57
keyin jahon she’riyatida abadiy o‘rnashib
qolgan bir vazn hamon
ulug‘ shoirning nomi bilan ataladi.
Alkey o‘z she’rlarida ertangi kuniga katta umidlar bog‘lamaydi.
O‘zi yashayotgan polisni to‘lqinlar taloto‘pi ichra dengizda suzayo-
tgan kemaga qiyoslaydi. Shoir Siyosiy mazmundagi she’rlardan
tashqari, quvonch va qayg‘u, muhabbat izhori,
qahraton qish va
jazirama yoz mavzularida, dasturxon atrofidagi gurung qo‘shiqlarini
ham yaratgan. Bu qo‘shiqlar ijodkorning ulfatlari oldida o‘z tuyg‘u
hamda fikrlarini bayon etish vositasi bo‘lgan. Ularning aksariyati
qayg‘u va alamlarni unutish uchun mayxo‘rlik qilishga undov bilan
tugallanadi. Alkey o‘z qo‘shiqlarida “may bor joyda haqiqat bor”,
“may-insonlar ko‘zgusi” degan iboralarni qo‘llagan.
Qadimgi Yunonistonda Alkey she’rlarining g‘oyat keng tarqal-
ganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bor. Shoirning asarlari Aleksandriya
olimlari
tomonidan mazmuniga qarab, o‘n jildga ajratilgan.
Manbalardan ma’lum bo‘lishicha, Alkeyning she’rlari o‘zining
muxtasarligi, tilining ravonligi, misralarning nafis va ohangdorligi
hamda o‘lchovlarning rango-rangligi bilan antik dunyo kishilarini
o‘ziga maftun etgan va keyingi davrlar adabiyotiga kuchli ta’sir
ko‘rsatgan.
Dostları ilə paylaş: