Ernest Xeminguey(1899–1961). XX asr tengdoshi bo‘lgan Er-
nest Xeminguey davrning asosiy voqealariga guvoh bo‘ldi. U o‘z
davri va o‘zi bilgan odamlar haqida yozdi, yozganda ham haqqoniy,
aniq, xayron qolarli darajada lo‘nda, sodda va teran yozdi. Uning
mahorati ham aynan shunda edi. Hayotlik paytidayoq u Amerika
klassigi sifatida tan olingan edi.
“Yozuvchining vazifasi o‘zgarmasdir, – deydi Xeminguey. –Un-
ing o‘zi o‘zgarishi mumkin, biroq vazifasi muqimligicha qoladi.
Ya’ni, haqqoniy yozish kerak va haqiqatni anglagach, uni shunday
bayon qilish kerakki, u o‘quvchining ongiga o‘z tajribasining ajral-
mas qismi sifatida singsin”
53
.
Ernest Xeminguey Ouk-Park shahrida shifokor oilasida tug‘iladi.
U maktabni bitirgandan so‘ng, kichik bir gazetada ishlaydi. Ovru-
paga boradi: avval Fransiyada, keyin Italiyada joylashgan Amerika
sanitar qismlarida turib, Birinchi jahon urushida qatnashadi. Urush-
dan so‘ng u Amerika gazetalarining muxbiri sifatida o‘z mamlakati-
ga qaytib, Florida sohillarida istiqomat qiladi.
53
Хемингуэй Э. Писатель и война: Речь на 2 Конгрессе американских
писателей // Писатели США о литературе: В 2-х т. – М., 1982. – С. 90.
308
Xeminguey Ispaniya respublikachilarining fashist fitnachilariga
qarshi olib borgan kurashlarida faol qatnashgan va bu haqda ko‘p
asarlar yozgan, Ikkinchi jahon urush yillarida aviatsiya qismlari-
da muxbir bo‘lib ishlagan. Ittifoqchilar armiyasining Fransiyaga
bostirib kirishlarida ishtirok etgan.
Xeminguey ijodining boshlanishi Birinchi jahon urushidan key-
ingi yillarga to‘g‘ri keladi. « Bizning zamonda» (1925) kitobiga
kirgan hikoyalarida yozuvchi, birinchidan asarning lirik qahramoni
Nik Adamsning yoshligi, o‘smirlik yillari, sevgisi va oilasi haqida
hikoya qilsa, ikkinchidan tinch hayot haqidagi xayollarga qonli
urush voqealarini qarama-qarshi qo‘yadi. Individualistik xarakterda
bo‘lsa ham, asarda urushga qarshi qahramonning noroziligi bayon
etiladi.
Imperializm keltirib chiqargan bosqinchilik urushlarini nafrat-
lashga bag‘ishlangan «Alvido, qurol!» (1929) romani yozuvchi ijo-
dida muhim bosqichni tashkil etadi. Asarda Birinchi jahon urushi
yillarida Avstriya frontida ro‘y bergan voqealar hikoya qilinadi. San-
itar xizmati leytenanti amerikalik Genri urushning butun dahshatlari
– ocharchilik, ifloslik, o‘zaro qon to‘kish va son-sanoqsiz begunoh
kishilarning o‘lib ketayotganligini ko‘rib, urush haqidagi fikrlarin-
ing puch xayoldan iborat ekanini biladi va umidsizlikka beriladi.
Italyan soldat, ofitserlari bilan samimiy suhbat va aloqalar uni mil-
liy xudbinlik va mag‘rurlikdan xoli qiladi. Shuning uchun leyten-
ant Genri urushdan yuz o‘girib, qurolini tashlab, betaraf mamlakat
– Shveytsariyaga o‘tib ketadi. Yozuvchi urush qabohatlariga shaxsiy
hayotni qarshi qo‘yadi. Genri Ketrin Berkliga bo‘lgan sevgisi bi-
lan urush dahshatlaridan ham tashqi, dunyo mashaqqatlaridan ham
qutulishga intiladi. Lekin u shaxsiy hayot va muhabbatdan ham baxt
topa olmaydi. Ketrin tug‘riqxonada o‘lganidan so‘ng Genri butunlay
umidsizlikka tushib qoladi. «Alvido, qurol!» romanida Birinchi ja-
hon urushi va umuman urush qoralanadi. Biroq unda bayon etilgan
norozilik shaxsiy yo‘sindadir.
Bu kitobning muallifi, – deb yozadi Xeminguey asar boshida, –
ongli suratda shu fikrga keldiki, urushlarda jang qilayotgan odamlar
309
dunyodagi eng ajoyib odamlardir, frontning qizg‘in janglar olib bo-
rayotgan qismlariga kirib borganing sari bunday ajoyib kishilarga
ko‘proq duch kela boshlaysan. Lekin urushni boshlaganlar, uning
oloviga yana olov tashlab turganlar, iqtisodiy raqobatdan, foyda un-
dirishdan boshqa narsani o‘ylamaydigan to‘ng‘izlardir… Men urush
olovini yoqqanlar … otib tashlanmog‘i zarur, deb hisoblayman.
Xemingueyning 30-yillarning o‘rtalarigacha bo‘lgan asarlarida u,
tashqi dunyoga munosabatida ziddiyatli va individualist ijodkorligi-
cha qoladi. O‘sha yillari ocherk shaklida yozgan “Tushdan keyingi
o‘lim” (1932) kitobida o‘lim mavzusi yana ham ochiq ko‘rinadi.
Asarda buqalar jangi va unga bog‘liq qoidalar batafsil beriladi.
Buqalarni o‘ldiruvchi matadorlar yoki matadorlarni halok etuvchi
buqalar, otlarning yorilib ketgan qornidan otilib chiqayotgan qonlar
fojea ustiga fojea va, ayniqsa, jarohatlangan odamning o‘limi old-
idan kechirgan azoblari umidsizlik ruhida tasvirlanadi.
“Afrikaning yashil tepaliklari”da (1935) ham yuqoridagi kito-
biga xos bo‘lgan o‘lim masalasi ko‘tariladi. Agar “Tushdan keyingi
o‘lim” matador bilan buqa o‘rtasidagi olishuvda ikkalasidan birini
halok etishi bilan tugasa, bunda ovchi haqida gapiriladi va, albatta,
voqea ovchining g‘alabasi hamda hayvonning o‘limi bilan yakunla-
nadi.
Yolg‘izlik, umidsizlik yozuvchining boshqa hikoyalarida ham
aks etadi. Masalan, “Toza va yorug‘ joyda” (1936) kitobi qahra-
moni kecha va qorong‘ulikdan vahimaga tushadi, uning uchun
yagona makon toza va yorug‘ mayxona bo‘lib qoladi. 30-yillarn-
ing o‘rtalarida Xeminguey ijtimoiy voqealarga murojaat qiladi. Shu
davrga xos romani “Hayot yoki mamot” (1937) qahramoni Garri
Morgan o‘z oilasini boqish yo‘lida tinmay ishlaydi Garri yashashga
bo‘lgan tabiiy ehtiyojini qondirish maqsadida burjua jamiyatining
vahshiylikka asoslangan qonunlariga tayanib o‘zini ham ayamaydi,
boshqalarga ham shafqat qilmaydi. Hatto odam o‘ldirishgacha borib
yetadi. U faqat o‘zining shaxsiy kuchiga ishonadi. Kuba anarxistlari
bilan to‘qnash kelgan va jarohatlangan Garri Morgan o‘limi oldidan,
“yolg‘iz odam hech narsa qila olmaydi”, – degan fikrga keladi. Qah-
310
ramonning fojiali halokati yozuvchidagi individualistik qarashlarn-
ing samarasizligini ko‘rsatadi.
“Daryoning narigi tomonidagi daraxtlar soyasida” (1950) asarida
ijtimoiy hayotdan chetda turuvchi yakka qahramon paydo bo‘ladi.
Bu ikki urushda qatnashgan amerikalik polkovnik Richard Kentuell-
dir. Asar qahramoniga xos narsa shuki, u hamma vaqt o‘lim xayoli
bilan yashaydi, bu esa qissaning g‘amgin ruhini ko‘rsatadi.
Xeminguey so‘nggi «Chol va dengiz» (1952) qissasi uchun No-
bel mukofotini olgan. Asar qahramoni kubalik qari Santyago baliq
oviga chiqqaniga ancha kunlar bo‘lsa ham, lekin ishi yurishmaydi.
Uning yelkaniga “ko‘p yamoq tushgan” qayiqqa qanday qilib ham
baliq ilinsin. Santyago keksa bo‘lsa ham, lekin o‘zi tetik. Shuning
uchun yozuvchi bu odam “taslim bo‘lmaydi” – deb uqtiradi».
Chol to‘riga katta baliq tushganida cheksiz quvonadi. “Baliq,
– deb chaqirdi u sekingina, – o‘lsam o‘lamanki, sendan ajralmay-
man». Chol butun kuch g‘ayratini ishga solib, baliq bilan olishadi va
uni yengadi. “Uning: “Odamzodni yanchib tashlash mumkin, lekin
uni bo‘ysundirish mumkin emas”, degan so‘zlari inson qudratiga yo-
zuvchining cheksiz ishonchini ko‘rsatadi.
Santyago uchun umidsizlik gunohdir. Kitobxon ko‘zi o‘ngida
mag‘lubiyatni bilmaydigan, irodali inson timsolida namoyon
bo‘ladi. Santyago shu jihatdan yozuvchining oldingi asarlari qahra-
monlaridan farq qiladi. Uni qirg‘oqda kutib olgan bola navbatdagi
baliq ovida chol bilan birga borishni va undan ko‘p narsa o‘rganish
zarurligini aytadiki, bu – Santyagoning yolg‘iz emasligiga ishora-
dir. Xemingueyning har qanday hikoyasini tahlil qilish-murakk-
ab vazifa. Hatto juda nozik did bilan yondoshilganda ham asarn-
ing yaxlitligini, emotsional ta’sirini buzib yuborish mumkin. Bu
ma’noda Xeminguey asarlariga A.Qahhor hikoyalari yaqin turadi.
Ularning asarlarida muallif ohang(intonatsiya)i va tagma’no muhim.
Hikoyalarda qahramonlarning kayfiyati va his-tuyg‘ularidagi nozik
o‘zgarishlar ifodalanadi. Ular haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytilmaydi,
voqealar bayoni yo‘q, yozuvchi ular haqida hikoya qilmaydi, u qa-
hramon hayotining qaysidir bir lahzasini tasvirlaydi, go‘yo muhim
311
bo‘lmagan detallarini eslatadi, ammo bularning barchasidan olam va
vaqt obrazini barpo qiladi.
Matnda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifodalanmagan, biroq detallar va rep-
likalardan, ohangdan, bayon qilishning muomalasidan tushunarli
bo‘ladigan tagma’no muhim ahamiyatga ega. Xeminguey badiiy usu-
lining bu o‘ziga xos ko‘rinishi “aysberg prinsipi” nomini olgan. Bar-
cha narsalar haqida qisqa, aniq, lo‘nda aytiladi, biroq tagma’noning
tubida ko‘p narsalar yashiringan: azob-uqubat, umidsizlik, ishonch,
befarqlik.
“Yomg‘irda qolgan mushuk” hikoyasi ixcham bo‘lib, atigi uch
sahifadan iborat. Hikoyada tashqi hodisalarning kamligi diqqatni
tortadi. Ko‘rinib turibdiki, gap ularda emas, balki qahramonlarning
kayfiyatidagi harakat va o‘zgarishlarda, nozik ruhiy tafovutlarni ifo-
dalashda. Bayonning siqiqligi, tavsifning lo‘ndaligi oxirgi chegaraga
yetkazilgan. Hikoyada ekspozitsiya, tugun, kulminatsiya va yechim
mavjud. Asarning har bir tarkibiy qismi uchun atigi ikki-uch ibora
ishlatilgan. “Otelda amerikaliklardan faqatgina ikki kishi bor edi.
Ular o‘z xonalariga ko‘tarilayotganda zinapoyada uchraganlarning
hech birini tanimas edilar”. Hikoya mana shu ikki ibora bilan bosh-
lanadi. Ular vatanidan yiroqda bo‘lgan insonning yolg‘izligini his
qilgan, turmush o‘rtog‘i bilan ajralish arafasida bo‘lgan, o‘z uyin-
ing taftini sog‘ingan ayol haqidagi hikoyaning ekspozitsiyasi bo‘lib
xizmat qiladi. Hikoyaning ikki asosiy qahramoni o‘rtasidagi bego-
nalashuvlik ortib boradi.
Tugun ham lo‘nda va qisqa: “Amerikalik ayol deraza oldida
turib bog‘ni kuzatardi. Xonalari derazalarining shundoqqina ostida,
yomg‘ir suvlari tomchilab turgan yashil skameyka ostida bir mushuk
yashirinib olgandi.
