O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə168/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

XIX asr fransuz Kanadasi nazmi taraqqiyotida Kvebek va 
Monreal deb atalgan romantik yo‘nalishdagi she’riyat maktablari 
muhim rol o‘ynadi. Emil Nelligan, Deni Garno, Gyustav Freshett, 
Fransua  Kasave,  Sharl  Jil,  Alber  Lazo  singari  shoirlar  o‘z  ijod-
larida  avvalgi  taqlidchilikdan  xalos  bo‘lib,  o‘z  yo‘llarini  topishga 
urinishdi. “Millat shoiri” deb tan olingan Oktav Kremazi she’riy 
merosi fransuz Kanadasi adabiyotining yorqin sahifasi hisoblanadi. 
Bu shoir o‘z she’rlarida shaxsiy hissiyotlarni ifoda qilishdan ham 
ko‘ra jamiyat va millat tafakkurini uyg‘otishga, inson orzu-xayol-
larini aks ettirishga harakat qildi. U 1862-yili “Kanada oqshomlari” 
nomli ilk adabiy jurnalni nashr qilib, unda o‘z davri ijodkorlarining 
asarlaridan parchalar berib bordi. Shunga qaramay, bu davrda nasrda 
voqea bo‘lgulik asarlar yaratilmadi. Chunki jamiyatda hali-hanuz 
cherkovning ta’siri kuchli bo‘lib, ruhoniylar asarlar yozish va chop 
etishga tish-tirnoqlari bilan qarshilik qilib kelishardi. A.Emmonning 
oddiy fransuzlar hayotidan hikoya qiluvchi “Mariya Shapdelen” ro-
manini aytmaganda, tadqiqotchilar mazkur davrni “yo‘qotilgan im-
koniyatlar va yozilmagan kitoblar davri”, deyishadi.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin