O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

B.Shou ijtimoiy dramalariBernard Shou (1856–1950) Angliya 
ijtimoiy dramasining otasidir. U Angliya dramaturgiyasi an’analarini, 
Ibsen  va  Chexov  teatri  tajribalarini  davom  ettirgan  holda  XX  asr 
dramaturgiyasida yangi sahifani ochib berdi.
B.Shou  Irlandiya  poytaxti  Dublinda  kichik  xizmatchi  oilasida 
dunyoga  keldi.  1876-yildan  Londonga  keldi.  Hayot  Shou  uchun 
maktab vazifasini o‘tadi. U tinmay mutolaa qilish bilan o‘z bilimini 
kengaytirdi va 70-yillarning oxiri hamda 80-yillarda bir nechta ro-
manlarni yozdi. Ijtimoiy mavzudagi ushbu asarlar badiiy jihatdan 
nomukammalligi  vajidan  shuhrat  qozonmadi  («Nomatlub  nikoh», 
«Artistlar muhabbati», «Keshel Bayronning kasbi» va boshqalar)
Shouga dramatik asarlari katta shuhrat keltirdi. U Ibsen drama-
turgiyasining asosiy mohiyatini targ‘ib qildi. Shouning Ibsen ijodi 
bo‘yicha  o‘qigan  ma’ruzalari  asosida  «Ibsenizmning  kvint-essen-
siyasi»  (1891)  asari  dunyoga  keldi.  Ushbu  kitob  Shou  ijodining 
dasturiga aylandi. «Ibsenizmning kvint-essensiyasi har qanday for-
muladan voz kyyechishdir», deydi dramaturg. Ibsen faqat biznigina 
ko‘rsatib qolmaydi, u bizni, o‘zimizning holatlarimizda namoyon 
etadi. Uning sahna qahramonlaridagi holat bizda ham ro‘y beradi. 
Buning natijasida, Shou pyesalari Shekspir asarlaridan ko‘ra ko‘prok 
ta’sir ko‘rsatadi.
Shouning ingliz teatriga kiritgan novatorligi uning yangi tipdagi 
pyesa-intellektual drama yaratishi bilan xarakterlanadi. Bu tipdagi 
dramada intriga va jiddiy syujet emas, balki keskin munozara asosiy 
rol o‘ynaydi.
Shouning dramatik faoliyati 1891-yilda Londonda rejissyor To-
mas  Greyn  tomonidan  tomoshabinlarni  zamonaviy  dramaturgiya 


220
bilan  tanishtirish  maqsadida  tashkil  etilgan  «Mustaqil  teatr»  bilan 
bog‘liq. Ushbu teatrda Ibsen, Chexov, Gorkiy singari dramaturglarn-
ing mashhur asarlari sahnalashtirildi. B.Shou yaratgan dastlabki py-
esalar «Yoqimsiz pyesalar» nomi bilan ataluvchi turkumni tashkil 
etadi.  Bunga  «Bevaning  hujralari»  (1892),  «Sansolarlik»  (1893), 
«Uorren xonimning kasbi»(1893–94) pyesalari kiradi. Ularda katta 
boylikka ega, tinch hayot kechiruvchi, sirtdan ancha insofli va sa-
lobatli ko‘rinsa ham, aslida boylik to‘plashga hirs qo‘ygan, insoniy 
his-tuyg‘ulardan mahrum kishilarning tipik obrazlari namoyon buladi.
«Uorren xonimning kasbi» pyesasida kambag‘al kishilarning fo-
jiali hayotini ai’anaviy boylikka hirs qo‘ygan mulkdorlarning ish-
larida ochiq ko‘rsatiladi. Uorren sobiq fohisha bo‘lib, ushbu «kasb» 
orqali  anchagina  boyigan  ayol.  U  Ovrupaning  katta  shaharlari  – 
Berlin, Bryussel, Budapeshtda xotin-qizlar saqlanadigan bir qancha 
maxsus  uylarni  boshqaradi.  Uorren  xonim  o‘z  opalarining  qisma-
tini o‘ziga ravo ko‘rmaydi. Opalarining biri 12 soatlab ishlab, oxir-
oqibat, salomatligi yomonlashib hayotdan ko‘z yumgan bo‘lsa, ik-
kinchisi ham kichik chinovnikka turmushga chiqqanligiga qaramay
muhtojlikda yashab vafot etgan edi. 
«Yoqimsiz  pyesalar”da  Shouning  sahna  asarini  o‘qishga 
mo‘ljallangan  pyesaga  aylantirish  tendensiyasi  ko‘zga  tashlana 
boshlaydi. Asarga nafaqat holatni ko‘rsatuvchi, balki qahramonlarga 
xarakteristika beruvchi katta-katta remarkalar kiritiladi. Shou pyesal-
arining ikkinchi turkumi «Yoqimtoy pyesalar» bo‘lib, unga «Qurol 
va inson» (1894), «Kandida» (1895), «Taqdir bandasi» ( 1898) ko-
mediyalari kiradi. Bu asarlarda satirik tasvir uslubi o‘zgaradi. «Yo-
qimsiz pyesalar»da muallif ijtimoiy tuzumning jirkanch tomonlarini 
ochiq-oydin tasvirlagan va birinchi navbatda ijtimoiy muammolarga 
murojaat etgan bo‘lsa, «Yoqimtoy pyesalar»da asosiy e’tiborni axlo-
qiy masalalarga qaratadi.
«Qurol va inson» pyesasida urush haqidagi soxta qarashlar, ro-
mantik xayollar, shovinistlarning targ‘ibotlari ta’sirida inglizlarda 
tug‘ilgan urushqoqlik kayfiyatlari tanqid qilinadi.


221
1897–1899-yillarda 3 ta pyesadan iborat «Puritanbop pyesalar» 
yaratildi. 
1914–1918-yillari  Shou  ijodida  qarama-qarshiliklar,  izlanishlar 
davri bo‘ldi. Bu yillarda u Fabian ta’limoti, idealistik falsafasining 
«hayotiy qudrat» konsepsiyasi tarafdori bo‘ldi. («Inson va komil in-
son» pyesasi, 1903) 1912-yilda yaratilgan «Pigmalion» komediya-
sida B.Shou demokratik qarashlari o‘z ifodasini topdi.
Birinchi jahon urushi davrida yaratilgan eng yetuk asar «Yurak-
larni  tilka-pora  etguvchi  xonadon»  pyesasi  bo‘lib,  u  1919-yilda 
nashr  etildi.  Asarda  urush  arafasidagi  Angliya  hayotining  keng 
manzarasi  aks  ettirildi.  Ijtimoiy  tanqid  pyesada Angliya  ziyolilari 
vakillari bo‘lgan qahramonlar ruhiy olamini chuqur tahlil qilish bi-
lan uyg‘unlashib ketgan. Sobiq, dengizchi Shotoverning kema shak-
lida qurilgan uyi. Angliya jamiyatining ramzi sifatida tasvirlangan 
bo‘lib, bu uy, bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarni kutayotgan 
yo‘lovchilarni yodga soladi.
Pyesada aniq, syujet chizig‘i ko‘zga tashlanmaydi. Muallifni aso-
san qahramonlarning kayfiyati, atrof-olamni qanday qabul qilishlari 
qiziqtiradi. Ularda aniq bir maqsad, harakat va, eng asosiysi, idealn-
ing o‘zi yo‘q. Shuning uchun asar finali ham ramziy xarakterga ega: 
urush boshlandi, dushman samolyotlari bomba tashlamoqda, kapi-
tan Shotover xonadonining a’zolari uchuvchilarni jalb qilish maqsa-
dida barcha xonalardagi chiroqlarni yoqib qo‘yishadi. Ellining «Bu 
uyga o‘t quying!»-degan xitobi qalblari majruh kishilar bilan to‘la 
xonadonlarda istiqomat qiluvchi barcha insonlarga tegishlidir.
20–30-yillarda yaratilgan asarlar orasida “Avliyo Janna” (1923), 
“Olma ortilgan arava” (1929), “Achchiq, lekin haqiqat” (1932) py-
esalari alohida o‘rin tutadi. B.Shou mumtoz teatr an’analarini boyit-
gan novator sifatida adabiyot tarixidan joy oldi.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin