Jeyms Joys(1882–1941) haqli ravishda Prust va Kafka sin-
gari XX asr modernistik adabiyotining “ota”laridan biridir. Aka-
demik D.S.Lixachev u haqda: “... Joys adabiy hodisa, endi u tak-
rorlanmaydi, u mutlaqo benazir”, degan fikrni aytgan bo‘lsa, buyuk
psixolog olim Karl Yung: “Jeyms uslubining sira aql bovar qilmas
ko‘pqiyofaligi, odamga gipnozday ta’sir ko‘rsatadi... Kitobxon
o‘quvchi og‘zini ochgancha qoladi”, deydi, taniqli adabiyotshunos,
Joys asarlari tarjimoni I.G‘afurov: “Joysni o‘qish kishiga cheksiz
bir maroq bag‘ishlaydi. Joysni mutolaa qilishga kirishgan kitobxon
ahdida qattiq turib, kitobni oxirigacha o‘qishi kerak”, deb yozadi.
29
Joys Irlandiya poytaxti Dublinda dunyoga keldi. Iuzit kollejlari-
da ta’lim olgan Joys 1899-yili Dublin universitetiga o‘qishga kiradi
va tillar hamda falsafa bilan shug‘ullanadi. Bo‘lajak yozuvchining
yoshlik yillari Irlandiyaning o‘z mustaqilligi uchun kurashishi yil-
lariga to‘g‘ri keladi. Mamlakatdagi milliy ozodlik harakati “Irland-
iya uyg‘onishi” nomini oldi. Joys voqealarga befarq bo‘lmasa-da,
ushbu harakatning ishtirokchisi bo‘lishdan o‘zini tiydi. Universitetni
tamomlagach, Irlandiyani tark etib, Shveytsariyada, 1920–1939-yil-
larda esa Fransiyada yashab, ingliz tilidan dars berib kun kechirdi.
Ko‘p yillar ko‘z kasalligidan shikoyat qilib yurgan yozuvchi hayo-
tining so‘nggi yillari umuman ko‘rmay qoldi va 1941-yili Syurixda
vafot etdi.
Adabiyotga XIX asr oxiri XX asr boshlarida kirib kelgan Joys re-
alistik an’analardan voz kechdi va o‘z iste’dodini an’anaviy roman-
lardan o‘zgacha, hech bir badiiy asarga o‘xshamaydigan asar yarat-
ishga sarfladi. Bunday asar Joys nomini dunyoga tanitgan “Uliss”
romani(1922) edi. Ushbu roman Joysning ko‘p yillik izlanishlari,
yoshlik yillaridagi maqolalari, hikoyalari va “Mo‘yqalam sohibin-
29
Лихачёв Д. Слово к читателю.// Иностр.лит-ра. 1988.№ 1.
229
ing yoshlikdagi surati”(1914) deb ataluvchi romanini yaratish orqali
shakllangan qarashlari hamda ijodiy tamoyillarining mevasidir.
Joys ijodining dastlabki davri 1899–1914-yillarni o‘z ichiga ola-
di. Bu davrda uning bir qancha badiiy-tanqidiy maqolalari, xusu-
san, “Drama va hayot”(1900), “Ibsen yangi dramasi”(1901), “Oskar
Uayld”, “Sulaymon shoiri”(1909), “Bernard Shouning senzor bilan
kurashi”(1909) va boshqalar yozildi. Bundan tashqari, “Kamer mu-
siqasi” she’riy to‘plami, “Dublinliklar” hikoyalar to‘plami(1903–
1905-yillarda yozilib, 1914-yilda chop etilgan), “Mo‘yqalam sohib-
ining yoshlikdagi surati”(1904–1914-yillarda yozilib, 1916-yilda
nashr etilgan) romani ham mana shu davrda yozilgan.
Joys yoshligidan teatrga muhabbat qo‘ydi. Ibsen va Gauptman
dramalaridan tashqari Nitsshe va Shopengauer falsafasi, simvolizm
estetikasi(P.Verlen va M.Meterlinkdan tarjimalar qilgan) va Angli-
yadagi estetizm harakatining ta’siri uning maqolalari hamda badiiy
asarlari yo‘nalishini belgilab berdi.