– Men pastga tushib miyovxonni olib kelaman, – dedi amerikalik
ayol. Mushukni samarasiz qidirishlardan keyin, vestibyulda keta-
yotib va unga ta’zim qilgan mehmonxona xo‘jayinini chetlab o‘tib,
ayol “ichida nimadir beixtiyor yumaloqlanib junjikib ketgandek
bo‘ldi”. Mana shu qisqa ibora – hikoyaning kulminatsiyasi. Bundan
keyingilari ilgari jilovlanib kelingan his-tuyg‘ularning qo‘qqisdan
312
yuzaga chiqqan oqimidir. Ayol o‘z orzulari haqida uni tinglamayo-
tgan va tinglashni ham istamayotgan, uning gapini bor yo‘g‘i ikki
marta luqma tashlab, noaniq g‘o‘ldirab, jim bo‘lib kitob o‘qish haqi-
dagi maslaxat bilan bo‘lgan odamga gapiradi. Jorjga berilgan ox-
irgi savol javobsiz qoladi: “Agar uzun soch mumkin bo‘lmasa, hech
bo‘lmaganda vaqtni ko‘ngilli o‘tkazish uchun mushuk mumkindir?”
– “Jorj eshitmasdi. U kitob o‘qiyotgandi”.
Hikoyaning yechimi – xonada “katta olachipor mushukni”
bag‘riga bosgan oqsochning paydo bo‘lishi va uning “Buni padrone
sinoraga berib yubordi” degan so‘zlari.
Hikoyada an’anaviy portret chizgilari yo‘q. Ayolning tashqi
ko‘rinishi haqida erining bir necha gapidan: “Sen bugun juda chi-
roylisan”, – va boshini ko‘tarib uning “o‘g‘il bolalarnikiga o‘xshash
sochlari kalta qirqilgan gardanini ko‘rdi” tasavvur qilish mumkin
xolos. Boshqa hech narsa deyilmagan. Hatto ismi ham berilmagan.
U shunchaki amerikalik ayol.
“Yomg‘irda qolgan mushuk” sarlavhasi poetikasida katta ma’no
yotadi. Xonadon tafti va shinamligining ramzi bo‘lgan mushuk
yomg‘irda qoladi. Ayolning mushukka va o‘ziga rahmi keladi.
Xemingueyning birinchi kitobiga kirgan boshqa hikoyalari kabi
“Yomg‘irda qolgan mushuk” ham urushni ko‘rgan, uning asoratla-
rini his qilib turgan insonlarga bag‘ishlangan. Yozuvchi, adabiy tan-
qidchi, adabiyotshunos Ralf Uoldo Ellison (1914–1994) – o‘zining
yagona yakuniga yetkazilgan “Ko‘rinmas odam”(1952) romani bi-
lan nom qozondi. Bo‘lajak yozuvchi AQShning Oklaxoma shtadi-
dagi Oklaxoma-Siti shahrida tug‘ildi.
1933-yili u Alabamadagi Taksigi universitetiga o‘qishga kirdi.
Bu yerda u modernistik adabiyot bilan jiddiy qiziqib qoldi. O‘qishni
tugatish uchun mablag‘ yetishmaganligi bois, uch yildan keyin
o‘qishni tashlab, Nyu-York shahriga keladi. Bu yerda u rassom Ro-
mare Birden va yozuvchi Richard Rayt bilan tanishadi. Rayt unga o‘z
kuchini yozuvchilikda sinab ko‘rishni maslahat beradi va tez orada
Ellison o‘zining birinchi hikoyasi “Hymie’s Bull”ni chop ettiradi.
1937–1944-yillarda u muntazam ravishda Nyu-York jurnallarida
313
hikoya va tanqidiy maqolalari bilan ishtirok etadi. 49-yillarning ox-
irlaridan Ellison “Ko‘rinmas odam” romani ustida ishlay boshladi.
Roman XX asrning 40-yillarida Nyu-York shahrida istiqomat
qiluvchi, ismsiz afroamerikalikning nomidan yozilgan bo‘lib,
tabulangan mavzularga ham to‘xtalib o‘tadi. Asar katta muvaf-
faqiyat qozondi, hamda muallifga nufuzli Milliy kitob mukofoti
topshirildi.
1955–1958-yillarda Ellison Ovrupada bo‘lib, bir necha muddat
Rimda yashadi. Keyin u Qo‘shma shtatlarga qaytib, Bard shahridagi
kollejda Amerika va rus adabiyotidan dars bera boshladi. 1964-yil-
dan Rutger va Yel universitetlarida ishladi. 1964-yili uning “Ta’qib
qil va harakat qil” (Shadow And Act), esselar to‘plami chop etildi.
Bu yillarda Ellison tugatishga ulgurmagan “19-iyun”(Juneteeth)
romani ustida ishladi. Uning yozishicha, roman qo‘lyozmasining
asosiy qismi yozuvchining Massachusets shtati Pleynfild shahridagi
uyida 1967-yili sodir bo‘lgan yong‘in paytida nobud bo‘lgan.
1985-yili yozuvchining o‘n yettita essedan iborat “Hududga ke-
tayotib” (Going to the Territory) to‘plami nashr ettirildi. To‘plamga
mashhur yozuvchi Uilyam Folkner va yirik afroamerikalik ijodkor
Richard Raytlar ijodi, shuningdek, afroamerikaliklarning AQSh
madaniyatiga qo‘shgan hissasi tadqiq qilingan esselar ham kiritil-
gan. 1970-yili Ellison Fransiyaning san’at va adabiyot Ordeni bilan
taqdirlandi va Nyu-York universiteti o‘qituvchilarining tarkibiga do-
imiy a’zo qilib tayinlandi.
Ellison 1994-yilning 16-aprelida vafot etdi. O‘limidan keyin un-
ing chop etilmagan qo‘lyozmalari topildi. 1996-yili “Uyga uchib
ketayotib va boshqa hikoyalar”(Flying Home: And Other Stories)
kitobi, 1999-yili esa adibning professor Jon F.Kallaxan tahriri ostida
368 sahifadan iborat tugallanmagan “19-iyun”(Juneteeth) romani
nashrdan chiqarildi.
Amerikalik yozuvchi Jerom Devid Selinjer (1919–2010)ning
asarlari 1940-yillarning ikkinchi yarmi va 50-yillarda The New York-
er jurnalida nashr etila boshlandi.
314
Selinjer 1919-yilning 1-yanvarida Nyu-Yorkda yahudiy oilasida
tavallud topdi. U 1936-yili Velli-Forj shahridagi harbiy bilim yurtini
tamomladi. 1937-yili Jerom Nyu-York universitetida ma’ruzalar tin-
gladi. 1939-yilda Kolumbiya universitetiga o‘qishga kirdi va “Sto-
ri” jurnalining muharriri U.Bernettning qisqa hikoyalar haqidagi
ma’ruzalarini tingladi.
Selinjer Manxettenda ulg‘aydi va maktabda o‘qib yurgan yillari
hikoyalar yoza boshladi. Uning ilk asari bo‘lgan “Yoshlar” hikoya-
si Ikkinchi jahon urushidan oldin, 1940-yili “Stori” jurnalida chop
etildi. 1941-yildan «The New Yorker» jurnali bilan hamkorlik qila
boshladi va bir nechta hikoyalarini chop ettirdi. Urush boshlanganda
ko‘ngilli bo‘lib frontga ketdi. 1944-yili serjant Selinjer Normandi-
ya, Ardenna va Xyurtgendagi janglarda qatnashdi. Urushda u harbiy
muxbir Ernest Xeminguey bilan uchrashdi. Frontda tutgan kundal-
igiga: “Men kerakli vaqtda kerakli joyda ekanligimni his qilmoqda-
man, chunki bu yerda butun insoniyatning kelajagi uchun jang ket-
moqda”, deb yozib qo‘ygan edi.
1948-yilda yozilgan “Bananka – balig‘i yaxshi ovlanmoqda”
hikoyasi uning birinchi jiddiy muvaffaqiyati bo‘ldi.
1940-yillarni ikkinchi yarmida Selinjer Amerika novellistikasin-
ing eng mohir muallifi sifatida nom qozondi. Birinchi hikoyasi chop
etilgandan o‘n bir yil o‘tgach, 1951-yilning 16-iyulida yozuvchining
“Javdardagi tik jarlik ustida” romani bosmadan chiqdi va juda katta
muvaffaqiyat qozondi, tanqidchilarning e’tiboriga tushdi. Yuqori sinf
o‘quvchilari va talaba yoshlarning bir necha avlodi asar qahramoni,
voyaga yetayotgan Xolden Kolfildning bolalikdagi orzu-umidlari,
tasavvurlarini birin-ketin yo‘qolib borishini achinib, xayrixohlik bi-
lan kuzatib bordi. Qisqa muddatda kitob 60 million nusxada sotildi
va hozirgi vaqtda ham har yili 250 000 nusxada sotilmoqda.
Selinjer asarlarining aksariyat qahramonlari o‘n yetti yoshga-
cha bo‘lgan o‘smir yoshlar. Biroq uni “bolalar” yozuvchisi deyish
to‘g‘ri emas. Selinjer o‘z asarlarida (birinchi navbatda “Javdardagi
tik jarlik ustida” romani) o‘smir-qahramonlarning ularni o‘rab tur-
gan “kattalarning” qabih va shafqatsiz dunyosiga qarama-qarshiligi
315
mavzusini ko‘tarib chiqadi. Yozuvchi adabiyot vositalari yordamida
intuitiv ravishda 1980–90-yillarda fransuz faylasuflari Jan-Lyuk
Nansi va F.Laku-Labartlar “inkor qiluvchi, rad etuvchi” deb atagan
sub’ektning obrazini yaratdi.
1965-yildan keyin yozuvchi o‘z asarlarini chop ettirmay qo‘ydi
va uzlatda yashay boshladi. O‘zining so‘nggi intervyo‘sini 1980-
yili berdi. Hayotining so‘nggi yillarida u tashqi olam bilan aloqani
uzib, deyarli hech kim bilan muloqat qilmadi. Selinjer 2010-yilning
27-yanvarida 91 yoshda vafot etdi.
Amerika yozuvchisi Uilyam Stayron (1925–2006) adabiyot so-
hasidagi ko‘plab mukofotlar, jumladan, Pulitser mukofoti (1968)
sohibi, nosir, dramaturg, essenavis. Virginiya shtatida tug‘ilgan Ui-
lyam, Shimoliy Karolina shtatidagi Devidson kollejini tamomladi
va Ikkinchi jahon urushi so‘ngida harbiy xizmatda bo‘ldi. Urushdan
keyin Dyuk universitetida o‘qib, 1947-yili ingliz tili bo‘yicha baka-
lavr darajasini oldi.
Stayronning ilk romani “Zulmatga ket” 1951-yilda nashr etildi,
unda o‘z joniga qasd qilgan yosh ayol taqdiri, otasining tilidan bay-
on qilinadi. Asar tanqidchilar tomonidan ijobiy baholandi.
1967-yili nashrdan chiqqan “Nat Tyornerning iqrori” romani
o‘tkir bahs-munozara, tortishuvlarga sabab bo‘ldi, yozuvchiga Pu-
litser mukofotini taqdim etdi. Asar qayta-qayta nashr qilindi, du-
nyoning yigirmadan ortiq tillariga tarjima qilindi. Roman asosida
1831-yilgi baptist-targ‘ibotchi Nat Tyorner boshchiligidagi qora
tanli qullarning isyoniga asoslangan tarixiy voqealar yotadi. Tyor-
nerning o‘limidan oldin istig‘for keltirishi 50 yaqin oq tanli erkak-
lar, ayollar va bolalarning o‘limiga sabab bo‘lgan. Romanning bosh
qahramoni diniy mutaassib odam sifatida tasvirlanadi. 18 yoshli oq
tanli go‘zal qiz Margaretni sevib qolgan Tyornerni shahvoniy his-
tuyg‘ular ta’qib qiladi. Qizni o‘ldirgan ruhoniy vijdon azobida qi-
ynaladi, o‘zining to‘g‘ri yo‘l tutganiga shubhalana boshlaydi.
Kitob chiqqandan keyin qora tanli yozuvchilar muallifni tanqid
qilib, rasizmda aybladilar.
316
Stayronning keyingi yirik romani “Sofining tanlovi” (1979) ham
shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Ayniqsa, yahudiylar turlicha munosa-
bat bildirdilar. Asarda natsizm azoblarini Osvensim konslagerida
boshidan o‘tkazgan polshalik Sofi va yahudiy yigit Natanning sevgi
fojeasi tasvirlanadi. Natan o‘z sevgilisini tirik qolgani uchun ayblay-
di. 1983-yili roman asosida badiiy film yaratilib, bosh rol ijrochisi
“Oskar” mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Yozuvchining o‘n yil davomida yozilgan so‘nggi romani
“Jangchining yo‘li” o‘limidan keyin 2010-yili nashrdan chiqdi.
Stayron 2006-yilning 1-noyabrida 81 yoshida vafot etdi.
Dostları ilə paylaş: |