Ekspressionizm (fr.expression – ifodalash, ma’nodor qilib aniq
ifodalash). Birinchi jahon urushidan sal avval Ovrupa mamlakat-
larida kuzatilgan inqiroz natijasida kelib chiqqan oqim bo‘lib, ular
san’atkorning vazifasi tashqi dunyo haqidagi sub’ektiv-indualistik
kayfiyatlarni aniq, ta’sirli ifodalashdan iborat deb hisoblaganlar.
Ekspressionist ijodkorlarning asarlarida ijtimoiy-tanqidiy
jo‘shqinlik yyyetakchilik qilgan, ular millionlab oilalarning boshiga
azob-uqubatlar keltirgan jahon urushi, ijtimoiy adolatsizlik, shaxs
erkinligini bo‘g‘ilishini tanqid qildilar.