Modernizm va Kafka ijodi (1883–1924). F.Kafka XX asr jahon
adabiyoti rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan yozuvchilardan biri
hisoblanadi. Vafot etganiga 90 yildan ko‘proq vaqt o‘tgan bo‘lishiga
qaramay, uning asarlari yuzasidan olib borilayotgan bahslar hali-
hanuz tugagani yo‘q. Ba’zilar uning asarlarini so‘zsiz qabul qilsa-
lar, boshqalar ana shunday qat’iyat bilan rad qiladilar. Ba’zilar uni
otashin insonparvar deb e’lon qilgan bo‘lsalar, boshqalar buning aksi
ekanini isbot qilmoqchi bo‘ladilar. Uning ijodini ekspressionizm,
syurrealizm, naturalizm estetikasi bilan bog‘lashga harakat qiladilar.
Millati – yahudiy, yashash joyi Praga, tili va madaniyati nemis-
cha bo‘lgan Kafkaning tarjimai holi voqealarga boy emas. O‘rtahol
yahudiy oilasida tug‘ilgan Frans nemis gimnaziyasini tamoml-
agach, 1901–1905-yillarda san’at tarixi va germanistika bo‘yicha
ma’ruzalar tingladi. 1906–1907-yillarda Praga advokatlik idorasida
ish o‘rgandi. Huquqshunoslik bo‘yicha doktorlik darajasiga ega
bo‘lishiga qaramay, katta mansablarga erisha olmadi. 1917-yili sil
bilan kasallangach, tanaffuslar bilan 1922-yilgacha ishladi. 1923-yili
Berlinga keldi va o‘zining qolgan umrini adabiyotga bag‘ishlashga
qaror qildi. Yozuvchi 1924-yilning 3-iyunida Praga yaqinidagi
Kirling sihatgohida vafot etdi. F.Kafka 1915-yildayoq adabiyot
30
Лихачёв Д.С. Слово к читателю.// Иностр.лит-ра. 1988.№ 1.
233
sohasidagi mukofotga sazovor bo‘lganligiga qaramay, mashhurlik
unga o‘limidan keyin keldi.
Kafka o‘z asarlarini chop ettirishga qiyinchilik bilan rozilik ber-
gan. Shu sababli, hayotligida uning faqat quyidagi asarlari nashrdan
chiqqan, xolos: 1905-yili “Bir kurash bayoni” novellasidan ikkita
parcha, 1908-yili asarlaridan sakkizta parcha, 1913-yilda birin-
chi hikoyalar to‘plami va “Amerika” romanining birinchi bobi,
1916-yilda “Hukm” va “Evrilish” novellalari, 1917-yili “Qishloq
vrachi” to‘plami va “Axloq tuzatish koloniyasida” novellasi. Kaf-
kaning tugallanmagan 3 romani “Jarayon”(1925), “Qasr”(1926),
“Amerika”(1927) o‘limidan keyin chop etildi. Hozirgi paytga kelib
yozuvchining adabiy merosi 10 jildni tashkil etadi.
Yozuvchi “Amerika” romani ustida 1911–1916-yillarda ishladi.
Asarda ota-onasi tomonidan o‘n olti yoshida Amerikaga jo‘natib yu-
borilgan Karl Rossman haqida hikoya qilinadi. O‘ta kamtar, sodda,
ishonuvchan, oqko‘ngil, hammaga doimo yordam berishga tayyor
Karl hayotda ko‘p qiyinchiliklarga uchraydi. Kemada suzib ketayo-
tganidayoq u loqaydlik va adolatsizlikka duch keladi. Amerikaga
kelgach, yigitcha birmuncha muddat taqdirning siyloviga sazovor
bo‘lganday bo‘ladi. Ikki oyga yaqin u qandaydir badavlat amaki-
sining uyida yashaydi, lekin amakisi hech qanday sababsiz Karlni
ko‘chaga haydab yuboradi. Ko‘chada u ikki daydi – Delyamarsh va
Robinson bilan tanishadi, ular bilan birgalikda mamlakatni kezib
chiqadi.
“Oksidental” mehmonxonasining katta oshpazi Karlni ishga
joylashtirishga yordam beradi, unga har tomonlama homiylik qila-
di. Mast bo‘lib kelgan Robinsonga achinib, unga yordam qo‘lini
cho‘zgan qaharamon 2–3 daqiqaga postini tashlab ketadi. Buning
uchun Karl oberkelner, oberporte tomonidan qattiq so‘roqqa tuti-
ladi. Hatto yigitchaga har doim iltifot ko‘rsatib kelgan oshpaz ayol
ham uni jinoyatchi deb hisoblaydi. Bu qanchalik kulguli, mantiq-
siz bo‘lsada, u ishdan haydaladi. Ko‘chada Karl yana Delyamarsh-
ning “tuzog‘iga” tushadi. Roman qahramonning ochlik, turli
234
xo‘rlanishlariga to‘la hayotining tugashi bilan uzilib qolgan(Roman
qahramoni qandaydir sirli Oklaxoma teatriga ishga qabul qilinadi.
Ishga qabul qilinayotganlar “tanlov komissiyasi” tomonidan juda
qattiq tekshiriladi, lekin oxir-oqibat hamma ishga qabul qilinadi).
Nemis tadqiqotchisi K.Xerasdorfning fikricha, roman bosh qahra-
mon o‘limi bilan yakunlanishi kerak edi. Aksincha, Kafkaning yaqin
do‘sti, yozuvchi Maks Brod esa asar “happy end” bilan, ya’ni Karl
Oklaxomada ota-onasini uchratib baxtli, sokin hayotga qaytishi bilan
o‘z nihoyasiga yetishi kerak edi, degan fikrni ilgari surgan. Ushbu
romanda inson unga begona va dushman bo‘lgan dunyoga qarama-
qarshi qo‘yilgan(Bunday holat Kafkaning deyarli barcha asarlariga
xosdir). Yozuvchining fikricha, Karl shaxs sifatida hurmatga sazov-
or inson. Boshqa vaziyatda u hayot uchun bo‘lgan kurashda g‘alaba
qozonishi, o‘z hayotini orzu qilganidek qurishi mumkin edi. U har
qanday “pollunder” va “delyamarsh”lardan ijobiyroq, lekin afsuski,
ulardan kuchsiz. Shuning uchun Karl jinoyatchi sifatida emas, balki
taqdir qurboni sifatida halok bo‘lishi kerak. Yozuvchiga Karlning
prototipi bo‘lganmi? – degan savol berilganda u quyidagicha javob
qaytargan: “Men odamlarni chizmayman. Bular obrazlar, faqat ob-
razlar”.
“Jarayon”(1925). Yirik bankning xodimi Yozef K. kunlarn-
ing birida qandaydir maxfiy sud vakillari tomonidan hibsga olina-
di. Ushbu sud(u chordoqda joylashgan) norasmiy bo‘lsa-da, juda
qudratlidir(u barcha uylarning chordog‘ida mavjud). Tekshiruv-
surishtiruv ishlari maxfiy olib boriladi va ayblov xulosalari ovoza
qilinmaydi. Sudlanuvchi esa hukm ijrosi amalga oshirilishiga qadar
ozodlikda qoladi. Bu sud uchun aybsizlarning o‘zi yo‘q, ertami-ke-
chmi sudlanuvchi ustidan, albatta, hukm chiqariladi.
Hech qanday gunohi yo‘qligiga ishongan Yozef K. bu o‘ta
yumshoq, deyarli his qilib bo‘lmaydigan zo‘ravonlikka qarshilik
ko‘rsatmoqchi bo‘lib, avval advokatga murojaat qiladi, so‘ngra
o‘ziga yaqin ayollardan yordam so‘raydi, sud rassomi Titorelli
huzuriga boradi. Ta’qibdan qutulishning eng oddiy yo‘lini rad
235
etadi(amakisining qishlog‘ida yashirinish). Va nihoyat Yozef K.
o‘zini hech narsa ro‘y bermaganday tutishi, ya’ni so‘roqqa bor-
masligi mumkin edi. Chunki u bilan suhbatlashgan ruhoniy(sud
hay’atining a’zosi) sudga undan hech narsa kerak emasligi, sud u
o‘zi kelganida qabul qilishi, ketmoqchi bo‘lganda esa, qo‘yib yu-
borishini uqtiradi. Lekin Yozef K. taqdirdan yashirinmaydi. Aksin-
cha, u taqdirga qarshi chiqadi va borgan sari uning to‘rlarida ko‘proq
o‘ralashib qolaveradi.
Uning sud bilan bo‘lgan bunday munosabatiga tayanib ba’zi ad-
abiyotshunoslar, aslida hech qanday sud jarayoni bo‘lmagan, hamma
narsa qahramonning xayolida, ongida bo‘lgan, degan xulosaga kela-
dilar. Masalan, amerikalik tadqiqotchi Ingeborg Xenelning yozishi-
cha, “Kafkada insonning o‘zi barcha azob-uqubatlarning bosh ay-
bdoridir. Inson o‘zini o‘zi oqlash uchun faqat o‘ziga ko‘rinadigan
olamni yaratadi”.
Roman davomida qahramon ikki xil hayot kechiradi: birida u
ta’qib qilinayotgan, quvilayotgan “oddiy” odam bo‘lsa, ikkinchisida
har qanday hodisa-yu noxushliklardan himoya qilingan yirik amal-
dor. Hibsga olingandan so‘ng Yozef K. frau Grubaxga: “bankda men
bilan bunday voqea ro‘y bermas edi”, deydi, chunki bankda u doimio
hushyor, sergak turadi. Demak, qahramoning o‘zi unga shaxs sifa-
tida dushman bo‘lgan dunyoning bir bo‘lagidir. Aynan shu dunyoga
aloqadorlik Yozef K.ni o‘zini ko‘z o‘ngida “gunohkor” ko‘rsatadi.
Aynan shu “gunohkorlik” tuyg‘usi uni sudga borishga majbur qiladi,
shuning uchun u suddan keta olmaydi. Shu sababdan uni qatl qilgani
olib ketishayotganda hech kimni yordamga chaqirmaydi, hech qan-
day qarshilik ko‘rsatmaydi.
Yozef K. shaxs sifatida o‘zidagi “amaldor” ustidan hukm chiqa-
radi, shu bilan birgalikda amaldor Yozef K.ga “quyib qo‘ygandek”
o‘xshash amaldorlar uni shaxs sifatida o‘ldiradilar. Asar qahramoni
hibsga olinganidan bir yil o‘tgach qatl qilinadi, chunki u adolatsiz
qonunlarga bo‘ysunishni xohlamaydi, “bo‘riday uvillash”dan bosh
tortadi. Shunga qaramay o‘zligini saqlab qolgan Yozef K. dunyoga
236
emas, birinchi navbatda o‘z-o‘ziga boqadi, o‘zi orqali dunyoga na-
zar tashlaydi. “Jarayon”ning dunyosi sub’ektiv bo‘yoq berilgan du-
nyo bo‘lib, o‘z iztiroblari, kuchsizligi va gunohkorlik hissi orqali
ko‘rsatilgan dunyodir.
F.Kafkaning eng mashhur asarlaridan hisoblangan “Evrilish”
hikoyasi 1912-yilning kuzida yozilib, 1915-yilning oktyabrida
Leypsigda chop etildi. Asar qahramoni badavlat bo‘lmagan xonadon
farzandi bo‘lib, otasi besh yil avval singanidan keyin tijorat ishlari
bilan shug‘ullana boshlagan. Keyinchalik otasi ishni tashlagan. Ona-
si – xasta, singlisi Greta esa yosh bo‘lganligi sababli oilani boqish
Gregorning zimmasiga tushadi. Voqea Pragada, 1912-yilda sodir
bo‘ladi. Doimo safarlarda bo‘lgan Gregor navbatdagi xizmat safari
oldidan uyda tunab qoladi. Ertalab uyg‘ongach, u qandaydir bahay-
bat, jirkanch qo‘ng‘izga aylanib qolganini anglaydi. Hali inson aqlini
yo‘qotmagan Gregor-qo‘ng‘iz kech qolayotganini, narsalarini tez-
roq yig‘ishtirib stansiyaga yetib borish haqida o‘ylaydi. Uyidagilar
allaqachon bir necha bor eshikni taqillatishga ulgurdilar. Gapirishi
tobora qiyinlashib borayotgan Gregor ularga javob ham qaytaradi.
Juda katta qiyinchilik bilan eshikni ochishni ham uddalaydi. Eshik
ochilgach, oila a’zolari ham, qahramon ishlaydigan firma vakili ham
dahshatga tushadilar.
Oradan bir qancha vaqt o‘tsa ham Gregor asl holiga qaytmaydi.
U qo‘ng‘izga aylangach undan faqatgina singlisi xabar olar, shunda
ham ovqat qoldiqlarini tashlab, tezroq chiqib ketishga harakat qi-
lar, qo‘ng‘izdan jirkanayotganini yashirmas edi. Bu narsa Gregorga
ruhiy azob beradi, chunki unda hali inson yuragi saqlanib qolgan
edi. Qattiq lat yegan qo‘ng‘iz bir necha oydan keyin o‘ladi. Oila
a’zolari uni keraksiz narsani tashlaganday tashqariga chiqarib tash-
laydilar. Shu kuni oilaga yana tinch va osuda hayot qaytib keladi.
Qo‘ng‘iz qiyofasidagi inson – Gregor vafot etdi, odam qiyofasidagi
qo‘ng‘izlar esa yashashda davom etadilar.
Kafka ijodini tatqiq etgan olimlarning aksariyat qismi uning uslu-
biga xos bo‘lgan tasvirning realistik usuli bilan markaziy voqealarn-
237
ing mutlaqo haqiqatdan yiroqligini ta’kidlaydilar. Darhaqiqat, fan-
tastik, ishonish qiyin bo‘lgan voqealar haqida bunchalik ehtirossiz
va sokin ohangda yozgan adibni topish amri mahol.
“Evrilish” hikoyasining qahramoni Gregor Zamzaning qo‘ng‘izga
aylanishi ana shunday ohangda yozilgan. Qahramon, u bilan birga-
likda muallifning o‘zi ham qahr-g‘azab, tushkunlikka tushish u yo-
qda tursin hatto ajablanmaydilar. Dunyo ostin-ustun bo‘lgani yo‘q:
xona xonaligicha turibdi; mato namunalari stol ustida yotibdi; de-
vorda osilgan arzongina narxga olingan rasm ham o‘z joyida. Aynan
mana shunday osuda, lekin shafqatsiz uslub Kafkaga xosdir.
F.Kafkaning o‘limidan keyin Maks Brod tomonidan chop et-
tirilgan romanlari, novella va hikoyalari, xatlari va deyarli tayyor
ko‘plab badiiy matnlar mavjud bo‘lgan kundaliklari chop ettiril-
gach, yozuvchining butun ijodini yaxlit bir matn sifatida qabul qilish
kerakligiga amin bo‘lamiz.
Bu ma’noda uning ilk yirik asari “Bir kurash bayoni”
(1903–1904-yillarda yozilib, muallif tomonidan nashr ettirilmagan)
namuna bo‘lib xizmat qiladi, chunki unda Kafka hayoti davomida
yozganlari ixcham, siqiq holda berilgan. Adib yaxlit matndan bir
nechta parchalarni ajratib olib, mustaqil asar sifatida turli turkum-
lar tarkibida chop ettiradi. Quyida keltirilgan “Bir kurash bayoni”ga
kiritilgan “Daraxtlar” hikoyati(pritcha) ana shunday parchaga yorq-
in misol bo‘ladi:
“Illo, biz qishda kesilgan daraxtlar misolimiz. Go‘yo ular qor-
ga shunchaki sirpanib tushgan-u, yengilgina turtib yuborilsa, ular
o‘rnidan qo‘zg‘aladigandek. Yo‘q, ularni qo‘zg‘atib bo‘lmaydi, ular
muzlab yerga mahkam yopishib qolgan. Biroq, taassufki, bu shun-
day tuyuladi, xolos” (S.Xo‘jayev tarjimasi).
Asar boshlanishi go‘yo undan oldin qandaydir mulohazalar aytil-
gan-u, endi undagi fikr davom ettirilayotganday tasavvur uyg‘otadi:
“”Illo, biz qishda kesilgan daraxtlar misolimiz. “Biz – daraxtlar”
hikoyatga xos bo‘lgan istioradir. Biroq obraz shu darajada mavhum-
ki, agar paydo bo‘ladigan so‘niq, tushkunlik kayfiyati e’tiborga
238
olinmasa( “qishda”, “kesilgan”), fikr hech qanday mazmun kasb et-
maydi.
Bu yo‘nalish ikkinchi jumlada topilganday bo‘ladi: “Go‘yo ular
qorga shunchaki sirpanib tushgan-u, yengilgina turtib yuborilsa, ular
o‘rnidan qo‘zg‘aladigandek”. Aniq-ravshan ko‘rinib turibdiki, ibo-
raning o‘zida uning mantiqiy davomi mavjud: agar tuyulsa, demak,
uni qo‘zg‘atib bo‘lmaydi. Nima uchun? Eng oddiy taxmin: “Yo‘q,
ularni qo‘zg‘atib bo‘lmaydi, ular muzlab yerga mahkam yopishib
qolgan”. Agar birinchi va ikkinchi iboralar bir-biriga mantiqan
bog‘langan bo‘lsa, ikkinchi va uchinchi iboralar bir-biriga sabab-
oqibat aloqasi bilan uzviy bog‘lanadi.
Shu sababli uchinchi ibora kiritilgandek: “Yo‘q, ularni qo‘zg‘atib
bo‘lmaydi, ular muzlab yerga mahkam yopishib qolgan”. Uning o‘z
qonuniy joyida paydo bo‘lishi muayyan istiorani tahlil qilishdan
ko‘ra kengroq fikrni talab etadi: hech qachon narsalarning tashqi
ko‘rinishiga qarab baho berish kerak emas, ularning mohiyati, sa-
babini aniqlash kerak. XIX asr realistlari ana shunday fikrlar, pozi-
tivistlar esa bunda falsafaning mohiyatini ko‘rardilar. Aslida gap da-
raxtlar haqida emas, biz haqimizda.
Kafka to‘rtinchi iborani qo‘shadi: “Biroq, taassufki, bu shun-
day tuyuladi, xolos” va unda biz adibning jahon madaniyatiga
qo‘shgan hissasini, ya’ni yangicha tafakkurni ko‘ramiz. Yozuvchi
barcha tomonidan qabul qilingan tafakkur qoidalariga zid qarash
– paradoks yaratadi. Agar Oskar Uayld yoki Bernard Shou parad-
okslarini qiyinchilik bilan bo‘lsa-da “mag‘izini chaqish” mumkin
bo‘lsa, Kafkada umuman boshqacha paradoksni ko‘ramiz. Ehtimol
unga Tertullianning quyidagi mashhur fikri namuna bo‘lib xizmat
qilgandir: “Iso Masih chormixga tortildi – uyat emas, illo, bu uy-
atsizlik. Va Iso Masih o‘ldi – bu butunlay aniq, shubhasiz, illo, bu
safsata, tuturiqsizlik. Dafn qilingan bo‘lsa-da, u tirildi – bu rost,
illo, mumkin emas”.
Kafkada buyuk fransuz modernist yozuvchisi Marsel Prustdan
farqli o‘laroq, alohida ajratib olingan jumla matnning kichik bir
239
zarrasi emas. Oldingi uch jumboqli jumlasiz to‘rtinchi jumboqli
jumlani tushunib bo‘lmaydi – bu adib uchun xos jihatdir.
Frans Kafkaning ijodi, shaxsi, dunyoqarashi XX asrda eng ko‘p
bahslarga, tortishuvlarga sabab bo‘lishidan qat’iy nazar adabiyotda
o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: |