O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

Charlz Dikkens (1812–1870) Angliya janubida dengiz xizmatchi-
si oilasida tug‘ildi. Yoshligida boshidan juda katta qiyinchiliklarni 
o‘tkazdi, yaxshi bilim ola olmadi. O‘zining mashaqqatlarga to‘la yo-
shligini keyinchalik yozgan «David Kopperfild» va «Mitti Dorrit» 
romanlarida hikoya qilib bergan.
Dikkensning  dunyoqarashi  va  estetik  qarashlari  XIX  asrning 
30-yillarda shakllandi. U chartistlar harakati tarafdori bo‘lmasada, 
ijodida ishchilar sinfi va ezilgan xalq holatiga achinish kayfiyatini 
kuzatish mumkin. 
Charlz Dikkens jahon adabiyotiga yumor va satiraning ajoyib 
ustasi sifatida kirgan.
Uning ijodini 4 ta davrga bo‘lish mumkin:
1) 1883–41-yillarda – asosan yumoristik asarlarini yaratdi: “Biz 
ocherklari” “Pikvik” klubining maktublari”, “Oliver Tvist”;
2) “Dombi va o‘g‘li”, “Martin Uezlvit”; 
3) 1849–59-yillar – hajviy asarlar yaratdi: “Devid Kopperfild”, 
“Sovuq uy”, ”Mudhish zamonlar”, “Mitti Dorrit”;


204
4) 1860–70-yillar Dikkens qarashlarida umidsizlik kayfiyati us-
tunlik qilgan. “Ikki shahar haqida qissa”, “Katta umidlar”, “Bizning 
umumiy do‘stimiz”.
Birinchi  chop  etilgan  asari  “Biz  ocherklari”(  1836)  hikoya  va 
ocherklar to‘plamida muxbir bo‘lib ishlagan davridagi asarlari jam-
langan.  Ularda  London  va  uning  aholisi  hayotining  turli  jihatlari 
ochib berilgan.
1836–37-yillarda  yozilgan  birinchi  romani  “Pikvik  klubining 
maktublari” asari chop etilgach, yozuvchi juda mashhur bo‘lib ket-
adi. 
40-yillar ijodining eng yaxshi asari «Dombi va o‘g‘li» (1848) ro-
mani bo‘lib, asar markazida yirik kapitalist savdogar Dombi turadi. 
U o‘z korxonasining boyishi, rivojlanishidan bo‘lak hech narsani tan 
olmaydi. O‘g‘li tug‘ilganda farzand ko‘rgani uchun emas, balki ko-
rxona ishlarini davom ettiruvchi merosxo‘r tug‘ilganidan quvonadi. 
O‘g‘li  6  yoshda  vafot  etadi.  Birinchi  xotini  o‘lgach,  u  Edit  ismli 
ayolga uylanadi. Dombining odamlar bilan aloqasi savdo-sotiq mu-
nosabatlarini eslatadi (o‘ziga xotin sotib oladi. Editga uyni bezab tu-
ruvchi buyum sifatida qaraydi). Edit ish boshqaruvchi Karker bilan 
korxona pullarini o‘g‘irlab qochadi. Shundan so‘ng u qizi Florensini 
ham uyidan haydab chiqaradi. Qiz kambag‘al yigit Uolterga tur-
mushga chiqadi. Bularning barchasi Dombi oilasining inqirozga yuz 
tutishiga olib keladi. Asar oxirida Dombi o‘zgarib, kuyovi, qizi bilan 
gaplashadigan, nabirasi Polni sevuvchi kishi sifatida tasvirlangan. 
Charlz Dikkensning asarlari ingliz jamiyatining barcha tabaqa-
larida birdek sevib o‘qilgani bejiz emas. Chunki yozuvchi barchaga 
yaxshi tanish bo‘lgan narsalar: maishiy turmush, janjalkash xotin-
lar, qimorbozlar va qarzdorlar, yosh bolalarga zulm qiluvchilar, o‘z 
to‘rlariga go‘l erkaklarni ilashtiruvchi ayyor va uddaburon tul xotin-
lar haqida yozdi.
50-yilarda Dikkensning ta’lim sohasi va kambag‘allarga yordam 
berish tizimidagi islohotlar bilan bog‘liq ijtimoiy qarashlari shak-
llandi. Do‘stlariga yozgan maktublarida u kambag‘allar uchun yak-


205
shanba maktablari ochishga erishmoqchiligi haqida yozdi, ularni 
ochilishini o‘zi nazorat qildi va Bulver-Litton bilan birgalikda yosh 
yozuvchilarga yordam berdi. Bu davrda u o‘zining eng yaxshi, o‘ziga 
xos trilogiyani tashkil qilgan – “Sovuq uy”, “Mudhish zamonlar”, 
“Mitti Dorrit” ijtimoiy romanlarini chop ettirdi. 
Dikkens tirikligidayoq shuhrat cho‘qqisiga ko‘tarildi. Yozuvchi 
Engus Uilson u haqida: “Dikkensning abadiy merosi – romanlarin-
ing hayotbaxsh va betakror dunyosi bo‘lib, u Dostoevskiy va Dode, 
Gissing va Shou, Prust va Kafka kabi bir-biriga o‘xshamas yozu-
vchilarga ilhom baxsh etgan”, – degan edi. 
Charlz Dikkensning qahramonlari na fabulasi va na muallifning 
niyat-maqsadlariga bo‘ysunmagan holda, o‘zlarining mustaqil hay-
oti bilan yashaydi. Ular tarixan ham aniq – ularda davrning milliy 
va o‘ziga xos xususiyatlari aks etgan. Shu bilan birga ular mangu 
yosh, mangu yangi, umuminsoniy, barcha tomondan birdek qabul 
qilingan.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin