O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

Sent-Ekzyuperi (1900–1944) Malro, Sartr, Kamyu singari fransuz 
adabiyotida o‘ziga xos o‘ringa va ovozga ega bo‘lgan ijodkorlar 
sirasiga kiradi.
Sent-Ekzyuperi  1900-yilning  29-iyunida  Lion  shahrida  ildizi 
qadimiy, vaqt o‘tib qashshoqlashib qolgan zodagonlar oilasida du-
nyoga  keldi.  Ekzyuperi  12  yoshga  to‘lganda  birinchi  bor  havoga 
ko‘tarilgan: o‘sha paytdagi mashhur fransuz o‘quvchisi Vedren uni 
Ambore  shaharchasi  yaqinidagi  aerodromdan  birga  olib  osmonga 
uchadi. Parvoz ishqi mana shu lahzadan boshlab yosh Antuanning 
hayotdagi asosiy, bir umrlik maqsadi bo‘lib qoldi.
Aviatsiya  Sent-Ekzyuperi  uchun  birinchi  navbatda  dunyoni 
o‘rganish, uni kashf etish, insondagi nodir fazilatlarni tarbiyalov-
chi, odamlar va mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikka, birodarlikka 
yo‘l ochuvchi vosita edi. U o‘zini hech qachon professional yozuv-
chi, deb hisoblamagan edi. «Yozishdan avval yashash kerak» – bu 
so‘zlar Sent-Ekzyuperining bir umrlik shioriga aylandi. U chetdan 
turib kuzatishdan, voqelikdan uzoq mulohazalar chiqarishdan ko‘ra, 
sodir bo‘layotgan voqealarning faol ishtirokchisi bo‘lishni ma’qul 
ko‘radi. Ispaniyada grajdanlar urushi boshlanishi bilan «Pari suar» 
gazetasining muxbiri sifatida bu mamlakatga junaydi.
Sent-Ekzyuperining  ijodiy  merosi  «Janubiy  pochtachi»  (1928), 
«Tungi uchish» (1931), «Bashar sayyorasi» (1939), «Harbiy uchuv-
chi» (1942) «Kichkina shahzoda» (1942) asarlari va tugallanmagan 
«Qala» falsafiy romanidan iborat. 
1930-yilda Buenos-Ayresda yozilgan «Tungi uchish» asari 1931-
yili Fransiyadagi Gollemar nashriyotida chop etildi va o‘sha yiliyoq, 
«Femina»  adabiy  mukofoti  bilan  taqdirlandi.  Adabiyotshunoslar 
ushbu romanni, “ular yashayotgan jamiyatdagi xudbinlikka qarshi 
yozilgan burchning go‘zalligi va ulug‘vorligi haqida hikoya qiluv-
chi asar”, – deb baholadilar. «Harbiy uchuvchi» asari esa o‘z shakli 
bilan bir kunlik voqealar haqidagi reportajni eslatadi.
Yozuvchi nemislar qurshovida bo‘lgan Arras shahri tomon uchay-
otgan fransuz razvedkachi samolyotining parvozi haqida hikoya qila-


249
di. «Bashar sayyorasi»da ta’kidlangan insonlar birdamligi g‘oyasi 
bu  asarda  yana  ham  kengayadi. Asar  Ekzyuperining  Ispaniya  vo-
qealariga bag‘ishlab yozgan gazeta ocherklarini yodga soladi. «Har-
biy uchuvchi» da yozuvchi qarashlari, uy-fikrlari abstrakt xarakterda 
bayon etilgani, uni Fransiyada nemis harbiy senzurasini chalg‘itib 
bosilib  chiqishida  muhim  rol  uynaydi. Asar  o‘quvchini  asta  sekin 
chulg‘ab oluvchi tashvish va qayg‘u ruhi bilan yo‘g‘rilgan. Shundan 
bolsa,  kerak,  adabiyotshunos  M.Vaksmaxer  «Harbiy  uchuvchi»ni 
insonlarni qo‘lga kiritilmagan baxtiga yozilgan elegiya deb ataydi. 
Yozuvchi asarda inson ma’naviy hayotining oydin yullari va boshi 
berk  ko‘chalari  haqida  falsafa  yurgizadi.  XVIII  asr  ma’rifatchilik 
falsafasi  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  insonparvarlik  g‘oyalari  Ekzyuperi 
uchun  juda  ham  qadrli  bo‘lib,  bu  ideallar  toptalmoqda  edi.  Eng 
achinarlisi inson unutildi, kamsitildi va tahqirlandi. Shuning uchun 
yozuvchi insonlarni so‘zdan amaliy ishga o‘tishga undaydi. Yozu-
vchining fikricha buning faqat bitta yo‘li bor, u ham bo‘lsa – faoliyat 
ko‘rsatish.
Sent-Ekzyuperi  ijodidagi  muhim  asarlardan  biri  «Kichkina 
shahzoda» falsafiy ertagi 1942-yilda yozuvchi Nyu-Yorkda yasha-
gan paytida yozildi. Ushbu asar janr va kompozitsiya bo‘yicha av-
valgilardan farq qiladi. Dunyoning yuzlab tillariga tarjima qilingan 
ushbu asar fransuz yozuvchisining eng mashhur asari sifatida tan 
olingan. 
Sent-Ekzyuperi  o‘z  qahramoniga  5–6  yoshdagi  bola  ruhiyatiga 
xos xususiyatlarni ato etgan. Asar davomida bolalik dunyosi kattalar 
dunyosiga qarama-qarshi qo‘yiladi. Kattalarning hayotni bezab tu-
ruvchi romantika va go‘zallikni his qilish kabi hislardan yiroq, ekan-
ligi bolani hayratga soladi. Shuning uchun ham kattalar shahzoda 
chizgan filni tiriklay yutib yuborgan bo‘g‘ma ilon rasmini «shlyapa» 
deb ataydilar. Bola esa o‘sha kattalar ko‘ra olmaydigan quticha ichi-
dagi qo‘zichoqni ko‘ra oladi. Umuman shahzoda hali kattalar qad-
ami yetmagani soflik sayyorasining sohibidir. Bosh qahramon ism-
siz – Kichkina shahzoda deb atalishi ham shundan.


250
Sent-Ekzyuperi asardagi Baobab obrazi orqali insoniyatga xavf 
solayotgan fashizmni va inson ma’naviy barkamolligining asosiy 
«kushanda»si hisoblangan loqaydlikni tasvirlagan: «– Bizda shun-
day  bir  qoida  bor,  –  dedi  Kichkina  shahzoda  keyinchalik  men-
ga.  –  Ertalab  uyqudan  turib  yuz-qo‘limni  yuvgach,  uyoq-buyoqni 
yig‘ishtirgandan so‘ng darhol sayyorangni tozalashga kirishmog‘ing 
lozim. Baobablarni har kuni, qanday qilmay yo‘q qilib turish kerak. 
Ammo ularni gul ko‘chatidan ajrata bilish kerak: ikkkalasining ni-
holi bir-biriga judayam uxshaydi. Bu haddan tashqari zerikarli ish, 
lekin sirayam qiyin emas».
Sent-Ekzyuperi ertak va rivoyatlarniig an’anaviy qahramonlarini 
noan’anaviy va favqulodda holatlarda tasvirlaydi. Masalan, birinchi 
sayyorada yashovchi qirolning boshqa qirollardan farqi shundaki, 
u  yolgiz  (sayyorasidagi  yagona  kalamushni  hisobga  olmaganda) 
yashaydi. Juda ham kichkina sayyorada umr kechiruvchi bu qirol 
faqat «Oqilona farmoyishlar berish» bilan chegaralanadi. Yozuvchi 
ertakda abstrakt romantik obrazlarni oddiy maishiy obrazlar bilan 
qo‘shib yuboradi. Tulkining ovchi va tovuqlar haqidagi mulohaza-
lari  fikrimizning  dalili  bo‘la  oladi.  «Kichkina  shahzoda»da  asotir 
va marosimlarga borib taqaluvchi qadimiy sehrli ertak semantikasi 
qayta jonlantirilgan: shahzoda sayyorama-sayyora kezib, bir qancha 
sinovlardan o‘tganday bo‘ladi va oxir-oqibat yerda u haqda yangi 
bilimlarga ega bo‘ladi.
Yerda bolaga birinchi to‘qnash kelgan jonzod – ilon. Bu jonzot 
bolaga odamlar tomon yo‘l ko‘rsatadi va o‘z zahri bilan uni yana o‘z 
sayyorasiga qaytishiga yordam berishini va’da qiladi. Ilon bolaga 
insonlar haqidagi achchiq haqiqatni ochadi.
  –  «Odamlar  qayoqda,  odamlar?  –  deb  tag‘in  so‘radi  nihoyat 
Kichkina shahzoda». – sahroda, har qalay, o‘zingni yolgiz sezarkan-
san kishi... – Odamlar orasida ham o‘zingni yolg‘iz sezaverasan, – 
deb qo‘ydi ilon.
Sent-Ekzyuperi ijodining asosiy fazilati – insondagi yorug‘ mehr 
va iroda qudratiga bo‘lgan ishonch kitobxon ko‘nglini yoritadi. U 


251
insonlarni doimo yagona maqsad yo‘lida – insoniylikni saqlab qol-
ish uchun birlashishga chaqirdi. Yozuvchi yaratgan qahramonlar iro-
dali, fidoiy, ezgulik yo‘lida halok bo‘lishga tayyor insonlar. Uning 
fikricha inson bo‘lish – bu mas’uliyatli bo‘lish deganidir. U butun 
ijodi davomida ana shu g‘oyani ilgari surdi.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin