211
Isyonkor ruh yo‘qoldi butkul.
Hamma majbur qichqirar bardam:
“Bizga nechuk konstitutsiya?
Bizga kaltak, kerakdir kaltak”.
1844-yili Haynening “Germaniya. Qish ertagi” poemasi yaratildi.
Shoirning o‘zi uni “Siyosiy-romantik” janrda yozilgan deb aytgan.
Asarda Germaniyaning 1848–1849-yillar arafasidagi vaziyati tas-
virlanadi. Shoir ijodining yuqori cho‘qqisi bo‘lgan bu doston Vatan
ozodligi, kelajagi haqida yozilgan. “Germaniya. Qish ertagi” chuqur
umumlashmalar dostoni. Asarning mohiyati ikki majoziy obraz
orqali ochib berilgan: birinchisi – “Jirkanch qush” pruss burguti, eski
jamiyat ramzi bo‘lsa, ikkinchisi, shoirning doimiy hamrohi bo‘lgan
“bolta ko‘targan odam” ya’ni, xalq ramzi. Asar chinakam xalqchillik
ruhida yozilgan. Xalq afsonalari, tarixiy voqealar tavsifi birin-ketin
almashib turadi. Shoir Vatani sarhadlariga qadam qo‘yar ekan, o‘z
ona tilini eshitib ko‘zlaridan o‘t chaqnaydi, xursandchilikdan yuragi
to‘lib-toshadi.
Doston alohida yo‘l manzaralari tasvirlangan boblardan iborat
bo‘lsa ham, g‘oyaviy-badiiy jihatdan butun asar. Barcha fragmentlar
asosiy qahramon – sayyoh-shoirning lirik kechinmalari va tanqidiy
mushohadalari bilan birlashtirilgan. Asarda lirika, epos va publitsis-
tika uzviy bog‘langan, unda uchraydigan ko‘plab tabiat manzaralari
tasviri ijtimoiy-siyosiy ma’noga ega.
H.Hayne uzoq davom etgan kasallikdan keyin 1856-yili Parijda
vafot etdi. Hayne she’riyatining bir qismi o‘zbek tiliga o‘girilgan.
Oybek, Mirtemir, Shukrullo, Xayriddin Saloh, Abdulla Sher kabi
shoirlarimiz o‘zbek kitobxonlarini buyuk nemis shoiri lirikasidan
bahramand qilganlar.
Dostları ilə paylaş: