Impressionizm (fr. Impression – taassurot) – san’atda rassomn-
ing, san’atkorning o‘z sub’ektiv mushohadasi, his-tuyg‘u va taassur-
otlarini aks ettirishga qaratilgan oqim bo‘lib, 1860–1870-yillarda bir
218
guruh rassomlar: K.Mone, E.Mane, E.Dega, K.Pisarro, O.Renuar,
A.Sisleylar ijodida namoyon bo‘ldi. Adabiyotdagi impressionizm –
bu musiqiylik, ishoralar, yarim pardalar, qalqib turgan kayfiyatlar,
mubham imo-ishoralar, noaniq sharpalar poetikasidir. Taniqli rus
shoiri V.Bryusov, impressionizmda o‘ziga xos “hayot yaratish” sodir
bo‘ladi va bu maktabda har bir so‘zning o‘zi ham, so‘z birikmasida
kelganda ham – muayyan taassurot qoldiradi, deb yozgan edi.
Ba’zan simvolizm va impressionizm stilistikasini ajratish qi-
yin. Ular bir-biri bilan botiniy bog‘liq, ba’zida esa ularni ajratib
bo‘lmaydi. V.Gyugo Stefan Mallarmeni impressionist shoir deb ata-
gan. Impressionizmning xususiyatlarini simvolist shoirlar A.Rembo
va P.Verlen, E.Zolya va ayniqsa, G. De Mopassan asarlarida uch-
tarish mumkin. Impressionistik uslub A.Fransning tanqidiy maqo-
lalari uchun xos, bu an’analar keyinroq A.Chexov, I.Bunin, S.Kreyn,
Sh.Anderson, E.Xemingueylarning kichik prozasida kuzatiladi.
Simvolizm adabiy yo‘nalish sifatida XIX asrning 70–80-yillarida
Fransiyada shakllandi. Keyinchalik Belgiya, Germaniya, Avstriya,
Rossiya singari mamlakatlarda ham simvolizm maktablari paydo
bo‘ldi. Simvolizm atamasining paydo bo‘lishi narsa-hodisalarni
konkret nomlanishiga qaratilgan shartli ravishdagi ishorani anglatu-
vchi simvol(ramz) so‘zi bilan belgilanadi.
Simvolistlar ramzni umumlashtirgan realistik yoki romantik
ma’noda emas, balki yozuvchining atrof-olamga bo‘lgan sub’ektiv
munosabatining talqini sifatida tushunadilar. Bu yo‘nalishning Fran-
siyada P.Verlen, A.Rembo, S.Mallarme, Belgiyada M.Meterlink va
E.Verxarn, Germaniyada Xauptman, Avstriyada Rilke va Gofman-
stal singari vakillari bor. Simvolizm negizida Shopengauer, Nitsshe
va Bergsonning idealistik falsafasi yotadi. Simvolistlarning tutgan
yo‘li parnaschilarning g‘oyaviy nuqtai nazaridan kam farqlanadi.
Ularda ham dekadentlarga xos kayfiyat – yolg‘izlik, umidsizlik,
g‘am-g‘ussa, mavhum obrazlar hukmdor. Simvolistlar ifoda qilib
bo‘lmaydigan narsalarni musiqiy ramzlar yordamida ko‘rsatishga
intildilar. Ular narsa, hodisa haqida hikoya qilmaydilar, balki
219
imo-ishora bilan cheklanadilar. Simvolistlar she’rning musiqaviy
bo‘lishiga katta e’tibor qaratishib, bu borada birmuncha yutuqlar-
ga erishdilar. Masalan, shoir Pol Verlen “Kuzgi qo‘shiq” she’rida
mazmunni ochishga emas, balki tovushlarning bir-biriga ohangdosh
bo‘lib kelishiga erishgan. Uning “Poeziya san’ati” she’ri esa sim-
volistlarning adabiy dasturiga aylandi.
Dostları ilə paylaş: |