“Drama va hayot” maqolasini yozuvchining badiiy manifesti
deyish mumkin. Bunda dramaga “san’atning oliy shakli”, deb baho
beriladi. Joys haqiqiy ijodkorning vazifasiga hayotiy inson xarak-
terlarini yaratish kirmasligi haqida yozadi. Shuning uchun ham u
Shekspir asarlariga haqiqiy drama emas, balki “dialogdan tuzilgan
adabiyot”, deb baho beradi. Joys ko‘proq simvolizm va shartlilikka
asoslangan M.Meterlink pyesalarini yoqlab chiqadi. Uning fikri-
cha, haqiqiy san’at asosiy qonuniyatlarni, ularning asl mohiyatini
ochiq-oydin, qattiq tartibda ko‘rsatishi kerak. Ushbu qonuniyatlarn-
ing kimlar orqali namoyish etilishi ikkinchi o‘rindagi masaladir.
Individual ko‘rinishlar, ya’ni ma’lum shaxs bilan bog‘liq bo‘lgan
va muhit hamda davr ta’sirida shakllangan jihatlar haqiqiy ijodkor
e’tibori uchun loyiq emas.
Jeyms Bernard Shouga “tug‘ma va’zxon” – deb baho berib, uning
pyesalarini “dialoglardan iborat romanga yaqin bo‘lgan yangi dra-
matik shakl” – deb ataydi. U dramani janr nuqtai nazaridan tahlil qil-
maydi. Chunki janridan qat’iy nazar, har qanday asar ham “tuyg‘ular
230
aloqalarining asosiy qonuniyatlarini” yetkazib bergan taqdirda dra-
maga, ya’ni san’atning oliy formasiga aylanishi mumkin.
Joys ijodining birinchi davridagi so‘nggi asari – “Mo‘yqalam
sohibining yoshlikdagi surati” romani bo‘lib, u avtobiografik xara-
kterga ega. Asarda Stiven Dedalus ismli ijodkor tafakkurining
shakllanish jarayoni haqida so‘z boradi. Asar qahramoni go‘zallik
yaratish ishtiyoqida o‘z vatanini ham tark etadi. U ijodkor hayotin-
ing mazmuni mufassal estetik shakllarni yaratishda, asosiy vazifasi
esa o‘z xayolotlarini aks ettirshda deb biladi. Joys ijodining keyingi
davrida “Uliss” va tugallanmagan “Finnegan ta’ziyasi” romanlarini
yaratildi.
XX asrning eng mashhur asari, “ong oqimi” uslubi birinchi marta
tugal ko‘rinishda qo‘llanilgan “Uliss” 1914–1921-yillarda yozil-
gan bo‘lib, romandan parchalar 1918–1920-yillarda AQShda “Litl
rivyu” jurnalida chop etildi. Asar 700 sahifani, 260 ming so‘zni tash-
kil etadi, lug‘at boyligi 30 ming so‘zdan iborat.
“Uliss” zamonaviy “Odisseya” sifatida o‘ylangan bo‘lib, uning
bosh mavzusini jahongashtalik, darbadarlik tashkil qiladi. Homern-
ing dostoni Joys asariga nomini, tashqi tuzilmasini taqdim etadi.
Bosh qahramonlar va ba’zi ikkinchi darajali qahramonlar ham
Gomer qahramonlariga “egizak”: Blum – Odissey, Stiven – Telemax,
Molli – Penelopa, Mayls Krou – Eol, Gerti – Nivsikaya, Bella Koen
– Sirseya. Biroq Joys qahramonning harakatlarini emas, “tafakkur
oqimi”ni qog‘ozga tushiradi. “Uliss”da, va umuman Joys nasrida
an’anaviy syujet, kompozitsion qurilishlar, xronologik mutanosiblik
asosida hikoya qilinuvchi voqea-hodisalar silsilasi, an’anaviy tas-
vir usullarini uchratmaymiz. Aksincha, uning nasri o‘ta murakkab
bo‘lib, bu yuksak iqtidor sohibining fikrlash tarzi, tafakkuri meva-
sidir.
“Uliss”dagi voqealar aniq – 1904-yilning 16-iyun payshanba –
Blumsdey – Blum kunida sodir bo‘ladi. Bu kun “Ivning telegraf”
gazetasi reklama bo‘limi xodimi Leopold Blumning bir kuni tar-
zida qayta jonlantiriladi. Roman markazida uch asosiy qahramon-
231
ning – Leopold Blum, uning xotini qovoqxona qo‘shiqchisi Merion,
an’anaviy tarix muallimi Stiven Dedalusning bir kunlik hayoti, xu-
susan, ertalab soat sakkizdan tungi uchgacha kechgan tashqi va ichki
hayoti tasvirlanadi. Ularning ma’lum paytdagi holati, mashg‘uloti,
uchrashuvlari tafsilotlari katta ahamiyat kasb etmaydi, yozuvchi
diqqat markazida har birining ong oqimi, ichki monolog va dialo-
glari turadi.
Joys “Uliss”da umuman insonlar hayotini aks ettirishni maqsad
qilib olgan. Shuning uchun asar qahramonlari aniq shaxslar bo‘lsa-
da, muallif ularga universallik, umumiylik baxsh etadi. Lekin nima
uchun Joys aynan 1904-yilning 16-iyunini asarga asos qilib oldi, de-
gan savol tug‘iladi. Tadqiqotchi Richard Keynning ta’kidlashicha,
shu kuni Joys bo‘lajak qallig‘i Nora Barnaklga ko‘ngil qo‘ygan
edi. Onasining o‘limi bilan bog‘liq xotiralar va qayg‘u-iztiroblarga
ma’lum ma’noda shu muhabbat malham bo‘lgan.
Roman 18 epizoddan tashkil topgan. Mazkur epizodlar romanda
uch qismga bo‘lingan bo‘lib, yozuvchi dastlabki 1–3 epizodlarni
“Telemaxnoma”, 4–5 epizodlarni “Odissey” va 16–18 epizodlarni
“NOSTOS” deb atagan.
Joys o‘z asarini Homerning dostoni asosiga qurgan bo‘lsa-da,
ushbu ikki asar o‘rtasida faqat ramziy o‘xshashlikkina mavjud. Joys
kitobxon ko‘z o‘ngida olam va inson haqidagi o‘z tasavvurlari mod-
elini yaratgan ijodkor sifatida gavdalanadi. Yozuvchi inson tabiatiga
xos azaliylikni ochmoqsi bo‘ladi. Inson tabiatining o‘zgarmasligi
Joysga Blum, Dedalus, Merionni Homer dostoni va qadimgi Rim
afsonalari bilan taqqoslash imkonini beradi.
“Uliss”ning qurilishi mozaikani eslatadi. Joys g‘oyat sinchkovlik
bilan fakt to‘plab, tabiiy aniqlik bilan yon daftarini to‘ldirib borgan
edi. Romanning har bir epizodi ko‘plab parchalar yig‘indisidir. Yo-
zuvchi kino san’atiga xos montaj vositasidan unumli foydalangan.
Irland yozuvchisi qahramonlarning ichki monologlarini aniqlik bilan
ifodalay oladi. Bunda u fikrning uzilishi va birvarakayiga turli fikrlar
oqimi rivojlanishi usullaridan samarali foydalanadi. Masalan, Blum
232
do‘kon vitrinasi oldidan o‘tayotib ipakdan to‘qilgan mato – poplin,
Angliyaga gugenotlar tomonidan olib kelinganini eslaydi. Shu bilan
birga uning ichki monologida parallel ravishda ikki mavzu – Mey-
erberning “Gugenotlar” operasidagi xor va poplin haqidagi o‘ylari
o‘tadi: “Tarara. Ajoyib xor. Tara. Yomg‘ir suvida yuvish. Meyerber.
Tara bom. Bom-bom”.
Umuman, Joys butun hayotini “Uliss”ni o‘qishga, o‘rganishga,
anglashga sarf etadigan fidoyi o‘quvchini orzu qilgan. Chunki asar
murakkab, mavhum va shu bilan birga jozibador hamda sirli. Aka-
demik D.S.Lixachevning iborasi bilan aytganda, “Joysning maktabi
bo‘lmasligi mumkin, biroq uning butun dunyo madaniyati va ad-
abiyotida tutgan mavqyei beqiyos”
30
.
Dostları ilə paylaş: |