Qadimgi Xitoy adabiyoti Ilk bitiklardagi adabiyot. Birinchi ierogliflar m.a. XV asrga
oid bo‘lib, suyakdan yasalgan tablichkalarda ilohlar irodasini ifoda
qilgan: “Bolalarga don ekishni buyurish”, “O‘ttizta odam va o‘nta
buqani qurbonlikka keltirish”, “Agar odamlarning boshini qurbon-
likka keltirsang, shoh yordam oladi” kabi. Keyin bu tablichkalar
olovga tashlangan hamda ularda qanday yoriqlar paydo bo‘lishiga
qarab ilohlarning munosabat-javobi haqida xulosa qilishgan.
“I Szin” (O‘zgarishlar kitobi). Nasroniylar uchun “Injil” qanday
ahamiyatga molik bo‘lsa, xitoyliklar uchun bu kitob o‘shanday qim-
matli hisoblanadi. Bi kitobning mazmuni, afsonaga ko‘ra, dengiz yu-
zasiga chiqib qolgan toshbaqaning kosasiga suvratlar shakli (geksa-
gramma) da chizilgan. Kitob o‘ziga xos fol kitobi hsioblanadi. Kitob
m.a. XXI asrdan m.a.VI asr oralarida vujudga kelgan degan har xil
qarashlar mavjud. Hatto uni Konfutsiy nomi bilan bog‘lashadi. Asar
sekin-asta sayqal topib, fol kitobidan falsafiy traktatga aylangan. 64
ta geksagrammada aks etgan hayot bosqichlaridan inson taqdiri bun-
yod bo‘ladi, degan qarash ilgari surilgan. Mas., 1. Ijod. 2. Ado etish.
3. Ilk qiyinchiliklar. 4. G‘o‘rlik. 5. Kutish zarurati va h.k…
“Shi Szin” – qo‘shiqlar kitobi. Qadimgi xitoy she’riyati hisob-
lanib, XII-VII asrlarga oid. Undan turli tuman janrlardagi qo‘shiqlar
o‘rin olgan. Didaktika, totem, marosim, qarg‘ish, kul‘t yo‘nalishidagi
va yana boshqa mavzulardagi qo‘shiqlar mif hamda fol‘klor ruhi bi-
lan qo‘shilib ketgan.
Xitoyda epopeyaning yo‘qligi dunyoqarash bilan, undagi antrop-
otsentrizm bilan bog‘liq. Xitoyliklar go‘zallikni alohida bir shaxs va
uning tuyg‘ulari bilan emas, balki tabiat va jamiyat bilan bog‘liq holda
ko‘rishadi. Shu negizda ikki dunyoqarash paydo bo‘lgan: konfutsiylik
(jamiyatga qaratilgan nigoh) va daosizm (tabiatga qaratilgan nigoh).