
Shundan  so‘ng  yozuvchi  Italiyaning  Chivita-Vekkiya  shahriga 
konsul etib tayinlandi va umrining oxirigacha shu yerda yashab 
qoldi, faqat “ikki yoki uch kub yangi g‘oyalardan nafas olish uc-
hun” Rim yoki Parijga borib turdi. 30-yillarning birinchi yarmida 
u  o‘limidan  keyin  chop  etilgan  avtobiogafik  xarakterdagi  “Xud-
binning  xotiralari”  va  “Anri  Bryularning  hayoti”  asarlari,  “Lyu-
sen  Leven”(ikkinchi  nomi  “Qizil  va  oq”)  romani  ustida  ishladi. 
1836–1839-yillarni  u  uzoq  muddatli  xizmat  ta’tili  olishga  erishib, 
vatani Fransiyada o‘tkazadi. Bu davrda uning to‘rtta qissasi “Vittori-
ya Akkoramboni”, “Gersoginya di Palliano”, “Chenchi”, “Kastrolik 
abbatisa” bosmadan chiqdi. Ushbu asarlarning barchasi arxivlar-
dan topilib, badiiy ishlov berilgan eski qo‘lyozmalar bo‘lib, ularda 
Uyg‘onish davrida real sodir bo‘lgan qonli va fojeaviy voqealar tas-
virlangan. Ular “Vanina Vanini” bilan birgalikda Stendalning mash-
hur “Italyan yilnomalari” siklini tashkil qiladi. 
Rim papasi Pavel III Farnezening sharmandali sevgi mojarolari 
haqidagi qadimgi qo‘lyozmalardan birining mazmuni, Stendaln-
ing yana bir shoh asari “Parma ibodatxonasi”(1839) romani uchun 
manba  bo‘lib  xizmat  qildi.  Asar  hayratda  qolarli  darajada  qisqa 
muddatda – atigi 53 kunda yozilgan. Bunda muallif nihoyat Italiya 
mavzusini – ehtiroslar, insoniy faollik, o‘z manfaatlaridan voz kyye-
chish  mavzusini  to‘laqonli  amalga  oshirdi.  “Parma  ibodatxonasi” 
juda keng ekspozitsiyadan boshlanadi. Roman voqealari 1796-yilda 
bo‘lib o‘tadi va unda Bonapartning armiyasi avstriyaliklarning Lom-
bardiyasiga olib kelgan tarixiy o‘zgarishlar haqida hikoya qilinadi. 
Shundan keyin Italiyaning shimoliy qismidagi konsullik va Imperiya 


192
davridagi voqealar, yosh Fabritsio del Dongo ishtirok etgan Vater-
loo jangigacha tasvirlanadi. Aynan shu boblar haqida E.Xeminguey: 
“Stendal urushni ko‘rdi, va Napoleon uni yozishga o‘rgatdi. U o‘sha 
paytda ko‘plarni o‘qitdi, biroq boshqa hech kim o‘rgana olmadi”, – 
deb yozgan edi. 
O‘zining  so‘nggi  romani  “Lamel”ni  tugatishga  ulgurmagan 
Stendal 1842-yilning 22-martida apopleksiya oqibatida vafot etdi. 
Kunlardan birida Stendal g‘amgin istehzo bilan: “Men asosiy yutuq, 
asarlarimni  1935-yili  o‘qishlari  bo‘lgan,  lotareeya  bileti  olaman”, 
– deb ta’kidlagan edi. Darhaqiqat, unga yutuqli bilet nasib qilgan 
ekan, hozirda Stendal jahon adabiyotining eng ko‘p o‘qiladigan yo-
zuvchilari qatoridan joy olgan. 

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin