30
qealariga ishonch bo‘lmasa, mif tabiatini to‘liq tushunib bo‘lmaydi.
Mifning vazifasi u yoki bu voqea mohiyatini tushuntirishdir. Mif
qadimda insonni o‘rab turgan olamni tushuntirishning asosiy yo‘li
bo‘lgan. Nafaqat qadimda, balki hozir ham badiiy adabiyot mifga
murojaat qilib turadi. Atrof-javonibda sodir bo‘layotgan voqealar
mohiyatini mif vositasidagina tushuntirib berishga ehtiyoj sezadi.
Umuman, miflar mag‘zini chaqmasdan turib, badiiy adabiyot mohi-
yatini to‘liq tushunish va tushuntirish mumkin emas.
Uyg‘onish davriga qadar Ovrupa antik va nasroniy miflarini bilar
edi. Uyg‘onish davrida buyuk geograflar dunyo kezdilar. Amerika,
Afrika, Okeaniya kabi mamlakatlar topildi va ularning ham o‘z mi-
flari borligi ayon bo‘ldi. Etnograf va folklorchilar ularni yozib ol-
ishdi. Yunon miflari poetik olamning birinchi yuksak obrazi bo‘lsa,
bular bolalarcha sodda miflar edi. Ularda dunyo, yulduzlar, inson,
hayvon va o‘simliklarning yaralishi haqida so‘z boradi.
Dostları ilə paylaş: