O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

Onore de Balzak ijodi  (1799–1850)  XIX  asr  Ovrupa  real-
izm  adabiyoti  rivojlanishining  cho‘qqisi  hisoblanadi.  Buyuk  adib 
1820–1840-yillar  Fransiyasining  adabiy  tarixini  yaratib,  uni  “In-
soniyat  komediyasi”  deb  nomladi.  Roman-epopeyaning  muallifi 
Ovrupalik deyarli barcha buyuk ijodkorlar – Rable va Shekspirdan 
tortib V.Skottgacha, fransuz romantiklaridan Stendalgacha o‘rgandi. 
Faqat badiiy va ilmiy tafakkurning turli-tuman tajribasini chuqur va 
uzviy  bog‘lab  o‘zlashtirish  natijasida  Balzakning  betakror  dahosi 
shakllandi. 
Onore  de  Balzak  1799-yilning  20-may  kuni  Tur  shahrida 
tug‘ilgan. Ota-onasining xohishiga ko‘ra huquq fakultetini tugata-
di. U o‘z otasidan yozuvchi bo‘lishga qiziqishi orzu emasligini is-
botlash uchun 2 yillik muhlat so‘raydi. Birinchi she’riy tragediyasi 
“Kromvel” muvaffaqiyatsiz chiqadi.
Balzak nomini yozuvchi sifatida tanitgan asar – “Shuanlar” ro-
mani  (1829)  hisoblanadi.  Shundan  so‘ng  “Gobsek”,  “Sag‘ri  teri 
tilsimi”, “Polkovnik Shaber”, “Yevgeniya Grande”, “Gorio ota” va 
boshqa asarlari bosilib chiqdi. Dantening “Ilohiy komediya”sidan 
ruhlanib, o‘z asarlarini “Insoniyat komediyasi” degan umumiy nom 
ostiga birlashtirib, 3 qismga bo‘ladi.


193
1.  “Xulqlar haqida etyudlar”.
2.  “Falsafiy etyudlar”.
3.  “Tahliliy etyudlar”.
Balzakning rejasiga ko‘ra birinchi qism 6 ta bo‘limga (“Pravin-
siya  hayoti  sahnalari”,  “Siyosiy  hayot  sahnalari”,  “Parij  hayoti 
sahnalari”, “Qishloq hayoti sahnalari”, “Shaxsiy hayot sahnalari”, 
“Gorio ota”, “Gobsek”, “Polkovnik Shaber” va b.) birlashtirilib, 111 
asardan iborat bo‘lishi kerak edi – aslida 72 tasi yozilgan.
Ikkinchi qism (bo‘limlarga bo‘linmaydi) tarkibiga 27 ta roman 
kiritilishi kerak bo‘lgan bo‘lsa, shulardan 22 tasi yozilgan. 
Uchinchi qismga 5 ta asar kiritilishi kerak edi, shulardan 2 tasi 
(«Nikoh  fiziologiyasi»,  «Oilaviy  hayot  noxushliklari»)  yozilgan. 
Jami rejadagi 143 ta asardan 96 tasi yozilgan bo‘lib, ularda 2 ming-
dan ortiq personaj qatnashadi.
Birinchi  qism  barcha  tabaqalarning  hayoti  va  axloqi  haqida 
tasavvurni gavdalantirishi, ikkinchi qismga muallif dunyoqarashi va 
estetik qarashlarini ochib bergan asarlar kiritilishi kerak edi. Ular 
orasida  “Sag‘ri  teri  tilsimi”(1831)  romani  alohida  e’tiborga  loyiq. 
Muallif insonning hayotiy nuqtai nazarini belgilovchi uchta asosiy 
sabablarni ko‘rsatib o‘tadi – istamoq, bajara olmoq va bilmoq. Yozu-
vchining ta’kidlashicha, “istamoq” va “ bajara olmoq” odamni yondi-
radi va yemiradi, faqat “bilmoq” behuda vaqt sarflashning oldini oladi. 
“Gobsek” (1830) qissasining bosh qahramoni millioner-sudxo‘r, 
yangi Fransiyaning hukmdorlaridan biri Gobsek “puling qancha ko‘p 
bo‘lsa, sen shuncha qudratli bo‘lasan”, degan falsafani o‘zlashtirib 
olib, yoshligidan oltin, pul to‘playdi. Pul jamiyat hayotining asosiy 
kuchi bo‘lgan davrda u ishbilarmonlar, ministrlar, yozuvchi-yu, 
san’atkorlarni o‘z qo‘liga qaram qilib olgan. Ana shu odamlar hayoti, 
taqdiri uning qo‘lida, u o‘z shartlarini qo‘yadi. Uning na qarindosh-
urug‘lari va na do‘stlari bor. Tilladan boshqa narsani tan olmaydigan 
bu chol: “Bordi-yu qirol mendan qarz bo‘lganda va qarzini mudda-
tida to‘lolmaganda, men uni boshqa qarzdorlardan oldinroq sudga 
berardim”, – deydi. Realistik asosga romantik elementlarni qo‘shib 


194
yuborish yozuvchi uslubiga xos. Gobsek irodasi kuchli, favqulodda 
va shu bilan birga ziddiyatli shaxs “Unda ikkita maxluq yashaydi: 
o‘taketgan ziqna va faylasuf, qabih maxluq va oliyjanoblik”, – deydi 
u haqida advokat Dervil. 
“Gorio ota” qissasi qahramoni haqida: “Gorio ota – ajoyib odam 
– oilaviy pansion – 600 frank renta – har biri 50 ming frank rentasi 
bo‘lgan qizlari uchun bor-budini sarflaydi – itday xor bo‘lib o‘ladi”, 
deb yozilgan edi yozuvchining kundaligida. Ko‘rib turganimizdek, 
asarning xomaki rejasida faqat bitta qahramonning taqdiri haqida 
hikoya qilinishi kerak edi. Biroq asar yozishga 1834-yilning oxir-
larida kirishgan Balzak, Gorioning tarixini ko‘plab qo‘shimcha syu-
jet  chiziqlari  bilan  “o‘raydi”.  Ular  orasida  birinchi  bo‘lib  Parijda 
o‘qiyotgan talaba Ejen Rastinyakning syujet chizig‘i paydo bo‘ladi. 
Aynan u Gorio otaning hayoti va so‘nggi kunlari haqida so‘zlab be-
radi. 
1833-yili Balzak ijodida yangi bosqichni boshlab bergan “Yev-
geniya  Grande”  romani  nashrdan  chiqdi.  Asar  voqealari  poy-
taxtdan olisda joylashgan Somyur shahrida bo‘lib o‘tadi. Roman 
personajlari  o‘z  kundalik  tashvishlari,  mayda-chuyda  mojarolar, 
g‘iybatlarga o‘ralashib qolgan, pul ketidan quvgan, o‘z huzur-halo-
vatini o‘ylaydigan somyurlik kishilar. Nafs balosi ularning hayotiga 
singib  ketgan.  Shahardagi  ikki  taniqli  oila  vakillari  –  Kryusho  va 
Grassenlar, boy-badavlat Grandening qizi Yevgeniyani o‘zlariga ke-
lin qilib olish uchun raqobatlashadi. Asarning bosh qahramoni Yev-
geniyaning otasi Feliks Grande ko‘p jihatlari bilan Gobsekka yaqin 
turadi. U ham Gobsek kabi favqulodda, “nodir shaxs”. Lekin uning 
nodirligi Somyur aholisi doirasi bilan chegaralanadi, ya’ni Grande 
ulardan aqlliroq, ayyorroq, chaqqonroq, ustomonroq bo‘lgani uchun 
omad  ham  unga  doimiy  hamroh.  Biroq  uning  aqli  pragmatizmga 
asoslangan, amaliyotchilik bilan cheklangan, unga Gobsekning keng 
va chuqur falsafiy mushohadasi, olam, hayot va odam haqida fikr 
yuritganda zakovat yetishmaydi. Agar Gobsekda boylikka sajda qil-
ish falsafiy konsepsiya darajasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, Grande pulni 


195
pul bo‘lgani uchun yaxshi ko‘radi. Boylik orttirishga o‘chlik Feliks 
Grandeda mavjud bo‘lgan insoniy his tuyg‘ularni ham o‘ldiradi va 
aynitadi. U hatto akasining o‘limiga mutlaqo befarq qaraydi. 
Yetim qolgan jiyaninnig taqdiriga achinmaydi va ortiqcha 
sig‘indidan tezroq qutulish uchun Hindistonga jo‘natib yuboradi. Bu 
qurumsoq xotini va qizining shifokorga berishi kerak bo‘lgan pulni 
ham qizg‘anadi. U bemor, o‘lim to‘shagida yotgan xotiniga muno-
sabatini faqat, qizi uning qonuniy merosxo‘ri bo‘lishini bilgandan 
keyingina  o‘zgartiradi.  Grande,  kelajakda  to‘plangan  boyliklar-
ining saqlovchisi bo‘lishi kerak bo‘lgan, qizigagina mehribonlik 
ko‘rsatadi. U o‘limidan oldin qiziga: “Oltinlarni ehtiyot qilib saqla, 
asra! Sen u dunyoda menga javob berasan”, – deydi. Feliks Gran-
dening boylikka ruju qo‘yishining kasriga oila a’zolari qoladi: xo-
tini bevaqt vafot etadi, qizi o‘zi sevgan yigitga turmushga chiqmay 
baxtsiz bo‘ladi, Hindistonga jo‘natib yuborilgan jiyani Sharl Grande 
katta boylik to‘plab, ochko‘z va shafqatsiz korchalonga aylanadi. 
“Insoniyat komediyasi” ijodkorining kuchli organizmi nihoyat-
da zo‘r mehnatga dosh bera olmadi. Balzak tom ma’noda mehnat-
da yonib ketdi va ellik yoshida vafot etdi, biroq undan “Insoniyat 
komediyasi”dek buyuk asar meros bo‘lib qoldi.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin