O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

Antiromán  (fr.  Antiroman)  –  shartli  istiloh  bo‘lib,  “yangi  ro-
man” istilohi bilan bir qatorda ishlatiladi. XX asr o‘rtalaridagi fran-
suz modernizmi nasriga nisbatan ham qo‘llaniladi. Ilk bor termin 
1633-yildada  Shard  Sorelning  “Ekstravagant  Berger”  romanining 
qo‘shimcha nomi sifatida ishlatilgan. 1948-yilda J. P. Sartr tomoni-
dan qayta iste’molga kiritilgan.
Bunda  roman  janrining  klassik  elementlaridan  voz  kechiladi. 
Mas., izchil syujetdan, qahramonlar obrazlaridagi butunlikdan. 
Konformizm va begonalashuv bilan bog‘liq alohida situatsiyalarni 


262
tahlil  qiladi.  Vaqt  me’yorlariga  rioya  qilinmaydi,  tilda  yangilikka 
e’tibor qaratiladi, chunonchi, punktuatsiya, grammatika va b.larda 
erkin harakat qilinadi. Aloqasi bo‘lmagan rasmlar matnga kirib qo-
ladi, sahifalar bo‘sh tashlab ketiladi va h.k...
Antiromanga  misol  sifatida  V.V.Nabokov  “Rangsiz  olov”  deb 
nomlangan 999 misradan iborat dostonini keltirish mumkin. Doston 
ko‘plab adabiy allyuziyalar bilan to‘ldirilgan. Yoki Xulio Kortasarn-
ing “Mumtozlik o‘yini” romani alohida strukturasi bilan ajralib tura-
di. Muallif so‘zboshisida kitobda “ko‘p kitob” borligi bayon qilina-
di. Ya’ni kamida ikki xil o‘qish kerakligi uqtiriladi. Birinchisi oddiy 
o‘qish bo‘lib, bunga romanning ikki dastlabki qismi kiradi: “U to-
mondan” va “Bu tomondan”. Ikkinchisi, maxsus o‘qish hisoblanib, 
bunda yana qo‘shimcha ravishda romanning “Narigi tomonlardan” 
deyilgan qismlarni o‘qish tavsiya etiladi.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin