Qadimgi yunon adabiyoti quyidagi davrlarga bo‘linadi: 1. Krit-Mikena yoki Egey madaniyati(miloddan oldingi 2 ming
yillikdan
miloddan oldingi XII asrgacha).
2. Homer davri adabiyoti(m.o. IX-VIII asrlar).
3. Yunon adabiyotining arxaik davri(m.o. V asr boshlarigacha).
4. Antik davr – m.o. V-IV asrlar. Ellin polislarining gullab-yas-
hnash davri.
5. Ellinizm davri(ellin jamiyati adabiyoti) – m.o. VI-I asrlar.
6. Rim imperiyasi davridagi yunon adabiyoti – m.o. I asr oxiri-
dan.
Qadimgi Sharq va Yangi davr Ovrupa adabiyotini bir-biri bilan
bog‘lab turuvchi antik davr, yunon adabiyoti o‘z ahamiyati jihatidan
jahon adabiyotining bir bo‘lagi hisoblanadi.